Mavzu: maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. Maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1095946
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu



1-MAVZU: MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI. 
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI 
 
Maqsad: Talabalarga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yosh guruhlari, bola 
shaxsi rivoilamshiga ta’sir etuvchi omillar, maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari. 
maktabgacha pedagogika fanining predmeti va vazifalari haqida ma’lumot berish 
Kalit so’z va iboralar: Mаktаbgаchа pеdаgоgikа, Maktabgacha tarbiya muassasalari,
jamoat, jamoatchilik.
Reja: 
1. Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari 
2. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari 
3. Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi 
4. Maktabgacha pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari. 
Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari 
Inson tarbiyasi insonning o’zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli insonni har 
tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bulib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni 
yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun - qoidalarini izlaganlar. 
Darhaqiqat, insonniig ma’rifatliligi va ma’naviy komilligiga erishishi ishlari pedagogika fani 
yetakchiligida amalga oshiriladi. 
Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir shaxsni hamma 
yosh davrlarida uygun rivojlantirish qonuniyatlari to’grisidagi fandir. Shu bois, pedagogika fani 
insonni har tomonlama tarbiyalash haqidagi fan bo’lib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini 
amalga oshirish yo’lida xizmat qiladi. 
O’zbеkiston Rеspublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta'limi tizimida 
ham o’sib kеlayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi bilan bog’liq jarayonini qayta ko’rib chiqishni 
taqozo etmoqda. 
Mamlakatimiz davlat ta’lim siyosatida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga 
g’amxo’rlik qilish, ularni kelajakda har tomonlama rivojlangan, barkamol inson bo’lib voyaga 
yetishlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish eng ustivor vazifalardan biriga aylandi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2017 yil 9 sentyabrda qabul 
qilingan “Maktabgacha ta’lim muassasalarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Qarori, shunga doir farmoyishlari, ommaviy chiqishlarida uzluksiz ta’limning 
muhim bo’g’ini bo’lgan maktabgacha ta’lim muassasalarini tubdan takomillashtirish, uning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash o’ta muhim vazifalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. 
Ayniqsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga tayangan holda yangi tipdagi maktabgacha 
ta’lim muassasalarini barpo etish, uni yetuk malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, uning 
huquqiy-me’yoriy xujjatlari, ta’limiy va tarbiyaviy mazmuni, har xil turdagi mashg’ulot 
dasturlarini qayta ko’rib chiqish, uni uslubiy materiallar bilan boyitish masalalariga alohida 
e’tibor qaratilgan.
Respublikamizning yetuk pedagog olimlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib, 
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, uning asosida “Ilk 
qadam” davlat dasturi, har bir mashg’ulot turlari uchun alohida dasturlarni qayta yaratish ishlari 
bilan jadal sur’atda shug’ullanmoqdalar. Ayni paytda, bo’lajak pedagoglar ham bu borada o’z 
oldilarida turgan yuksak vazifani chuqur his etgan holda ish ko’rishlari, tegishli ta’lim 
muassasalarida munosib ta’lim olishlari, oz’ kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari 
lozim. 
Bolalarda dastlabki dunyoqarash, atrof-muhit haqidagi tasavvur va tushunchalar, badiiy-
estetik did, aql-idrok, tafakkur, ijtimoiy fazilatlar asosi kichik yoshdanoq shakllanadi. Shunga 
ko’ra ularga ijtyimoiy muhit, atrofdagilar bilan o’zaro munosabat o’rnatishlari uchun tegishli 


shart-sharoitlarni yaratish, ularni maktabgacha ta’lim muassasalariga to’liq qamrab olish, mavjud 
barcha pedagogic omillardan unumli foydalanish zarur. 
Maktabgacha ta’lim muassassida pedagogic faoliyat olib boruvchi tarbiyachilar ijtimoiy 
buyurtma-har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash maqsadida mavjud barcha 
imkoniyatlardan samarali foydalangan holda o’z zimmasida turgan yuksak vazifani talab 
darajasida bajarishga mas’uldirlar.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, 
muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni 
tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. 
Maktabgacha pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi 
bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. 
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi tug‘ildan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har 
tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi va maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitida 
ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har 
tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi. U 
maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va maktab ishidagi izchillikni ta’minlaydi hamda bolalarni 
maktab ta’limiga tayyorlaydi. 
Maktabgacha pedagogika umumiy pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy 
qonuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. 
Maktabgacha pedagogikaning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga 
yaxlit tarbiya berishning maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab 
tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot va zamonaviylik bilan bog‘liqlikda 
olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega 
ekanligiga asoslaniladi. 
Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni 
o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va 
tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta’lim nazariyasi
yunoncha didaktikos – “o‘rgatuvchi”, didasko – “o‘rganuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, 
ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, 
ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini 
takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning 
muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va 
usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling