Mavzu. Mahsuldor qatlamlarga suvni haydash uchun tayyorlash
Download 128.4 Kb.
|
Mahsuldor qatlamga suvni haydash uchun tayorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Qatlamga suvni haydash.
Mavzu. Mahsuldor qatlamlarga suvni haydash uchun tayyorlash.REJA:1.Qatlam suvlari.2.Neft konlaridagi oqova suvlarga ko‘rsatiladigan talablar.3.Oqova suvlarning kanalizatsiyasi.4.Suvni qatlamga haydashga yaroqliligini aniqlash5.Qatlamga suvni haydash.Neft tarkibidagi suv va suvda erigan mineral tuzlar mustahkam emulsiyalar hosil qiladi. Bu emulsiyalar korroziyalarga sabab bo‘lib, neftni qayta ishlashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bundan tashqari suvli neftni transport qilish ham katta harajatlar talab qiladi. Shuning uchun ham quduqdan olinadigan neft tuzsizlantiriladi va suvsizlantiriladi. 1.Qatlam suvlari. Hozirgi vaqtda qatlam suvlarining taxliliga katta ahamiyat berilmoqda, chunki bu suvlar mahsuldor qatlamga qayta haydash uchun ishlatilmokda. Qatlamdan olinadigan suvlar bir - biridan mineral tuzlar konsentratsiyasi, gazlar va mikroorganizmlar mavjudligi bilan farqlanadi. Qatlam suvlari turli kimyoviy tarkibi Qattiq suvlar – xlor kalsiyli yoki xlor kalsiy-magniyli; Ishqorli yoki gidrokarbonat natriyli. Qatlam suvlarini tarkibi Qatlam suvlarining asosiy tarkibiy qismini natriy xlor NaCl, kalsiy xlor CaCl2 va magniy xlor MgCl2 lar tashkil qiladi. Ba’zi suvlarda magniy Mg, kalsiy Ca, temir bikarbanat FeHSO3 tuzlari ham bo‘ladi. Qatlam suvlarida anion va kationlarga ajraladigan oddiy tuzlar ham mavjud. Anionlarga – gidroksid – ON ion, xlor – Cl ion, sulfat – SO4 ion, bikarbonat – HSO3 ion, karbonat – SO2 ion , brom – Br ion va boshqalar kiradi. Bundan tashqari qatlam suvlarida kolloidlar (temir oksidi FeO, alyumin oksidi Al3O2); gaz ko‘rinishidagi moddalar (karbonat angidrid CO3, oltingugursuvchil , azot N2 , vodorod H2 ); nodir gazlar (geliy , argon, neon) va organik moddalar (naften kislotalar) mavjud bo‘ladi. Qatlam suvlarida erigan moddalarning uning hajmiga bo‘lgan nisbati – umumiy minerallanish deyiladi. Qatlam suvlarining minerallanish darajasi 1 kg/m3 dan 200 kg/m3 gacha. Suvni asosiy tavsiflaridan biri suvchil ionlar konsentratsiyasi ko‘rsatkichi pH. Bu ko‘rsatkichdan suv ertimalarining kislotali va ishqorli muhitlari aniqlanadi. Download 128.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling