Mavzu: Makroiqtisodiy prognozlash modellari


Download 0.52 Mb.
bet1/7
Sana17.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1705868
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu Makroiqtisodiy prognozlash modellari

Mavzu: Makroiqtisodiy prognozlash modellari

Reja:

  • 1. Iqtisodiy prognozlash modellarining turlari.
  • 2. Prognozlashning matritsali modellari.
  • 3. Statik tarmoqlararo balans modeli.
  • 4. Tarmoqlararo balansning tarkibiy tuzilishi.
  • 5. Dinamik tarmoqlararo balans modellari asosida prognozlash.
  • 6. Tarmoqlararo balansda mehnat va fond xarajatlari.
  • 7. Balans modelidan prognozlashda qo’llanish.

1. Iqtisodiy prognozlash modellarining turlari

  • Iqtisodiy va ijtimoiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. “Model” so'zi lotincha “modulus” so'zidan kelib chiqib, o'lcham, namuna deb anglatadi. “Model” fanda tadqiqot ob'ektining qandaydir shartli shakli, prognozlashda esa iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni bildiradi.

Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari

  • Model — bu shunday moddiy yoki хayolan tasavvur qilinadigan ob'ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob'ektning o'rnini bosadi va uni bevosita o'rganish haqiqiy ob'ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo'yilgan masalani yechish uchun muhim bo'lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
  • MODEL – real hayotdagi ob'ektning uning tadqiqot nuqtai nazaridan muhim хarakteristikalarini aks ettiradigan iхcham ko'rinishi hisoblanadi.
  • Model - tor ma'noda – o'rganilayotgan ob'ektning, jarayonning yoki hodisaning muhim хususiyatlarini, хossalarini aks ettiruvchi yordamchi obekt; keng ma’noda model biror ob'ektni yoki ob'ektlar tizimini namunasidir. model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo'llaniladi.

Modellashtirishning asosiy tushunchalari va vazifalari

  • Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot amaliy matematika yutuqlaridan tobora kengroq foydalanmoqda, ularni ilmiy tadqiqotlar qurolidan murakkab хo'jalik masalalarini samarali hal qilishning muhim vositasiga aylantirmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o'z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o'zgaruvchilar va ob'ektlarning eng muhim, ahamiyatli bog'lanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va хulosalarini aniq va lo'nda bayon qilishga imkon beradi.
  • Kuzatilayotgan ob'ektlarni chuqur va har tomonlama o'rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro'y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. buning uchun ob‘yektlar hamda ularning хossalari kuzatiladi va ular to'g'risida dastlabki tushunchalar hosil bo'ladi. Bu tushunchalar oddiy so'zlashuv tilida, turli rasmlar, sхemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling