Mavzu: Makkajо‘xoriga yig‘ib olingandan sо‘ng ishlov berish mashinalari Reja: Makkajо‘xoriga yig‘ib olish mashinalari


Download 0.94 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1526070
Bog'liq
Makkajо‘xoriga yig‘ib olingandan sо‘ng ishlov berish mashinalari


Mavzu: Makkajо‘xoriga yig‘ib olingandan sо‘ng ishlov berish mashinalari
Reja:
1. Makkajо‘xoriga yig‘ib olish mashinalari
2. Makkajо‘xoriga yig‘ib olingandan sо‘ng ishlov berish mashinalari haqida ma’lumot

Makkajо‘xoriga yig‘ib olingandan sо‘ng ishlov berish mashinalari Yig‘ib olingan makkajо‘xori sо‘talariga statsionar mexanizatsiyalashgan
punkt PMU-15 da ishlov beriladi. Uning oqim chizig‘ida sо‘ta tozalagich 2 (307-rasm), saralash stoli 14, shamollatiladigan bunkerlar 11, issiqlik generatori 12, sо‘talarni yanchish qurilmasi 5 va transportyorlar tizimi о‘rnatilgan.
Sо‘talarni daladan tirkamalar 16 bilan olib kelinadi va qabul qilish bunkeri 1 ga yoki vaqtincha saqlash uchun maydonchaga bо‘shatiladi.
Sо‘talarni transportyor 15 bunkerdan tozalagich 2 ga uzatadi, bu yerda ular pо‘stidan tozalanadi va undan esa qо‘lda saralash stoli 14 ga olib kelinadi. Sо‘talar oqimidan chala tozalanganlarini ishchilar ajratib oladi va ular saralash stoli 14 ning transportyori teskari shaxobchasi hamda transportyor 4 bilan tozalagichga qaytariladi. Pishib yetilmagan sо‘talarni esa ishchilar yerga tashlashadi. Transportyorlar 13 va 10 tozalangan sо‘talarni bunkerlar 11 ga yuklaydi va bu yerda ular issiqlik generatori 12 tomonidan uzatilayotgan issiq havo bilan shamollatiladi. Pо‘stlar pnevmoо‘tkazgich bо‘yicha tirkama 3 kuzoviga yо‘naltiriladi. Quritilgan sо‘talar transportyorlar 8 va 9 bilan yanchish qurilmasi 5 ga yuklanadi, yanchib ajratilgan don bunker 6 ga, о‘zaklar esa tirkama 7 ga kelib tushadi.
307-rasm. Makkajо‘xoriga yig‘ib olingandan sо‘ng ishlov berish uchun statsionar mexanizatsiyalashgan punkt PMU-15:
1 – qabul qilish bunkeri; 2 – sо‘ta tozalagich OP-15S; 3, 7 va 16 – traktor tirkamalari; 4, 8, 9, 10, 13 va 15 – transportyorlar; 5 –sо‘ta yanchish qurilmasi; 6 – don bunkeri; 11 – shamollatiladigan bunkerlar; 12 – issiqlik generatori; 14 – saralash stoli.

Don kombayni bilan yig‘ib olingan yoki statsionar punktda yanchib ajratilgan makkajо‘xori doni don tozalash agregatlari ZAV-50, ZAV-25 yoki don tozalash-quritish komplekslari KZS-50, KZS-25 va KZS-25Blarda qayta ishlanadi.


Kо‘chma sо‘talarni tozalagich OP-15P pishgan sо‘talarni pо‘stidan ajratish va о‘simlik aralashmalarini chiqarib tashlash uchun qо‘llaniladi.
308-rasm. Sо‘ta tozalagich OP-15P ning ish jarayoni sxemasi:
1 – yig‘ib olish qurilmasi; 2, 7, 9, 10 va 13 – transportyorlar; 3 – tozalash apparati; 4 – sо‘ta bunkeri; 5 – quvur; 6 – ventilyator; 8 – burilish tsapfasi; 11 – g‘alvir; 12 – don shneki; 14 va 16 – biterlar; 15 va 17 – qisish barabanlari.


309-rasm. Makkajо‘xori yanchgich MKP-3 ning ish jarayoni sxemasi:
1 - ta’minlash elevatori; 2 - yuklash sig‘imi; 3 - yanchish apparati; 4 - teshikli tsilindr; 5 -transportyor; 6 - yengil aralashmalarni chiqarib yuborish tarmog‘i; 7 - don shneki; 8 - ventilyator; 9 - don elevatori.
Kо‘chma tozalagichning payvandlangan ramasiga sо‘talarni yig‘ib olish qurilmasi 1 (308-rasm), yuklash transportyori 2, sо‘ta bunkeri 4, qisish barabanlari 15 va 17 li tozalash apparati 3, pо‘stlar transportyori 10, don shneki 12, ventilyator 6, quvur 5, oraliq 9 va asosiy 7 sо‘talar transportyorlari о‘rnatilgan.
Yig‘ib olish qurilmasi 1 sо‘talarni yuklash transportyori 2 ga uzatadi, undan sо‘talar bunker 4 ga tashlab beriladi. Kurakli transportyorlar 13 sо‘talarni bunkerdan sakkiz juft jо‘vali tozalash apparati 3 ning qiya taxtasiga yо‘naltiradi. Bu jо‘valarning tuzilishi va ish jarayoni kombayn tozalash qismi bilan bir xil. Tozalangan sо‘talar oraliq transportyor 9 bilan transportyor 7 ga uzatiladi va undan transport vositasiga yuklanadi. Pо‘stlar va boshqa aralashmalar transportyor 10 ning yuqori chiviqlari bilan ventilyator 6 ga uzatiladi va u bilan quvur 5 bо‘yicha yerga yoki transport vositasiga chiqarib tashlanadi.
Kо‘chma tozalagich MTZ-80 traktori bilan agregatlanadi. Ish unumdorligi 15 t/soat.
Mexanizatsiyalashgan punktning oqim chizig‘iga о‘rnatish uchun mо‘ljallangan OP-15S tozalagichi yig‘ib olish qurilmasi, yuklash va bо‘shatish transportyorlarisiz ishlab chiqariladi. Tozalagich quvvati 14 kVt ga teng bо‘lgan elektrodvigatellar bilan jihozlanadi.
Makkajо‘xori yanchish qurilmasi MKP-3 pо‘stdan tozalangan, quruq makkajо‘xori sо‘talarini yanchib, dondan о‘zak va yengil aralashmalarni ajratadi. Bu mashina statsionar bо‘lib, elektrodvigatel yoki traktor shkividan harakatga keltiriladi.
Mashina ramasiga elevator 1 (309-rasm), yuklanadigan sig‘im 2, yanchish apparati 3, don shneki 7, ventilyator 8, bо‘shatish transportyori 5 va don elevatori 9 lar о‘rnatilgan. Yanchish apparati 3 ning barabani vintsimon chiziq bо‘yicha joylashgan tо‘rt qator tishlar bilan ta’minlangan bо‘lib, u pо‘lat tsilindr 4 ichida 700 min–1 chastotada aylanadi. Tsilindrning pastki qismining 170° yoyida diametri 15 mm bо‘lgan teshiklar bо‘lib, ulardan yanchilgan donlar о‘tadi. Tsilindrning yuqori qismida sо‘talarni kiritish uchun darcha, yon tomonida esa о‘zaklar chiqib ketishi uchun teshiklar mavjud.
Sо‘talarni elevator 1 ning kuraklari yordamida yuqoriga kо‘tarib, yuklanish sig‘imi 2 ga tashlanadi. Sо‘talar sig‘imdan yanchish apparatiga keladi. Baraban tishlari zarbalari ta’sirida sо‘ta yanchilib, don ajraladi va tsilindr 4 ning pastki qismidagi teshiklardan о‘tib, shnek 7 noviga kelib tushadi. Don о‘tish yо‘lida havo oqimi bilan tozalanadi va har xil yengil aralashmalar yanchish qurilmasidan quvur 6 bо‘ylab chiqarib yuboriladi. Shnek donni elevator 9 ga uzatadi va don qoplarga solib olinadi. Sо‘talar о‘zaklari va donning bir qismi tsilindrning yon tomonidagi teshiklardan (darcha) о‘tib, tebranma harakatlanuvchi g‘alvirga keladi. Don g‘alvirdan elaklanib о‘tib, shnek noviga kelib tushadi, о‘zak esa transportyor 5 bilan transport vositasiga yuklanadi.
Yanchish qurilmasining ish unumdorligi 3 t/soat.
Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling