Mavzu; Magnitli ishga tushirgichning elektr sxemasi
Download 276.64 Kb.
|
Jaloliddin
Mavzu; Magnitli ishga tushirgichning elektr sxemasi. Reja: Kirish Asosiy qism Magnitli ishga tushirgich. Magnitli ishga tushirgichning elektr sxemasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
“Kon mashinalarining elektr jinozlariva elektr ta’minoti” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib 7 va 8-semestrda o‘qitiladi. Ushbu fan “Elektrotexnikaning nazariy asoslari”. ”Kon ishlari asoslari va kon ishlab chiqarish texnologiyalari”, “Elektr apparatlari va avtomatlashtirish vositalari”, “Elektr mashinalar va elektr yuritma”, “Turg‘un mashinalar”, “Kon mashinalari”, “Transport mashinalari ” fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi. Malakaviy bitiruv ishini bajarish va magistraturada o‘qishni davom ettirish uchunushbufandanchuqurbilimga egabo‘lishliktalab etiladi. Ma’lumki konchilik korxonalaridagi asosiy va yordamchi texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan beistisno barcha mashina va mexanizmlar elektr yuritmalar vositasida xarakatlantiriladi va elektr energiyasini iste’mol qiladi. Kon mashina va mexanizmlarining unumdorligini oshirish, mexnatni osonlashtirish uchun ularning ishlashi avtomatlashtirilgan. Konchilik korxonasiningish faoliyatini elektrlashtirishsiz va avtomatlashtirishsiz tasavvur qilish mumkin emas. SHu sababli talabalar «Kop elektr mexanikasi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr unvoniga ega bo‘lishlari, konchilik korxonalarida va ilmiy - tadqiqot loyihalash institutlarida egallagan lavozimlaridagi faoliyatlarini malakali amalga oshirishlari uchun ushbu fanni puxta o‘zlashtirishlari lozim. Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda konchilik korxonalarda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlari elektr jihozlari va elektr ta’minoti turli mashina va mexanizmlami avtomat ravishda boshqarish vositalari turlari, tuzilishi, ishlatish ko‘lami bo‘yicha bilimlami shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga kon mashina va mexanizmlarining elektr yuritmalarini elektr uskunalarining tuzilishini ishlashini, ularni tanlashni, quvvatlarini, elektr energiyasi sarflarini xisoblashni va ularning avtomat boshqarish vositalarini o‘rgatishdir. Magnitli ishga tushirgich. Elektr dvigatel va boshqa iste'molchilarni elektr tarmog’iga masofadan turib ulab uzadigan, ularni qisqa tutash va o‘ta yuklanish rejimlaridan himoyalaydigan kontaktor, rele va knopkalardan iborat boshqarish apparati magnitli ishga tushirgich deyiladi. Magnitli ishga tushirgich deb, qiqsa tutashgan rotorli asinxron dvigatelpni (AD) ishga tushirib yuboruvchi kontaktorga aytiladi. Magnit yuritgich tarkibiga, kontaktordan tashqari, AD ni yuklama toki ortib ketishidan va «fazaning yo’qolib qolishi»dan ximoya qilish uchun belgilangan issiqlik relesi ‘am kiradi. AD larning uzoq muddat uzluksiz ishlashi ko’p ji’atdan magnit yuritgichning ishonchli ishlashiga bog’liq. SHuning uchun magnit yuritgichlariga yemirilishga bardoshlilik, kommutatsion qobiliyat, aniq ishlab ketish, yuklama toklari va iste’mol quvvati ortib ketishidan ishonchli ximoya kabilar nuqtai nazaridan yuksak talablar qo’yiladi. Magnit yuritgichlarining asosiy xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. AD manbaga ulanganda uning yuritish paytidagi toki («pusk» paytidagi) nominal tokning 6-7 barobari miqdorida ortib ketadi. Tokning bunday qiymatida kontaktlardagi yengil tebranish xam ularni ishdan chiqarib qo’yishi mumkin. Kontaktlarning tebranish (vibratsiya) vaqtini kamaytirish uchun kontaktlar va xarakatlanuvchi qismlar imkon darajasida yengil qilib yasaladi, xarakat tezligi kamaytiriladi va kontaktlarga bosish kuchi oshiriladi. Ushbu tadbirlarga amal qilish oqibatida katta kommutatsion (elektrik) yemirilishga bardoshlilikka ega bo’lgan (soatiga ulab-uzishlar soni 600 bo’lgani xolda jami 2 operatsiyaga mo’ljallangan) PA va PME seriyadagi magnit yuritgichlar yaratilgan. Tok kuchi 100A gacha bo’lgan yuritgich kontaktlariga kumush yuritiladi, tok kuchi 100A dan ortiq bo’lgan xollar uchun esa kontaktlar kumush va kadmiy oksididan (SOK) iborat kompozitsiyadan tayyorlanadi. Dvigatelni manbadan uzish paytida kontaktlardagi tiklanuvchi kuchlanish manba kuchlanishi bilan dvigatelp e.yu.k. si o’rtasidagi farqqa teng bo’lib, natijada kontaktlarda bor-yo’g’i nominal kuchlanishning 15-20% miqdorida kuchlanish bo’ladi, bu esa dvigatelpni manbadan uzishga yengil sharoit yaratadi. Lekin AD ishlashi davomida amaliyotda shunday xol uchraydiki, dvigtelpni yuritiboq manbadan uzishga to’g’ri keladi, bunday paytda yuritgich dvigatelpni nominal tokning yetti barobar katta miqdorida va nominal kuchlanishga teng bo’lgan tiklanish kuchlanishi miqdorida manbadan uzishiga to’g’ri keladi. Magnit yuritgichi tormozlab qo’yilgan dvigatelpni 50 marta ulab-uzgandan keyin ham normal ishlashni ta’minlashi kerak. Yuritgichning pasportida uning nominal toki miqdoridan tashqari, yuritgichning turli kuchlanishlarda ishlashi mumkin bo’lgan dvigatelpning quvvati keltirilgan bo’ladi. Yuritgich tomonidan uzilayotgan zanjir toki kuchlanish ortishi bilan nisbatan sezilarli bo’lmagan xolda kamayishi munosabati bilan, yuritgich ishlashi mumkin bo’lgan dvigatelp quvvati nominal kuchlanish ortishi bilan ortib boradi. Ishchi kuchlanishning eng katta qiymati 500 V ga teng. Tekshirishlarning ko’rsatishlaricha magnit yuritgichning elektrik (kommutatsion) yemirilishga bardoshliligi dvigatel quvvatining 1,5-2,0- darajadagi qiymatiga teskari proportsional ekan. Yuritgichning xizmat muddatini oshirish uchun, uni tanlashda nisbatan kattaroq quvvatga mo’ljallab tanlanadi. Magnitli yuritgichning konstruktsiyasi va ulanish sxemasi. PME va PA seriyadagi yuritgichlar amaliyotda keng tarqalgan. elektrodinamik kuchlar xosil bo’lgan yoyni kontaktdan tashqariga siqib chiqarishga (puflashga) yo’naltirilgan bo’ladi. To’g’ri xarakatlanuvchan tipdagi elektromagnit SH-shakldagi o’zak 5 va yakorp 6 ni o’z ichiga oladi. Yuritgich, boshlang’ich xolatga, prujina7 yordamida keltiriladi. Qisqa tutashgan cho’lg’amlar (‘alqalar) 8 o’zakning ikki chekkadagi sterjenplarga o’rnatilgan. Elektromagnitning yakori 6 izolyatsion traversa 9 bilan bog’liqdir. Izolyatsion traversa 9 ga kontakt prujinasi 2 bilan ta’minlangan xarakatlanuvchan kontaktlar 1 qotirilgan bo’ladi. Yuritgich beshta bosh (asosiy) va ikkita yordamchi kontakt 12 ga ega bo’lishi mumkin. Elektromagnit yakori bilan kontaktlarining bir ‘il masofa oralig’ida xarakatlanishi elektromagnit mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biridir. Bunday elektromagnitlarning kamchiligi uning kontaktlarining uzoq tebranishi (1 ms dan ortiq) va nisbatan tez yemirilishidir. Bunday yuritgichlar kichik quvvatdagi elektr dvigatelplarini yuritishda ishlatiladi (nominal tok – 25A). Tok kuchi 25A dan yuqori xollarda PA seriyadagi yuritgichlardan foydalanish samarali ekan. Bunday yuritgichlarning kontaktlarining xarakatlanish masofasi yakornikidan 2,5 marta kichik. Dvigatelllarni yuklama tokidan ximoya qilish uchun uning ikkita fazasiga relelari ulanadi. Magnitli ishga tushirgichlarning qo’llanilishi Magnitli ishga tushirgichlar asosan asinxron dvigatellarni ishga tushurish va boshqarish uchun qo’llaniladi. Bu MIT uch fazali kontaktorning yordamchi kontaktlari va issiqlik relesi bor. MIT elektr saqlagich bilan birga ishlatilishi lozim, chunki uning qisqa tutashishdan himoyalovchi tuzilmasi yo‘q. 10.6- rasm, a dagi sxemada shartli tasvirlar quyidagilami bildiradi: IR — issiqlik relesi, 1IR, 2IR — issiqlik relesini ajratuvchi kontaktlar, EKCH— elektromagnit kontaktorning chulg'ami, L1 — EKCH ning asosiy, yoy o‘chirish tuzilmasi bilan tutashuvchi kontaktlari, K2 — EKCH ning blok-kontakti, T — to'xtatish knopkasi (tugmasi), Y — yurgizish knopkasi. Yurgizish knopkasini bosganda kontaktorning elektromagnit chulg‘ami (EKCH)uch fazali tarmoqning liniya kuchlanishiga ulanadi. Demak, elektromagnit kontaktor chulg‘amidan tok o‘tadi va kontaktor o‘zining asosiy kontaktlari K1 va blok- kontakti K2 ni tutashtiradi. Asinxron dvigatel tarmoqqa ulanadi va ishga tushadi. Endi yurgizish knopkasini bosib turishning hojati yo‘q, chunki bu knopkaga parallel ulangan blok-kontakt K2 qo‘shilgan bo‘lib, EKCH tarmoqdan shu boshqarish blok- kontakti orqali tok oladi. Agar dvigatelni to‘xtatmoqchi bo‘lsak to‘xtatish knopkasi T ni bosamiz, EKCH zanjiri uziladi va undan tok o‘tmaydi, demak, kontakt K1 ochilib dvigatelni tarmoqdan ajratadi. 0 ‘ta yuklantirish rejimida dvigatelning toki nominal qiymatga ko‘ra oshganda, tokning ajratib chiqaradigan issiqligi oshadi, demak, issiqlik relelarining kontaktlari 1IR va 2IR ochilib, EKCH ni tarmoqdan ajratadi. EKCH dan tok o‘tmaganda uning kontaktlari K1 ochilib, asinxron dvigatel tarmoqdan ajraladi. Ko‘p elektr uskunalarda, masalan, ko‘tarish-tashish mashinalarida, aylanish yo'nalishini o'zgartirishga to‘g‘ri keladi. Bu holda rotorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartiradigan (reverslaydigan) magnit ishga tushirgichdan foydalaniladi. 10.6 a- rasmda bunday magnit ishga tushirgichning elektr sxemasi ko‘rsatilgan. Aylanuvchi magnit maydonning yo'nalishini o'zgartirish uchun uch fazali tarmoqning istalgan ikki fazasini almashtirish kifoya. Bu sxema mana shu fazalami almashtirishni amalga oshiradi. Sxemada tegishli knopkalar bor. Masalan, „olg‘a“ knopkasini bosganda, „olg‘. K“, ya’ni olg‘aga yurgizish elektromagnit chulg'ami tarmoqqa ulanadi. Natijada asosiy uch fazali „olg‘. K“ kontaktlari va „olg‘. K1 “ boshqarish blok-kontaktlari tutashadi. Asinxron dvigatel ishga tushadi. Dvigatelning aylanish yo'nalishini o‘zgartirish uchun „A“ va „B“ fazalar simining o‘mini almashtirish lozim. Agar „olg‘. K“ va „orq. K“ kontaktlari birdaniga tutashtirilsa, fazalararo qisqa tutashish yuz beradi. Bu qisqa tutash ehtimolini bartaraf qilish uchun orqaga K2 elektr magnit chulg‘am zanjirida „olg‘a“ ajratuvchi blok-kontakt va „orqaga“ EKCH zanjirida „olg‘a“ blok-kontakt kiritilgan. Masalan, „olg‘a“ knopkasini bosganda: „orqaga“ EKCH zanjiriga ulangan „olg‘a K2 blok-kontakt ochiladi. Endi „orqaga“ knopkasini bosganda bu EKCH tarmoqqa ulanmaydi, chunki berk zanjir hosil bo‘lmaydi. Dvigatelni orqa tomonga aylantirish uchun awal tutashish knopkasini bosib, dvigatelni tarmoqdan ajratish kerak. Bu paytda har ikkila blok-kontakt, „orqaga” K2va „oldga” K2tutashadi. Keyin „orqaga“ knopkasini bosish mumkin. Magnitli ishga tushirgichlar avtomatik boshqarishda, faza rotorli dvigatellarda, aylanish tezligini o‘zgartirishda va boshqa qator maqsadlarda foydalaniladi. Termal bo'shatishning ulanishini ushbu diagrammada ko'rish mumkin: Qaytaruvchi starter orqali ulanish elektr motorining o'ngga va chapga muqobil aylanishini ta'minlash uchun ishlatiladi. Inqiloblar yo'nalishini o'zgartirish uchun ikki faza almashtiriladi. Bunday holda siz har qanday bosqichni tanlashingiz mumkin. Agar siz KM1 starterini yoqsangiz, elektr motor o'ngga aylana boshlaydi. Agar siz 1 va 2-bosqichlar teskari bo'lgan KM2 ni yoqsangiz, vosita chapga aylanadi. Ishga tushirish uchun tanlangan aylanish yo'nalishiga qarab "Oldinga boshlash" va "Orqaga boshlash" ishlatiladi. O'chirish uchun bitta "To'xtatish" tugmasidan foydalaning. Muhim! O'chirish ikkita tugmani bir vaqtning o'zida ulashdan himoyadan foydalanadi. Orqaga o'rnatilgan starterlar uchun himoya mexanik va elektr blokirovkalari va qo'shimcha kontaktlar shaklida qo'llaniladi. Bunday holda, ulanish quyidagi sxema bo'yicha amalga oshiriladi: Xulosa
energiyani boshqaradi. Ular elektr mashinalar va turli uskunalarni avtomatik va noavtomatik xolda boshqarish sxemasida,hamda elektr energiyasi va energiya ta’minotini taqsimlash uchun qo’llaniladi Magnitli ishga tushirgich deb, qiqsa tutashgan rotorli asinxron dvigatelpni ishga tushirib yuboruvchi kontaktorga aytiladi. Magnit yuritgich tarkibiga, kontaktordan tashqari, asinxron dvigatelni yuklama toki ortib ketishidan va «fazaning yo’qolib qolishi»dan ximoya qilish uchun belgilangan issiqlik relesi ‘am kiradi. Asinxron dvigatellarning uzoq muddat uzluksiz ishlashi ko’p ji’atdan magnit yuritgichning ishonchli ishlashiga bog’liq. Shuning uchun magnit yuritgichlariga yemirilishga bardoshlilik, kommutatsion qobiliyat, aniq ishlab ketish, yuklama toklari va iste’mol quvvati ortib ketishidan ishonchli ximoya kabilar nuqtai nazaridan yuksak talablar qo’yiladi. Foydalanilgan adabiyotlar; 1. A.I.Xonboboyev, N.A.Xalilov “Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari” Toshkent 2000y 2. G.N. Aleksandrova “Teoriya elektricheskix apparatov” M.Energiya 1985g. 3. Rodshtyeyn L.A. “Elektricheskie apparat” Energiyo- atomizdat 1989g. 4. Sh.T.Nasriddinov “Kon elektrotexnika” , “Konchilik korxonalarining elektr uskunalari” O’quv qo’llanma Toshkent 1995y. Internet resusrlari 1. www.ziyouz.com 2. www.google.com Download 276.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling