Mavzu: Maktabgacha Ta`lim Tashkilotida pedagogik jarayonni tashkil etish Reja


Pedagogik jaroyon va unig tuzilishi


Download 0.55 Mb.
bet3/3
Sana29.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1307448
1   2   3
Bog'liq
Maktabgacha Ta`lim Tashkilotida pedagogik jarayonni tashkil etish

3.Pedagogik jaroyon va unig tuzilishi.
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi. Pedagoglik kasbining paydo bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko’rinadiki, dastlab uning doirasida differentsiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo’lsa, key-inchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo’yila boshladi: o’qi-tuvchi o’qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiy-parvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuq-tai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo’q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi.
Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim printsiplari bor ekan, hamisha tarbiya printsiplari ham bo’ladi, yoki aksincha”.
Pedagogik jarayonning yagonaligi g’oyasi K.D Ushinskiy g’oyalarida chu-qur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o’quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K. D. Ushinskiyning taraqiyparvar g’oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, K.B Yelniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o’z aksini topgan. 
Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug’ullan-di. U pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o’qi-tish, o’rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o’git va boshqa bir qator so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”.
N.K.Krupskaya, A.P.Pinkvich, S.T.SHatskiy, P.P.Blonskiy, M.M.Rubin-shteyn, A.S.Makarenko yagona pedagog jarayonning taraqqiyotiga katta hissa qo’shishdi.
XX asrning 70-yillarida Yu.K. Babanskiy, B.S.Ilьin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, Yu.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi.
Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi o’zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni o’zida jamlaydi.
Pedagogik jarayon – pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy katego-riyalaridan biri.
Pedagogik jarayon kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilar-ning boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o’zini-o’zi o’zgartirishining maqsadga yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir.
U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim sifatida mavjud bo’ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, pedagogning ijodkorligi va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog’liq o’zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.
Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyo-siy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog’langan. Uning mo-hiyati, mazmuni va yo’nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining real o’zaro haraka-tiga bog’liq bo’ladi.
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling