Mavzu: mahsulot tannarxi va uni hisoblashning buyurtmali usuli
Download 45.23 Kb.
|
Mavzu mahsulot tannarxi va uni hisoblashning buyurtmali usuli
MAVZU: MAHSULOT TANNARXI VA UNI HISOBLASHNING BUYURTMALI USULI Tannarx hisoblashning buyurtmali usulining xususiyatlari Tannarx hisoblashning buyurtmali usuli – bu maqsadli xarajat (hisob obyekti) mahsulot (ish, xizmat) yoki mahsulotning kichik partiyasi boʻlganda tannarxni hisoblash usuli. Usulning bunday nomlanishiga ishlab chiqarilgan mahsulotning koʻpincha buyurtma deb atalishi sabab boʻlgan. Tannarx hisoblashning buyurtmali usulida xarajatlarni aniq bir buyurtma tannarxigacha nazorat qilib borish oson hisoblanadi. Shuning uchun ham bu usulda xarajatlar aniq bir buyurtma bilan bogʻlanadi. Ishlabchiqarilgan har bir mahsulot (ish, xizmat) birligi yoki partiyasi oʻziga xosligi bilan ajralib turuvchi, yoki zarur boʻlgan mahsulot miqdori judayam kam boʻlganligi sababli ishlab chiqarishni rejalashtirish bilan shugʻullanishga zarurat tugʻilmaydigan korxonalarda buyurtmali tannarx hisoblash usuliga ehtiyoj seziladi. Bunda ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulotga toʻgʻri keluvchi xarajatlarni aniqlashga zarurat tugʻiladi, shuning uchun ham ularni alohida hisoblashga toʻgʻri keladi. Shunday qilib, “buyutma” atamasi bu holatda har bir mahsulot birligini yoki patiyasini bildiradi. Buyurtmali tannarx hisoblash usulini nafaqat sanoat korxonalarida, balki, qurilish, xizmat koʻrsatish va byudjet tashkilotlarida ham qoʻllash mumkin. Buyurtmali tannarx hisoblash usuli mahsulotlarni buyurtma boʻyicha ishlabchiqaruvchi korxonalarda qoʻllaniladi. Misol uchun, injenerlik kompaniyalari, odatda, har bir buyurtmachining individual talablari asosida maxsus uskunalarni tayyorlaydi. Bunda kompaniya tomonidan tayyorlangan har bir mahsulot bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunday korxonalarda xarajatlar har bir buyurtma uchun alohida hisobga olinishi zarur. Mahsulotlar sotilgunicha omborlarda saqlanadigan mahsulotlar partiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalarda, misol uchun maishiy elektr uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda tovar partiyasi tannarxni aniqlash tizimidan foydalaniladi. bunda ham xarajatlarni hisobga olish tizimi bir xildir. Birgina farq xarajatlar mahsulot birligi uchun emas, maʼlum bir mahsulotni oʻz iiga oluvchi mahsulotlar partiyasi uchun hisoblanadi. Buyurtma yakunlangandan keyin mahsulot birligining tannarxi partiya uchun qilingan xarajatlarni mahsulotlar umumiy soniga boʻlish orqali topiladi. Koʻpchilik korxonalarda buyurtmali tannarx hisoblash usulini tovar partiyasi tannarxni hisoblash bilan birlashtirgan holda olib borishadi. Bunday holatlar mahsulot yigʻishni mijozlarning texnik talablari asosida amalga oshiruvchi korxonalarda qoʻllaniladi. Bunda mahsulot (konstruksiya) boshqa mahsulotlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan bir qancha qismlardan iborat boʻladi. Yaʼni, mahsulot(qism)lar partiyasi tayyorlanadi va barcha xarajatlar aniq bir mahsulotlar partiyasi kalkulyatsiyasi vedomostida hisobga olinadi hamda tayyorlangan mahsulot omborga saqlash uchun topshiriladi. Mahsulotlar qismlari ishlab chiqarish yakunlanganidan keyin buyurtma-naryad yopiladi va tayyorlangan mahsulot(mahsulot qism)lari mahsulotlar partiyasining oʻrtacha tannarxi boʻyicha tayyor mahsulotlar omboriga beriladi. Mijoz tomonidan qandaydir konstruksiya uchun buyurtma berilganida yangi buyurtma-naryad tuziladi va zarur detallar omborjdan olinadi va yigʻish boʻyicha xarajatlar buyurtma-naryad schetida hisobga olinadi. Download 45.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling