Mavzu: Maktab o‘qivchilarining o‘quv faoliyati motivlari va xulq-atvori


Download 395.34 Kb.
bet2/3
Sana13.11.2023
Hajmi395.34 Kb.
#1770442
1   2   3
Bog'liq
mavzu

Birinchidan, o’rganilayotgan o’quv materialining yoki qo’shimcha materialning mazmunidagi qiziq ma’lumotni berish orqali.
Ikkinchidan, darsda u yoki bu kashfiyotlar haqida gapirib berish; inson aqlzakovatining cheksiz imkoniyatlari haqidagi hikoyalar; mashhur kishilarning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlarni keltirish orqali.
Darsda hissiy-aqliy muhitni saqlab turishning uchinchi yo’nalishi bu o’quvchilarni ular uchun qiziqarli bo’lgan ijodiy faoliyatga yo’llashdir. Buning uchun darsda turli xildagi muammoli vaziyatlarni yaratish muhim ahamiyatga egadir. Muammoli vaziyat qandaydir tanish narsani o’girib, uning yangi tomoni ko’rsatib qo’yilganga o’xshash holatdir. Ana shu kutilmagan, o’quvchini hayratga soladigan holat o’qituvchining keyingi tushuntirishi uchun juda muhimdir.
Va nihoyat, o’quvchilarning ijobiy his-tuyg’ularini nazarda tutadigan to’rtinchi yo’nalish o’qituvchining o’quv materialiga nisbatan hissiy munosabatini ifodalash shakli bilan bog’liqdir. Shunday bo’ladiki, o’qituvchi butun darsni juda yaxshi rejalashtirib chiqsa ham, dars yaxshi o’tmaydi. Yosh o’qituvchilar shuni unutmasliklari kerakki, o’quv materialining jonli, hissiy boy, obrazli qilib ifodalanishi o’quvchilarni ham shu bilimlar bilan “kasallantiradi”, ya’ni ularni ruhlantiradi.
“Stimulus” qadimgi grekcha so’z bo’lib, ma’nosi hozir qo’llaniladiganiga taqqoslaydigan bo’lsak, unchalik xayrli emas. Gap shundaki, qachonlardir ho’kiz va qoramollarni haydaydigan, uchi yo’nib o’tkirlashtirilgan uzun tayoqni shunday ataganlar. Bugungi kunda esa “stimullashtirish” - “insonni qandaydir faoliyatga yetaklash, turtkilash” degan ma’noda qo’llaniladi. Inson asli tabitan shunday yaratilgan: ichki yoki tashqi turtki, eslatma bo’lmasa, hatto ba’zan majburlash bo’lmasa o’rnimizdan ham qimirlay olmaymiz.
Shunday zamonlar ham bo’lganki, ishga, mehnatga nisbatan sovuqqonlik ishyoqmaslik, dangasalik deb atalgan hamda uni yengish uchun oddiy va tabiiy usul – majburlashning turli ko’rinishlaridan foydalanishgan. Bu usul insoniy munosabatlar tarixida chuqur ildiz otgan. Yillar mobaynida “inson qalbi” deb nomlangan nozik matoning asosiy ipini topish uchun olimlar juda ko’p mehnat qildilar. Vaqt o’tishi bilan insonga samarali ta’sir etadigan munosabatlarning turli vositalari izlab topila boshladi, Natijada ularni majburlash borgan sari qiyinlashib qola boshladi. O’z haq-huquqlari bilan himoyalangan ozod va mustaqil shaxs yangicha yondashuvlarni talab etadi.
Stimullashtirish borasida amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlarning darajasi va salmog’i nihoyatda yuqori. Ammo shunisi achinarliki, amaliyotchi-pedagog juda ko’p miqdordagi konsepsiyalar, nazariyalar, g’oyalardan o’z faoliyati uchun yaroqlisini kamdan-kam topishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda amaliyot metodlar quyuni ichida o’z yo’lini yo’qotib qo’ygan.

Ta’lim jarayonidagi asosiy innovasiyalar o’qitishning interaktiv usullarini qo’llash bilan bog’liq. “Interaktiv” so’zi ingliz tilidan “interact” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, ”inter”-bu o’zaro, “act” – aloqa, ya’ni o’zaro aloqa, birgalikda faoliyat ma’nolarida qo’llaniladi. Demak, interaktivlik bu birgalikda harakat qilish yoki nima bilandir doimiy suhbat, diolog holatida bo’lish qobiliyatidir. Interaktiv o’qitish - bu o’quvchilarning o’quv muhiti bilan o’zaro hamkorligi asosida o’qitishdir.




Download 395.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling