Mavzu: maktabga psixologik tayyorgarlik muammosi


Aqliy taraqqiyotda bolalar bog’chasi va maktab ta’lim-tarbiya ishidagi izchillikning psixilogik mazmuni


Download 44.16 Kb.
bet2/7
Sana05.05.2023
Hajmi44.16 Kb.
#1428124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Botir

Aqliy taraqqiyotda bolalar bog’chasi va maktab ta’lim-tarbiya ishidagi izchillikning psixilogik mazmuni


Bolalar bog'chasi va maktab o'rtasidagi uzviylik murakkab tarkibiy tuzlishga ega. Unda yetakchi yo'nalishlar aqliy ta'lim va tarbiyadagi izchillik hamda ularning tarkibiy qismlari: ta'lim-tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlaridagi izchillik, shuningdek, bolani tarbiyalashdagi psixologik talablar va sharoitlar izchilligini farqlash mumkin.
Bolalarni maktabda o'qitishning samaradorligi ko'p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog'liq bo'ladi. Maktabda o'qishga aqliy tayyorlik - bolalar bog'chasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga berilgan ta'lim va tarbiyaning muhim yakunidir. U maktab bolaga qo'yadigan talablar majmui orqali aniqlanadi. Bu talablarning o'ziga xos tomoni o'quvchining yangi sotsial- psixologik o'rni, u bajarishga tayyorlangan bo'lishi lozim bo'lgan yangi vazifa va burchlardan kelib chiqadi.
Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabatining o'zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy o'rnini ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo'lgan erkin o'yin faoliyatidan farqli o'laroq, endi ta'lim majburiy bo'ladi va birinchi sinf o'quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat talab qilinadi. Ta'lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot jarayonini qayta quradi: kun tartibi o'zgaradi, erkin o'yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomligiga talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan o'quvchining o'z xatti-harakati, majburiyatlarini bajarishiga shaxsiy ma'suliyati ancha-muncha ortadi.
Bolalar bog'chasida qo'llaniladigan o'qitish metodi va usullari bolalarning keng aqliy hamda ma'naviy - irodaviy rivoj lanishlariga yordam beradi va shu
orqali ularning yangi mazmunini egallashga darsga o'qituvchi bilan murakkabroq o'zaro aloqa shakllariga tayyorgarliklarini ta'minlaydi. Bolalar bog'chasidagi mashg'ulotlarda tarbiyachining bolalarni bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik usullaridagi bu istiqbollilik bolalar bog'chasi va maktab ta'lim metodlaridagi izchillik asosini tashkil qiladi

Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling