Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa cholg’u asboblarida ijroga o’rgatish.[4 Soat]
Download 27.87 Kb.
|
4.Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa cholg’u asboblarida ijroga o’rgatish
Qo‘shiq kuylashga o‘rgatishning metodlari va yo‘llari Musiqa rahbari bolalarga qo‘shiqni
o‘rgatishdan oldin qo‘shiqni tanishtirishi, kompozitori haqida, asarning matni, mazmuni haqida gapirib berishi kerak, bir so‘z bilan aytganda bolalarda bu qo‘shiqni o‘rganish uchun qiziqishlarini uyg’otishdir. Qo‘shiq qiyinchiliklari va ularni bartaraf yetish yo‘llari: Qo‘shiqda sakrama harakatlar ko‘p. Bular bolalar kuylashi uchun murakkabdir. Shuning uchun sof kuylashga alohida e’tibor qaratish kerak. Qo‘shiqda punktir ritmlaridan ham keng foylanilgan va ularni aniq talaffuz yetish kerak. Ligali notalar. Bunday notalar asosan jumlalar oxirida uchraydi va buni to‘g‘ri va sof kuylashga yerishish kerak. Bola shaxsini shakllantirishda va rivojlantirishda oiladagi muhitni ta’siri juda kattadir. Boladagi yeng muhim individual xususiyatlar oiladagi mavjud ijtimoiy psixologik muhit ta’sirida shakllanadi. Qo‘shiqning ohangiga bo‘lgan intilish bola ongida ona allasi orqali rivojlantiriladi. Bunda ota-ona, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, san’at, musiqiy madaniyatga bo‘lgan munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham Respublikamizda oila tarbiyasiga davlat siyosati darajasida qaralib kelinayotganligi bejiz emas. Har tomonlama barkamol madaniyatli shaxs avvalo, oilada shakllanadi. Yaxshi oilaviy muhitda tarbiyalangan bolaning hayot haqidagi, turli voqea-hodisalar, urf-odatlar, san’at, madaniyatga oid ta’ssurotlari ko‘pincha ijobiy tarzda kechadi. Oiladagi birgalikda televizor ko‘rish, konsert tomosha qilish, teatr, konsert tomoshalariga borish, o‘z ta’ssurotlarini o‘rtoqlashish kabilar bolalar dunyoqarashini o‘stirib, hayotiy voqea-xodisalarni aks yettiruvchi badiiy adabiyot, san’at , musiqani mohiyatini tushinishga, badiiy va g‘oyaviy idrok yetishga olib keladi. Bu yesa uning kelajagini belgilashda, san’atning muayyan turi bilan bog‘lanib qolishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Fan, adabiyot, san’at sohasida Yevropa klassik musiqasining buyuk namoyondalari Bax, Betxoven, Bize, Motsart, Verdi, Shopen, rus kompazitorlari Glinka, Borodin, Balakirov, Rimskiy-Korsakov, Chaykovskiy, Prokofev, Shostakovich, o‘zbek bastakor va kompozitorlari M.Ashrafiy, T.Sodiqov, Y.Rajabiy, T.Jalilov, M.Burhonov, S.Jalil va ko‘plab xalq hofizlari va sozandalarning hayotida ular tug‘ilib o‘sgan oilani ta’siri juda katta bo‘lgan. Hozirgi kunda musiqa rahbarlari oldidagi yeng muhim vazifalardan biri musiqiy tarbiya va musiqiy madaniyatni oilaviy hamkorlikda tashkil yetishdir. Bu boradagi faoliyatni maqsadli yo‘lga qo‘yish, samarali ish shakl va usullaridan foydalanish bolalarni yuqorida ta’kidlanganidek madaniyat va san’atning muayyan sohalariga izchil bog‘lanib qolishlari, kelajakda yetuk xonanda, sozanda, bastakor-kompozitor bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi. Musiqa rahbarlariga bu borada quyidagi tavsiyalarimizni bildirishni lozim deb topdik: musiqa rahbarlari har bir bolaning oilasi bilan yaqindan tanishishi, doimiy aloqani yo‘lga qo‘yishi; bolalarni musiqa san’atining muayyan turlariga qiziqishi, qobiliyatiga qarab, ularni ota- onalarini bu haqda xabardor qilish, maktabda va oilada mustaqil qo‘shimcha shug‘ullanishlari uchun shart-sharoit yaratishi; musiqa mashg‘ulotlariga, to‘garaklar, ijodiy markazlarga qatnashishlarini ota-onasi tomonidan ham nazorat qilib borilishiga e’tibor qaratish; bolalar ishtirok yetadigan turli madaniy-ommaviy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, konsertlarga ularni ota-onalarini taklif qilish; ota-onalar uchun maxsus ma’ro‘za konsertlar, madaniyat, san’at vakillari bilan uchrashuvlar tashkil yetish; bolalarga individual topshiriqlar berish, mustaqil shug‘ullanishlari va topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan ota-onalar fikrlarini so‘rab turish. Bunday hamkorlik bo‘yicha tashkil yetiladigan ishlar bolalarni musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini, ularning musiqa bo‘yicha individual qobiliyat va iqtidorlarini o‘stirishga, iste’dod kurtaklarini keng ochilishiga va musiqiy madaniyatni yuksalishiga imkon yaratadi. Musiqa rahbari ko‘pchilik oldida musiqa targ‘ibotchisi sifatida chiqib o‘z faoliyatini bajarishda rus musiqiy pedagogi D. V. Kabalevskiy aytganidek- “..o‘zining yeng asosiy vazifasini xoh zaldagi konsert paytida, xoh musiqa mashg‘uloti bo‘lsin, bolalar bilan Download 27.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling