Mavzu: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kompozitorlar ijodi bilan tanishtirish
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kompozitorlar ijodi bilan tanishtirish
Download 32.49 Kb.
|
musiqa 14 mavzu
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kompozitorlar ijodi bilan tanishtirish
Tarbiyachi o’z dasturiga o‘zbek kompozitor va bastakorlarning bolalar uchun yozilgan kuy va qo‘shiqlaridan kiritishi lozim. Musiqiy asarlar bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning qiziqishlari va dunyoqarashlarini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”ga tayanch sifatida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun « Ilk qadam” davlat o’quv dasturi 1991 yil M.Sh.Rasulova tomonidan ishlab chiqildi. 2000 yilda ushbu dastur qayta nashr qilindi va unda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar yegallashlari kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar, zamonaviy pedagogik jarayonni tashkil yetishga qo‘yiladigan talablar o‘z aksini topgan. Maktabgacha bo‘lgan davr psixologiyada ilk bolalik davri deb yuritiladi hamda bolalikning yeng go‘zal va yesda qoladigan damlarini o‘z ichiga oladi. Musiqa tarbiyasi bolalar bog‘chasi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida umumiy fanlar tarkibida o‘qitiladi. Musiqa shunday san’at turiki, u insonlarni kechinmalari, yemotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg’otishining o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkin. Albatta, musiqa shaxsni shakllantirishning, uning ijobiy fazilatlarining yo‘nalishlarini o‘z-o‘zidan belgilab bermaydi. Tarbiyaviy ta’sirning yeng muhim tomonlari musiqiy asarning g‘oyaviy mazmuniga bog‘liqdir. Ana shu bilan musiqiy-estetik tarbiyaning vazifalari belgilanadi. Mashhur polyak kompozitori K.Shimanovskiy o‘zining «Jamiyatda musiqaning tarbiyaviy ahamiyati» nomli maqolasida, musiqaning tabiiy kuchi haqida gapirar yekan, - uning ikki qarama-qarshi yo‘nalishda - yaratish va buzish uchun ishlatish mumkinligini — «kerakli ishga yo‘naltirgan holda, tez oqar daryoning suvlaridan foydalanib, foydali va unumli ishlar uchun, ya’ni tegirmonni aylantirish uchun ishlatgandek, musiqa kuchidan ham unumli foydalanish kerak», - degan. Tadqiqot natijalari bolalarning qiziqish bilan qo‘shiq kuylab, musiqa tinglab, kompozitorlar hayoti bilan tanisha boshlaganliklarini ko‘rsatdi. Hatto avvaliga musiqa madaniyati mashg‘ulotlariga e’tiborsizlik bilan qaragan bolalar ham, ohir-oqibatda musiqa mashg‘ulotlariga ko‘tarinki ruhda, biror bir yangilikdan xabardor bo‘lish niyatida kela boshladilar. Qo‘shiqni tanlashdagi bolalarga qisqa, mazmunli, obrazli, qiziqarli hikoya qilib beriladi. Qo‘shiq mazmunidagi axloq-odob, tabiat, ona Vatan, mehr-muhabbat haqidagi g‘oyalarni bolalar ongiga singdirib, ularda qiziqish uyg‘otadi. Badiiy qo‘shiqlar sirasiga D.Omonullaevaning bolalar uchun yozilgan «Diloromning qo‘shig‘i», «Buvijonim», «Aziz bo‘ston —O‘zbekiston», «Navzo‘zim», «O‘zbekiston — Vatanim manim»; N.Norxo‘jaevning «O‘ynasangchi tipratikan», «Nevaralar qo‘shig‘i», «Kapalak va kamalak», «Kakligim»,«Shaftoliga savolim», «Navo‘zim — shux sozim», «Salom bergan bolalar», «Buvijonim yaxshisiz», «Gullar manim kulganim», «Yaxshi bola», «Biz askarmiz»; Sh.Yormatovning «Ay-yay-yay», «Islom bobo»; A.Mansurovning «Muzqaymoq», «Vatanginam»; F.Nazarovning «Inoqo‘ynaymiz», «Paxtaoy», «Qish chog‘lari» va boshqa ko‘plab O‘zbekiston kompozitorlarining qo‘shiqlari bolalar ijodiyotida so‘nmas iz qoldirib ularning badiiy tarbiyasi va didini o‘stirishga yordam beradi. Qo‘shiqni tarbiyachi ifodali qilib ijro yetib beradi. Qo‘shiq kuylashga o‘rgatishning metodlari va yo‘llari Musiqa rahbari bolalarga qo‘shiqni o‘rgatishdan oldin qo‘shiqni tanishtirishi, kompozitori haqida, asarning matni, mazmuni haqida gapirib berishi kerak, bir so‘z bilan aytganda bolalarda bu qo‘shiqni o‘rganish uchun qiziqishlarini uyg’otishdir. Fan, adabiyot, san’at sohasida Yevropa klassik musiqasining buyuk namoyondalari Bax, Betxoven, Bize, Motsart, Verdi, Shopen, rus kompazitorlari Glinka, Borodin, Balakirov, Rimskiy-Korsakov, Chaykovskiy, Prokofev, Shostakovich, o‘zbek bastakor va kompozitorlari M.Ashrafiy, T.Sodiqov, Y.Rajabiy, T.Jalilov, M.Burhonov, S.Jalil va ko‘plab xalq hofizlari va sozandalarning hayotida ular tug‘ilib o‘sgan oilani ta’siri juda katta bo‘lgan. Hozirgi kunda musiqa rahbarlari oldidagi yeng muhim vazifalardan biri musiqiy tarbiya va musiqiy madaniyatni oilaviy hamkorlikda tashkil yetishdir. Bu boradagi faoliyatni maqsadli yo‘lga qo‘yish, samarali ish shakl va usullaridan foydalanish bolalarni yuqorida ta’kidlanganidek madaniyat va san’atning muayyan sohalariga izchil bog‘lanib qolishlari, kelajakda yetuk xonanda, sozanda, bastakor-kompozitor bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi. Musiqa rahbarlariga bu borada quyidagi tavsiyalarimizni bildirishni lozim deb topdik: musiqa rahbarlari har bir bolaning oilasi bilan yaqindan tanishishi, doimiy aloqani yo‘lga qo‘yishi; bolalarni musiqa san’atining muayyan turlariga qiziqishi, qobiliyatiga qarab, ularni ota- onalarini bu haqda xabardor qilish, maktabda va oilada mustaqil qo‘shimcha shug‘ullanishlari uchun shart-sharoit yaratishi; musiqa mashg‘ulotlariga, to‘garaklar, ijodiy markazlarga qatnashishlarini ota-onasi tomonidan ham nazorat qilib borilishiga e’tibor qaratish; bolalar ishtirok yetadigan turli madaniy-ommaviy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, konsertlarga ularni ota-onalarini taklif qilish; ota-onalar uchun maxsus ma’ro‘za konsertlar, madaniyat, san’at vakillari bilan uchrashuvlar tashkil yetish; bolalarga individual topshiriqlar berish, mustaqil shug‘ullanishlari va topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan ota-onalar fikrlarini so‘rab turish. Download 32.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling