Mavzu. Mahsuldor qatlamlarga suvni haydash uchun tayyorlash


Suvlar pH kattaligi bo‘yicha 5 guruxga bo‘linadi


Download 128.4 Kb.
bet2/5
Sana24.03.2023
Hajmi128.4 Kb.
#1290791
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mahsuldor qatlamga suvni haydash uchun tayorlash

Suvlar pH kattaligi bo‘yicha 5 guruxga bo‘linadi:

Suvlar pH kattaligi bo‘yicha 5 guruxga bo‘linadi:

  • nordon pH = 3 gacha;
  • nimnordon pH = 4 - 6 gacha;
  • neytral pH = 7;
  • kam ishqorli pH = 8 – 10 gacha
  • ishqorli pH = 11 – 14 gacha

2.Neft konlaridagi oqova suvlarga ko‘rsatiladigan talablar.
Oqova suvlar deb, qatlam suvlari, chuchuk suvlar va atmosfera suvlarining aralashmasiga aytiladi. Chuchuk suvlar neftni tuzsizlantirish, deemulgatorlarni tayyorlash, kompressorlarni sovutish va boshqalarga xizmat qiladi.
Oqova suvlarni 82 - 84% qatlam suvlari, 15% chuchuk suvlar, 1,5 - 3% atmosfera suvlari tashkil qiladi.
Konni ishlatish jarayonida juda ko‘p miqdorda qatlam suvi yer yuzasiga olib chiqiladi.

Mahsuldor qatlamlarni qatlamdan olingan suvlar bilan bostirish juda muxim masalalardan biridir. Qatlamdan olingan suvlarni qayta haydash quyidagi muammolarni hal qilishga yordam beradi:

Mahsuldor qatlamlarni qatlamdan olingan suvlar bilan bostirish juda muxim masalalardan biridir. Qatlamdan olingan suvlarni qayta haydash quyidagi muammolarni hal qilishga yordam beradi:

  • chuchuk suv sarfini kamaytiradi;
  • suv xavzalarini ifloslanishini, xavzalardagi baliqlarni o‘lishini oldini oladi;
  • mahsuldor qatlamlarni o‘tkazuvchanligini saqlab qoladi, Shunki gil va alevrolitlar tuzli suv ta’sirida shishmaydi;
  • qatlamning neft beraolishlik koeffitsienti ko‘tariladi. Bunga sabab deemulgatorli suvlar yaxshi yuvish qobiliyatga ega.

Oqova suvlardan foydalanishda bir qator qiyinshiliklar ham vujudga keladi
tozalash qurilmalarining murakkab va qimmatliligi;
suv bostirish tizimidagi suvo‘tkazgishlar va qurilmalarning korroziyasi va boshqalar.
Hozirgi vaqtda bu masalalar konlarda o‘z yeshimini topayapti.
Masalan, suv o‘tkazgishlarning ishi va qurilmalar maxsus lak – bo‘yoqlar bilan qoplanib, korroziyadan himoya qilinmokda. 6 - 8 oy xizmat qilgan o‘tkazgishlar 3 - 4 yil davomida ishlatilyapti.

Download 128.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling