Neustoyka
Zakalat
Kafolat
Garov
Qarzdorning
Kafillik
- Zakalat shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnomaning tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini taminlash yuzasidan beradigan pul summasidir. Zakalat to’g’risidagi kelishuv zakalatning summasidan qati nazar, yozma ravishda tuzilishi kerak. Zakalat quyidagi uchta vazifani bajaradi: birinchidan, zakalat berilib tuzilgan shartnoma haqiqatan tuzilganligini isbotlovchi dalil hisoblanadi; ikkinchidan, zakalat shartnoma yuzasidan avvaldan to’lab qo’yiladigan pul summasi bo’lib, tegishli to’lovlar hisobiga muayyan summani to’lagan taraf shartnomani qisman ijro etgan hisoblanadi. Zakalat oluvchi taraf uchun ham bu hol malum ahamiyatga ega. Masalan, biron-bir uy-joy ijaraga berilishida uy-joy egasi turar joyni yashash uchun yaroqli holga keltirish maqsadlarida zarur tamirlar qiladi; uchinchidan, zakalat shartnomadan kelib chiqqan majburiyatning ijro etilishini taminlash uchun belgilanadi. Zakalatning mazkur vazifasi shundaki, zakalat bergan taraf shartnoma yuzasidan olgan o’z majburiyatlarini bajarmaganida – bergan zakalatni yo’qotadi. Agar zakalat bergan taraf shartnomadan voz kechgan bo’lsa, bu holda u bergan zakalatning qaytarib berilishini talab qila olmaydi. Agar zakalat olgan taraf o’z majburiyatlarini bajarmasa, u ikkinchi tarafga zakalat summasini ikki baravar to’lashga majbur.
Do'stlaringiz bilan baham: |