Mavzu: Majburiy tebranishlar. Rezonans
Download 4.16 Kb.
|
Mavzu Majburiy tebranishlar. Rezonans-hozir.org
Mavzu: Majburiy tebranishlar. Rezonans Mavzu: Majburiy tebranishlar. Rezonans.
bora-bоrа to'xtaydi, shu sababli ulardan amalda kamdan-kam foydalaniladi. Istalgancha uzoq vaqt davom eta oladigan so'nmas tebranishlar esa katta amaliy ahamiyatga ega. So'nmaydigan tebranishlarni hosil qilishning eng oson usuli sistemaga tashqi davriy ravishda о'zgarib turuvchi kuch bilan ta'sir etishdir. Tebranishlar
kuch majbur etuvchi kuch ta'sirida sodir bо'ladigan so'nmovchi tebranishga majburiy tebranish deyiladi. Majburiy tebranish so’nmaydigan tebranishdan iborat bo'lgani uchun bir garmonik tebranishdan iboratdir. Majburiy tebranishning amplitudasi tebranayotgan sistemaning xossalariga, majburiy kuchning amplitudasi va chastotasiga, hamda sistema xususiy chastotasining nisbatiga bog'liq bо'ladi. Sistemaga ta'sir qiluvchi majburiy kuchning chastotasi о'zgarganida uning amplitudasi ham о'zgaradi. Davriy ravishda о'zgaruvchi majburiy kuchning chastotasi sistemaning xususiy chastotasiga yaqinlashishi bilan majburiy tebranishning amplitudasi ortadi va chastotalar teng bо'lganda u maksimal qiymatga erishadi
о'zgaruvchi majburiy kuchning chastotasi sistemaning хususiy tebranish chastotasiga tenglashganda majburiy tebranish amplitudasining keskin о'sishiga rezonans deyiladi. Ma'lum bо'lishicha, sistema tebranishlar amplitudasining qiymati rezonans vaqtidagi muhitning qarshilik vа ishqalanish kиchlariga kuchli bog'liq bo'lar ekan Bu kuchlar qancha kichik bо'lsa, sistema rezonans tebranishining amplitudasi shuncha katta bo'lib, hatto butun tebranuvchi sistemani buzib уuboroshi mumkin ekan.
ahamiyalga ega. Rezonans hodisas faqat mexanik hodisalardagina emas, hatto elektrotexnikada, optikada va yadro fizikasida ham foydalaniladi. Radiopriyomnik, televizor va hokazolarning ishlashi rezonans hodisasiga asoslangandir. Rezonans hodisasi ko'pincha zarar ham kеltiradi. Masalan, ma'lum tovush chastotalarida bа'zan radiopriyomnik korpusi titraydi, ritmik ravishda ishlaydigan mashinalarda о'rnatilgan fundamentlar parchalanishi va buzilishi mumkin. Aviatsiyada rezonans hodisasi samolyotlarni раrchalab yuborishi mumkin. Shuning uchun ham rezonans hodisasi zarar keltiradigan joylarda nazariya va tajribalar yordamida rezonans hosil bo'lishining oldini olish rnumkin. Savollar: 1 Erkin tebranishlarni so’nmaydigan tebranishlarga aylantirish uchun nima qilish kerak? 2 Qanday tebranishlarga majburiy tebranish deyiladi? 3 Rezonans hodisasi qanday sharoitda vujudga keladi? http://hozir.org Download 4.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling