Mavzu: Majburiy sugurtani tashkil etishning oziga xos xususiyatlari va rivojlantirish masalalari


Download 38 Kb.
Sana01.12.2021
Hajmi38 Kb.
#178498
Bog'liq
MM 64i Shonazarov Doston Sug'urta


Mavzu: Majburiy sugurtani tashkil etishning oziga xos xususiyatlari va rivojlantirish masalalari.

Kirish.


Asosiy qism:

1.Majburiy davlat sugurtasining zarurligi va ahamiyati

2.Majburiy davlat sug'urtasinini rivojlantirish masalalari

Xulosa.


KIRISH

Majburiy sugʻurta - davlat su-gʻurtasi shakllaridan biri, qonun asosida belgilangan shartlarga binoan, davlat sugurta tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi korxonalari boʻyicha tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar qaytarilishi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalarining javobgarligi; qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish ishlarini oʻtkazish uchun avans tarikasida beriladigan va fyuchers kontraktlari boʻyicha mablagʻlar qaytarilishi; qishloq va shaharda garovga qoʻyilgan mol-mulk; qishloqdagi transport egalarining fuqarolik javobgarligi va boshqa majburiy tartibda sugʻurtalanadi. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar va majburiy harbiy xizmat tarkibidagilar, shuningdek, ichki ishlar va xavfeizlik organlari xodimlari xizmatni oʻtash, harbiy yigʻinlar davrida jarohatlanish, kasallanish, oʻlim hollaridan, ogʻir sanoat tarmoqlari va transport tarmoqlari xizmatchilari ham majburiy sugʻurtalanadi. Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tashkilotlari qonunda koʻrsatilgan sugʻurta holatlari yuz berganda yetgan zarar miqsorini su-gʻurta qildirgan shaxsga yoki sugʻurta qilingan mol-mulkning egasiga toʻlaydi.

Majburiy sug`urtalashda barcha majburiy tartibda sug`urtalanadi, yoppasiga amalga oshiriladigan sug`urtadir. Sug`urtaning muddatsizligi transport va qishloq xo’jalik ekinlari uchun nisbiy bo’lib, yo’lovchi etib kelgandan keyin sug`urta o’z kuchini yo’qotadi.

1. Sugurta qildiruvchi bolish majburiyati qonun bilan unda korsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy sugurtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Fuqaroga oz hayoti yoki sogligini sugurtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda xojalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega bolgan yuridik shaxslarga bu mulkni sugurtalash majburiyati yuklanishi mumkin.

Majburiy sugurta bunday sugurta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sugurta qildiruvchi) sugurtalovchi bilan sugurta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sugurta sugurta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yolovchilarni majburiy sugurtalash bundan mustasno bolib, bu sugurta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning oz hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Majburiy sugurtalanishi lozim bolgan obektlar, ular sugurtalanishga sabab boladigan xavflar va sugurta pulining eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Fuqarolik kodeksining 924-moddasida majburiy sugurta togrisidagi qoidalarni buzish oqibatlari korsatib otilgan. Qonun boyicha foydasiga majburiy sugurta amalga oshirilishi lozim bolgan shaxs, agar sugurta amalga oshirilmagani unga malum bolsa, sugurta qildiruvchi sifatida zimmasiga sugurtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli. Agar sugurta qildiruvchi sifatida sugurtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bolsa yoki sugurta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda buzgan bolsa, u sugurta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sugurtalangan taqdirda sugurta tovoni tolashga asos bolishi kerak bolgan shartlarda javobgar boladi.

Shu erda takidlash lozimki, majburiy sugurta turlari hukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda sugurtalanuvchilar guruhi, sugurta qilish shartlari, sugurta tarifi stavkalari va sugurta qoplamalari miqdorlari korsatilgan.

Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini taminlash maqsadida qonunda hayot, soglik va mol-mulkning majburiy davlat sugurtasi belgilab qoyilishi mumkin.

Majburiy davlat sugurtasi ana shu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablaglar hisobiga amalga oshiriladi.

Majburiy davlat sugurtasi bevosita sugurta togrisidagi qonun hujjatlari asosida unda korsatilgan davlat sugurta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sugurtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik kodeksining qoidalari, agar sugurta togrisidagi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bolsa va sugurta boyicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sugurtasiga nisbatan qollaniladi.

Bugungi kunda Ozbekiston sugurta sohasida baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sugurtalashning majburiy turlariga quyidagilar kiradi:

soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sugurtasi;

Ozbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qomitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sugurtasi.

Baxtsiz hodisalardan sugurtalashning ushbu majburiy turi majburiy davlat sugurtasi deb yuritiladi. Majburiy davlat sugurtasida davlat xizmatichlari va kasb xatarliligi bilan bogliq xodimlarning hayoti va salomatligi davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olinadi.

Ijtimoiy himoya keng manoda mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muxofaza qilinishini taminlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora - tadbirlar majmui, tor manoda davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan etarli taminlanmagani tufayli yordamga, komakka muxtoj fuqarolar togrisidagi gamhurligi. Uning asosiy maqsadi aholini farovonligining toxtovsiz yaxshilanishini taminlash, aholini qatlamlarini talim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taminlashga yordam berishdan iborat.

Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, hamda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1994 yil 26 yanvarda 38-sonli Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy Shaxsiy sugurtasi togrisidagi Qaror qabul qilindi.

1994 yilning 1 yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni otash davrida halok bolish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sugurtasi joriy etildi.

Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qomitasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini sugurtalash davlat byudjeti tomonidan ajratiladigan mablaglar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu sugurta turlari boyicha sugurta tarifi bir sugurtalanuvchiga bir yilga eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida belgilangan.

Majburiy Davlat sugurtasida sugurta shartnomasi sugurtalovchi va sugurta qildiruvchi ortasida tuziladgigan yozma bitim bolib, u taraflar ortasidagi majburiy davlat sugurtalashga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solib turadi.

Majburiy Davlat sugurtasida sugurta summasi davlat sud ekspertlarining hayoti va sogligini davlat tomonidan majburiy sugurta qilish shartnomasi boyicha sugurtalovchi uning doirasida sugurta tovoni tolash majburiyatini olgan pul mablaglari summasi hisoblanadi. Sugurta summasi Ozbekiston Resupblikasi qonunchiligi bilan belgilangan minimal ish haqining tolov kuniga nisbatan olingan va sugurtalovchining har bir sugurtalanuvchi oldidigi majburiyatining cheklangan miqdorini ifodalanadi.

Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qomondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sugurta qilishda sugurta mukofoti sugurtalanuvchilarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda ularning har biri uchun sugurta qilidiruvchi tomonidan Ozbekiston Resupblikasi qonunchiligi bilan belgilangan minimal ish haqining tolov kuniga nisbatan 20 foizi hisobidan olingan sugurtalovchiga har yili tolanishi shart bolgan pul mablaglari summasi hisoblanadi.

Sugurta huquqiy munosabatlarining asosiy subektlari sugurta qiluvchi va sugurta qildiruvchi hisoblanadi. Sugurta qiluvchi sugurta shartnomasida belgilab qoyilgan hodisalar roy berganda sugurta qildiruvchi tomonidan korsatilgan shaxsga sugurta tolovini amalga oshirish majburiyatini oz zimmasiga oladi.

Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi majburiy davlat sugurtasi bilan shugullanadigan sugurta qiluvchi sugurta faoliyatini nazorat qilish boyicha davlat organi tomonidan belgilangan olingan sugurta majburiyatlari moliyaviy taminlanganligini kafolatlaydigan moliyaviy ishonchlilik korsatkichlariga ega bolishi lozim.

Sugurta qilingan shaxs bu uning hayotida bevosita shaxs yoki uning hayotidagi voqea-hodisalar bilan bogliq sugurta holati roy berishi lozim bolgan shaxsdir (Shaxsiy sugurta). Hayot va salomatlik majburiy davlat sugurtasida sugurta qilingan shaxslar sifatida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.

Foyda oluvchi bu sugurta holati roy berganda sugurta summasi olish uchun tayinlangan jismoniy shaxsdir.

Sugurta summasi sugurta qildiruvchiga yoki uni olish huquqiga ega bolgan uchinchi shaxsga tolanadigan sugurta tolovi boyicha sugurta qiluvchining majburiyatlari maksimal hajmining puldagi bahosidir. Bunda sugurta shartnomasida sugurta summasi sugurta qilishga qabul qilingan har bir risk boyicha alohida yoki sugurta qiluvchining maksimal majburiyatlarini aniqlash uchun har bir sugurta holati boyicha belgilanishi mumkin. Majburiy sugurtada sugurta summasi hajmi qonun bilan belgilanadi.

Majburiy davlat sugurtasida Davlat Soliq Qomitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlari ham sugurtaga olinadi, ularga nisbatan ham xuddi harbiy xizmatchilar kabi har yili davlat byudjetidan 20 foiz miqdorida sugurta mukofotlari tolash orqali ijtimoiy himoyaga olinadilar. Sugurta hodisasi yuzaga kelganda Davlat Soliq Qomitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlari Ozbekinvest EIMSK Toshkent shahar filialiga murojat etadilar hamda N1 shakldagi anketani rasmiylashtiradilar. Ushbu shakldagi anketaning rasmiylashtirilishiga sabab sugurta kompaniyasi voqea sodir joyda qatnashmaganligi sababli, Davlat Soliq Qomitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlari keltirilgan savollarga javob berish orqali sugurta hodisasining nima sababdan kelib chiqqanligini ifodalaydilar.

XULOSA

Majburiy sugurta turlari hukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda sugurtalanuvchilar guruhi, sugurta qilish shartlari, sugurta tarifi stavkalari va sugurta qoplamalari miqdorlari korsatilgan.



Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini taminlash maqsadida qonunda hayot, soglik va mol-mulkning majburiy davlat sugurtasi belgilab qoyilishi mumkin.

Majburiy davlat sugurtasi ana shu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablaglar hisobiga amalga oshiriladi.



Majburiy davlat sugurtasi bevosita sugurta togrisidagi qonun hujjatlari asosida unda korsatilgan davlat sugurta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sugurtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik kodeksining qoidalari, agar sugurta togrisidagi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bolsa va sugurta boyicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sugurtasiga nisbatan qollaniladi.
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling