Mavzu; Magnitli ishga tushirgichning elektr sxemasi


Download 276.64 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi276.64 Kb.
#1775749
Bog'liq
Jaloliddin


Mavzu; Magnitli ishga tushirgichning elektr sxemasi.
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Magnitli ishga tushirgich.

  2. Magnitli ishga tushirgichning elektr sxemasi.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Ushbu mavzuda konchilik korxonalarida qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlaming elektr yuritmalari, elektruskunalari, turlari, elektr ta’minoti, elektr yuritmalarining quvvatlarini xisoblash, elektr energiyasining sarflanishi, elektr jihozlari va elektr ta’minotining rivojlanishi hamda konchilik korxonalarida qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlari avtoma travishda boshqarish masalalarini qamraydi.


“Kon mashinalarining elektr jinozlariva elektr ta’minoti” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib 7 va 8-semestrda o‘qitiladi. Ushbu fan “Elektrotexnikaning nazariy asoslari”. ”Kon ishlari asoslari va kon ishlab chiqarish texnologiyalari”, “Elektr apparatlari va avtomatlashtirish vositalari”, “Elektr mashinalar va elektr yuritma”, “Turg‘un mashinalar”, “Kon mashinalari”, “Transport mashinalari ” fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.
Malakaviy bitiruv ishini bajarish va magistraturada o‘qishni davom ettirish uchunushbufandanchuqurbilimga egabo‘lishliktalab etiladi.
Ma’lumki konchilik korxonalaridagi asosiy va yordamchi texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan beistisno barcha mashina va mexanizmlar elektr yuritmalar vositasida xarakatlantiriladi va elektr energiyasini iste’mol qiladi. Kon mashina va mexanizmlarining unumdorligini oshirish, mexnatni osonlashtirish uchun ularning ishlashi avtomatlashtirilgan. Konchilik korxonasiningish faoliyatini elektrlashtirishsiz va avtomatlashtirishsiz tasavvur qilish mumkin emas. SHu sababli talabalar «Kop elektr mexanikasi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr unvoniga ega bo‘lishlari, konchilik korxonalarida va ilmiy - tadqiqot loyihalash institutlarida egallagan lavozimlaridagi faoliyatlarini malakali amalga oshirishlari uchun ushbu fanni puxta o‘zlashtirishlari lozim.
Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda konchilik korxonalarda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlari elektr jihozlari va elektr ta’minoti turli mashina va mexanizmlami avtomat ravishda boshqarish vositalari turlari, tuzilishi, ishlatish ko‘lami bo‘yicha bilimlami shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga kon mashina va mexanizmlarining elektr yuritmalarini elektr uskunalarining tuzilishini ishlashini, ularni tanlashni, quvvatlarini, elektr energiyasi sarflarini xisoblashni va ularning avtomat boshqarish vositalarini o‘rgatishdir.
Magnitli ishga tushirgich. Elektr dvigatel va boshqa
iste'molchilarni elektr tarmog’iga masofadan turib ulab
uzadigan, ularni qisqa tutash va o‘ta yuklanish rejimlaridan
himoyalaydigan kontaktor, rele va knopkalardan iborat
boshqarish apparati magnitli ishga tushirgich deyiladi.
Magnitli ishga tushirgich deb, qiqsa tutashgan rotorli asinxron
dvigatelpni (AD) ishga tushirib yuboruvchi kontaktorga aytiladi.
Magnit yuritgich tarkibiga, kontaktordan tashqari, AD ni
yuklama toki ortib ketishidan va «fazaning yo’qolib qolishi»dan
ximoya qilish uchun belgilangan issiqlik relesi ‘am kiradi. AD
larning uzoq muddat uzluksiz ishlashi ko’p ji’atdan magnit
yuritgichning ishonchli ishlashiga bog’liq. SHuning uchun
magnit yuritgichlariga yemirilishga bardoshlilik, kommutatsion
qobiliyat, aniq ishlab ketish, yuklama toklari va iste’mol quvvati
ortib ketishidan ishonchli ximoya kabilar nuqtai nazaridan
yuksak talablar qo’yiladi.
Magnit yuritgichlarining asosiy xususiyatlarini ko’rib
chiqamiz.

AD manbaga ulanganda uning yuritish paytidagi toki («pusk»


paytidagi) nominal tokning 6-7 barobari miqdorida ortib ketadi.
Tokning bunday qiymatida kontaktlardagi yengil tebranish xam
ularni ishdan chiqarib qo’yishi mumkin. Kontaktlarning
tebranish (vibratsiya) vaqtini kamaytirish uchun kontaktlar va
xarakatlanuvchi qismlar imkon darajasida yengil qilib yasaladi,
xarakat tezligi kamaytiriladi va kontaktlarga bosish kuchi
oshiriladi. Ushbu tadbirlarga amal qilish oqibatida katta
kommutatsion (elektrik) yemirilishga bardoshlilikka ega bo’lgan
(soatiga ulab-uzishlar soni 600 bo’lgani xolda jami 2 operatsiyaga mo’ljallangan) PA va PME seriyadagi magnit
yuritgichlar yaratilgan. Tok kuchi 100A gacha bo’lgan yuritgich
kontaktlariga kumush yuritiladi, tok kuchi 100A dan ortiq
bo’lgan xollar uchun esa kontaktlar kumush va kadmiy
oksididan (SOK) iborat kompozitsiyadan tayyorlanadi.
Dvigatelni manbadan uzish paytida kontaktlardagi tiklanuvchi
kuchlanish manba kuchlanishi bilan dvigatelp e.yu.k. si
o’rtasidagi farqqa teng bo’lib, natijada kontaktlarda bor-yo’g’i
nominal kuchlanishning 15-20% miqdorida kuchlanish bo’ladi,
bu esa dvigatelpni manbadan uzishga yengil sharoit yaratadi.
Lekin AD ishlashi davomida amaliyotda shunday xol
uchraydiki, dvigtelpni yuritiboq manbadan uzishga to’g’ri
keladi, bunday paytda yuritgich dvigatelpni nominal tokning
yetti barobar katta miqdorida va nominal kuchlanishga teng
bo’lgan tiklanish kuchlanishi miqdorida manbadan uzishiga
to’g’ri keladi.
Magnit yuritgichi tormozlab qo’yilgan dvigatelpni 50 marta
ulab-uzgandan keyin ham normal ishlashni ta’minlashi kerak.
Yuritgichning pasportida uning nominal toki miqdoridan
tashqari, yuritgichning turli kuchlanishlarda ishlashi mumkin

bo’lgan dvigatelpning quvvati keltirilgan bo’ladi. Yuritgich


tomonidan uzilayotgan zanjir toki kuchlanish ortishi bilan
nisbatan sezilarli bo’lmagan xolda kamayishi munosabati bilan,
yuritgich ishlashi mumkin bo’lgan dvigatelp quvvati nominal
kuchlanish ortishi bilan ortib boradi. Ishchi kuchlanishning eng
katta qiymati 500 V ga teng.
Tekshirishlarning ko’rsatishlaricha magnit yuritgichning elektrik
(kommutatsion) yemirilishga bardoshliligi dvigatel quvvatining
1,5-2,0- darajadagi qiymatiga teskari proportsional ekan.
Yuritgichning xizmat muddatini oshirish uchun, uni tanlashda
nisbatan kattaroq quvvatga mo’ljallab tanlanadi.
Magnitli yuritgichning konstruktsiyasi va ulanish sxemasi.
PME va PA seriyadagi yuritgichlar amaliyotda keng tarqalgan.
elektrodinamik kuchlar xosil bo’lgan yoyni kontaktdan
tashqariga siqib chiqarishga (puflashga) yo’naltirilgan bo’ladi.
To’g’ri xarakatlanuvchan tipdagi elektromagnit SH-shakldagi
o’zak 5 va yakorp 6 ni o’z ichiga oladi. Yuritgich, boshlang’ich
xolatga, prujina7 yordamida keltiriladi. Qisqa tutashgan
cho’lg’amlar (‘alqalar) 8 o’zakning ikki chekkadagi
sterjenplarga o’rnatilgan. Elektromagnitning yakori 6 izolyatsion
traversa 9 bilan bog’liqdir. Izolyatsion traversa 9 ga kontakt
prujinasi 2 bilan ta’minlangan xarakatlanuvchan kontaktlar 1
qotirilgan bo’ladi. Yuritgich beshta bosh (asosiy) va ikkita
yordamchi kontakt 12 ga ega bo’lishi mumkin. Elektromagnit
yakori bilan kontaktlarining bir ‘il masofa oralig’ida
xarakatlanishi elektromagnit mexanizmining asosiy
xususiyatlaridan biridir. Bunday elektromagnitlarning
kamchiligi uning kontaktlarining uzoq tebranishi (1 ms dan
ortiq) va nisbatan tez yemirilishidir. Bunday yuritgichlar kichik
quvvatdagi elektr dvigatelplarini yuritishda ishlatiladi (nominal
tok – 25A). Tok kuchi 25A dan yuqori xollarda PA seriyadagi
yuritgichlardan foydalanish samarali ekan. Bunday
yuritgichlarning kontaktlarining xarakatlanish masofasi
yakornikidan 2,5 marta kichik. Dvigatelllarni yuklama tokidan
ximoya qilish uchun uning ikkita fazasiga relelari ulanadi.
Magnitli ishga tushirgichlarning qo’llanilishi
Magnitli ishga tushirgichlar asosan asinxron dvigatellarni ishga
tushurish va boshqarish uchun qo’llaniladi.
Bu MIT uch fazali kontaktorning yordamchi kontaktlari va issiqlik
relesi bor.
MIT elektr saqlagich bilan birga ishlatilishi lozim, chunki uning
qisqa tutashishdan himoyalovchi tuzilmasi yo‘q. 10.6- rasm, a
dagi sxemada shartli tasvirlar quyidagilami bildiradi: IR —
issiqlik relesi, 1IR, 2IR — issiqlik relesini ajratuvchi kontaktlar,
EKCH— elektromagnit kontaktorning chulg'ami, L1 — EKCH
ning asosiy, yoy o‘chirish tuzilmasi bilan tutashuvchi
kontaktlari, K2 — EKCH ning blok-kontakti, T — to'xtatish
knopkasi (tugmasi), Y — yurgizish knopkasi.
Yurgizish knopkasini bosganda kontaktorning elektromagnit
chulg‘ami (EKCH)uch fazali tarmoqning liniya kuchlanishiga
ulanadi. Demak, elektromagnit kontaktor chulg‘amidan tok
o‘tadi va kontaktor o‘zining asosiy kontaktlari K1 va blok- kontakti K2 ni tutashtiradi. Asinxron dvigatel tarmoqqa ulanadi va
ishga tushadi. Endi yurgizish knopkasini bosib turishning hojati
yo‘q, chunki bu knopkaga parallel ulangan blok-kontakt K2
qo‘shilgan bo‘lib, EKCH tarmoqdan shu boshqarish blok-
kontakti orqali tok oladi. Agar dvigatelni to‘xtatmoqchi bo‘lsak
to‘xtatish knopkasi T ni bosamiz, EKCH zanjiri uziladi va
undan tok o‘tmaydi, demak, kontakt K1 ochilib dvigatelni
tarmoqdan ajratadi. 0 ‘ta yuklantirish rejimida dvigatelning toki
nominal qiymatga ko‘ra oshganda, tokning ajratib chiqaradigan
issiqligi oshadi, demak, issiqlik relelarining kontaktlari 1IR va
2IR ochilib, EKCH ni tarmoqdan ajratadi. EKCH dan tok o‘tmaganda uning kontaktlari K1 ochilib, asinxron dvigatel tarmoqdan ajraladi.
Ko‘p elektr uskunalarda, masalan, ko‘tarish-tashish
mashinalarida, aylanish yo'nalishini o'zgartirishga to‘g‘ri keladi.
Bu holda rotorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartiradigan
(reverslaydigan) magnit ishga tushirgichdan foydalaniladi. 10.6
a- rasmda bunday magnit ishga tushirgichning elektr sxemasi
ko‘rsatilgan. Aylanuvchi magnit maydonning yo'nalishini
o'zgartirish uchun uch fazali tarmoqning istalgan ikki fazasini
almashtirish kifoya. Bu sxema mana shu fazalami almashtirishni

amalga oshiradi. Sxemada tegishli knopkalar bor. Masalan,


„olg‘a“ knopkasini bosganda, „olg‘. K“, ya’ni olg‘aga yurgizish
elektromagnit chulg'ami tarmoqqa ulanadi. Natijada asosiy uch
fazali „olg‘. K“ kontaktlari va „olg‘. K1 “ boshqarish blok-kontaktlari tutashadi. Asinxron dvigatel ishga tushadi.
Dvigatelning aylanish yo'nalishini o‘zgartirish uchun „A“ va
„B“ fazalar simining o‘mini almashtirish lozim. Agar „olg‘. K“
va „orq. K“ kontaktlari birdaniga tutashtirilsa, fazalararo qisqa
tutashish yuz beradi. Bu qisqa tutash ehtimolini bartaraf qilish
uchun orqaga K2 elektr magnit chulg‘am zanjirida „olg‘a“
ajratuvchi blok-kontakt va „orqaga“ EKCH zanjirida „olg‘a“
blok-kontakt kiritilgan. Masalan, „olg‘a“ knopkasini bosganda:
„orqaga“ EKCH zanjiriga ulangan „olg‘a K2 blok-kontakt ochiladi. Endi „orqaga“ knopkasini bosganda bu EKCH tarmoqqa ulanmaydi, chunki berk zanjir hosil bo‘lmaydi. Dvigatelni orqa tomonga aylantirish uchun awal tutashish knopkasini bosib, dvigatelni tarmoqdan ajratish kerak. Bu paytda har ikkila blok-kontakt, „orqaga” K2va „oldga” K2tutashadi. Keyin „orqaga“ knopkasini bosish mumkin. Magnitli ishga
tushirgichlar avtomatik boshqarishda, faza rotorli dvigatellarda,
aylanish tezligini o‘zgartirishda va boshqa qator maqsadlarda
foydalaniladi.
Termal bo'shatishning ulanishini ushbu diagrammada ko'rish mumkin:

Qaytaruvchi starter orqali ulanish elektr motorining o'ngga va chapga muqobil aylanishini ta'minlash uchun ishlatiladi.
Inqiloblar yo'nalishini o'zgartirish uchun ikki faza almashtiriladi. Bunday holda siz har qanday bosqichni tanlashingiz mumkin.
Agar siz KM1 starterini yoqsangiz, elektr motor o'ngga aylana boshlaydi. Agar siz 1 va 2-bosqichlar teskari bo'lgan KM2 ni yoqsangiz, vosita chapga aylanadi.
Ishga tushirish uchun tanlangan aylanish yo'nalishiga qarab "Oldinga boshlash" va "Orqaga boshlash" ishlatiladi. O'chirish uchun bitta "To'xtatish" tugmasidan foydalaning.
Muhim! O'chirish ikkita tugmani bir vaqtning o'zida ulashdan himoyadan foydalanadi. Orqaga o'rnatilgan starterlar uchun himoya mexanik va elektr blokirovkalari va qo'shimcha kontaktlar shaklida qo'llaniladi.
Bunday holda, ulanish quyidagi sxema bo'yicha amalga oshiriladi:

Xulosa
Elektr apparatlar manbadan qabulgacha keladigan


energiyani boshqaradi. Ular elektr mashinalar va turli
uskunalarni avtomatik va noavtomatik xolda boshqarish
sxemasida,hamda elektr energiyasi va energiya ta’minotini
taqsimlash uchun qo’llaniladi
Magnitli ishga tushirgich deb, qiqsa tutashgan rotorli asinxron
dvigatelpni ishga tushirib yuboruvchi kontaktorga aytiladi.
Magnit yuritgich tarkibiga, kontaktordan tashqari, asinxron
dvigatelni yuklama toki ortib ketishidan va «fazaning yo’qolib
qolishi»dan ximoya qilish uchun belgilangan issiqlik relesi ‘am
kiradi. Asinxron dvigatellarning uzoq muddat uzluksiz ishlashi
ko’p ji’atdan magnit yuritgichning ishonchli ishlashiga bog’liq.
Shuning uchun magnit yuritgichlariga yemirilishga bardoshlilik,
kommutatsion qobiliyat, aniq ishlab ketish, yuklama toklari va
iste’mol quvvati ortib ketishidan ishonchli ximoya kabilar nuqtai
nazaridan yuksak talablar qo’yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar;


1. A.I.Xonboboyev, N.A.Xalilov “Umumiy elektrotexnika va
elektronika asoslari” Toshkent 2000y
2. G.N. Aleksandrova “Teoriya elektricheskix apparatov”
M.Energiya 1985g.
3. Rodshtyeyn L.A. “Elektricheskie apparat” Energiyo-
atomizdat 1989g.
4. Sh.T.Nasriddinov “Kon elektrotexnika” , “Konchilik
korxonalarining elektr uskunalari” O’quv qo’llanma Toshkent 1995y.
Internet resusrlari
1.
www.ziyouz.com
2.
www.google.com
Download 276.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling