Mavzu: magmatik togʻ jinslarni reja
MAGMATIK TOGʻ JINSLARNING STRUKTURALI (ICHKI TUZILISHI) VA TEKSTURALARI (TASHQI TUZILISHI)
Download 24.33 Kb.
|
MAGMATIK TOG` JINSLARI MUS ISH
MAGMATIK TOGʻ JINSLARNING STRUKTURALI (ICHKI TUZILISHI) VA TEKSTURALARI (TASHQI TUZILISHI)
Magmatik togʻ jinslarni aniqlashda ximyoviy va mineralogik tarkibi bilan bir qatorda uning muhim diagnostik va tasnifiy belgilari sifatida jismlarning strukturalari va teksturalari hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda struktura va teksturaga qarab ularning genezisi va shakllanishidagi termodinamik sharoiti toʻgʻrisida fikr yuritish mumkin. Toʻliq kristallanmagan va shishali jinslar magmaning tez sovushi natijasida shakllanadi yani uning Yer ustiga oqib chiqishida yoki boʻlmasa magmatik jismning sovuq yon togʻ jinslar kontakti yonida hosil boʻlishida yuzaga keladi. Toʻliq kristallangan jinslar abissal va gipabissal sharoitda magmaning sekin sovushidan hosil boʻladi. Struktura (ichki tuzilishi) va tekstura (tashqi tuzilishi) magmaning ximyoviy tarkibiga ham bogʻliq. Undan tashqari uchuvchi elementlarning ham taʼsiri katta. Petrografik adabiyotlarda ikkita atama ishlatiladi: struktura va tekstura. Struktura quyidagi belgilar bilan aniqlanadi: Kristallanish darajasi. Tarkibidagi minerallarning absolyut (mutloq) oʻlchami. Tarkibiy qismining nisbiy oʻlchami. Tarkibiy qismining shakli va ularning bir-birlari bilan munosabati. Tekstura quyidagi belgilar bilan aniqlanadi: Tarkibiy qismining fazoda joylanishi. Jins massasining (xajmining) fazoni toʻldirish usuli. 5.1. Strukturalarning boʻlinish tartiblari a). Kristallanish darajasi asosida boʻlinishi. Magmatik jinslar kristallardan, vulkanik shishadan yoki ham kristallardan ham vulkanik shishadan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Koʻpchilik vulkanik jinslarda juda mayda kristallar uchraydi, ularni mikroskop orqali koʻrish mumkin. Bunday koʻrinishdagi minerallarni mikrolitlar deb atashadilar. Mikrolitlardan ham kichigini kristallitlar deyishadi (kristall oʻsimtalari - 0,005 mmga yaqin). Vulkanik shisha magmatik eritmaning tez sovushidan hosil boʻladi va u metastabil holatda turadi va vaqt oʻtishi bilan u kristallanishi mumkin (devitrifikatsiyaga uchraydi). Shunday qilib kristallanish darajasiga koʻra magmatik jinslar toʻliq kristallangan, vulkanik shishasi va mikrolitlari boʻlmagan va toʻliq kristallanmagan strukturalarga boʻlinadi. Toʻliq kristallanmagan strukturalar uch guruhga ajratiladi: 1) mikrolitli, 2) kriptokristalli- - kristall oʻsimtalaridan (felzitli, sferolitli - 0,005 mm), 3) shishali yoki gialinli (vitrofirli). b). Strukturalarni tarkibiy qismining absolyut (mutloq) oʻlchami asosida boʻlinishi: 1) gigant donali (2 sm dan katta) va yirik donali (2 sm - 5 mm); 2) oʻrta donali. Donalari 1 mmdan katta. Koʻpchilik intruziv jinslar uchun xarakterli struktura; 3) mayda donali struktura - 1 mmdan kichik, lekin oddiy koʻz bilan mineral donalarini koʻrish mumkin; 4) afanitli, tashqi koʻrinishidan donalarini koʻrish qiyin, lekin mikroskop tagida kristallarini ajrata olinadi. Bunday struktura bazalt va andezitlar va boshqa vulkanik jinslar uchun xarakterli hisoblanadi. v). Strukturalarni tarkibiy qismining nisbiy oʻlchamiga qarab boʻlinishi: 1) donalar oʻlchami teng boʻlgan struktura; 2) donalar oʻlchami teng boʻlmagan struktura. Bulardan eng tarqalgani porfirsimon va porfirli strukturalar hisoblanadi. Porfirsimon strukturada toʻliq kristallangan asosiy massasida porfirsimon minerallar borligi bilan ajralib turadi. Porfirli strukturalar porfirsimon strukturalardan asosiy massasining toʻliq kristallanmaganligi bilan farqlanadi. Bunda porfirli ajralmalar shishasimon, kriptokristall va mikrolitli asosiy massasi ichida ajralib turadi. Porfirli struktura bazalt, riolit va boshqa vulkanik jinslar uchun xarakterli. Toʻliq kristallanmagan strukturalarda porfirli ajralmalari boʻlmasa bunday strukturalarni afirli struktura deyiladi. g). Strukturalarning tarkibiy qismining shakli va ularning bir-birlari bilan munosabati asosida boʻlinishi. Bu belgi togʻ jinslarni strukturalarini aniqlashda asosiy omillardan hisoblanadi. Minerallar oʻzlarining qirralarining mukammallik darajasi bilan ajraladi. Kristallografik koʻrinishi yaxshi rivojlangan minerallarni idiomorfli deb yuritishadi. +isman rivojlanganlarini - gipidiomorfli, va kristallarini shakli boshqa dastlabki mineral shakliga bogʻliq boʻlsa, yaʼni oʻziga hos shakl boʻlmasa, bunday minerallarni ksenomorf yoki allotriOmorfli deyiladi. Togʻ jinslardagi minerallarning shakli va uning idiomorflik darajasi ularning eritmadan ajralib chiqishini ketma-ketligi, kristallanish qobiliyati va eritmaning fizik-ximik hossalariga bogʻliq. 5.2. Magmatik jinslarning teksturalari a). Bir xillik tekstura. Bu teksturada jinsning hamma yoʻnalishi boʻyicha mineral tarkibi va strukturasi bir xil. b). Taksitli yoki turli xil tekstura. Jinsning har bir qismida uning strukturasi va mineral tarkibi oʻzgarib turadi. v). Sharsimon tekstura. Jinsda minerallar maʼlum bir markaz atrofida konsentrik holda joylashgan boʻladi, natijada sharsimon yoki ellipsoidli teksturaga ega boʻlgan jinslar hosil boʻladi. g). Yoʻl-yoʻl (polosataya tekstura) - jinsda har-xil tarkibdagi minerallar yoʻl-yoʻl boʻlib joylashgan boʻladi. d). Direktiv tekstruktura - minerallari maʼlum yoʻnalish boʻyicha joylashgan boʻladi. Bunday teksturalar intruziv va effuziv jinslarda uchraydi. Traxitli tekstruktura ham shunga yaqin. ye). Flyuidal tekstura. Bu atama toʻliq kristallanmagan jinslar uchun ishlatiladi va boshqa teksturalar. Download 24.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling