Mavzu: Maktabgacha ta’limda moliyalashtirish bilan bogʻliq muammolar Tezis Asosiy qism


Download 14.07 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi14.07 Kb.
#1111506
Bog'liq
Yusupova Qunduz Tezis


Mavzu: Maktabgacha ta’limda moliyalashtirish bilan bogʻliq muammolar
Tezis
Asosiy qism
Maktabgacha ta’limning nodavlat sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiya va kompensasiyalar samarali va maqsadli ishlatilmayapti. Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi byudjetdan subsidiyalar ajratilishida 7,4 mlrd so‘m miqdoridagi kamchiliklar aniqlandi. Mazkur jarayonlar to‘liq raqamlashtirilmaganligi sababli vujudga kelgan. Hozirda bu muammoning yechimi sifatida 1 sentyabrdan boshlab butun respublika bo‘ylab axborot tizimi ishga tushiriladi va bunday holatlarning keskin kamayishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kundagi tizimdagi eng dolzarb muammolardan biri bu-tizim xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni oshirish uchun olib borilayotgan ishlar ekanligi hamda matbuot anjumani davomida o‘tgan yillar davomida olib borilgan ijobiy o‘zgarishlar haqida ham anjuman davomida aytib o‘tildi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida o‘tgan davrda xodimlarning mehnatiga haq to‘lashni yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan,
2018 yil yanvar holatiga tarbiyachining oylik ish haqi uning ma’lumoti va malaka toifasiga mos ravishda o‘rta maxsus bo‘lganda – 617 171 so‘m, oliy ma’lumotli bo‘lganda – 668 356 so‘m, ikkinchi malaka toifali bo‘lganda – 722 815 so‘m, birinchi malaka toifali bo‘lganda – 779 554 so‘m va oliy malaka toifali bo‘lganda 838 649 so‘mni tashkil etganligi;
Ijobiy natijalar
-2022 yilning birinchi yarmida Maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan jami 5 ta normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
-Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari hamda sohalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan majlislar bayonlarida yuklatilgan jami 412 ta topshiriqdan 362 tasi bajarildi, 50 tasi belgilangan muddatda bajarish choralari ko‘rilmoqda.
-Qabul qilingan hujjatlarga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 28 012 taga yetkazildi. 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ko‘rsatkich 69,4 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi.
Xulosa
Umid qilamizki, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar amalda o‘z ifodasini topib, farzandlarimiz - sifatli maktabgacha ta'lim, pedagoglar esa - munosib ish haqi va imtiyozlar bilan ta'minlanishadi. Toki har bir bola bog‘chaga borgisi kelmay ko‘z yosh to‘kmasin, yaxshi pedagoglar esa o‘z kasbini tashlamasin!
Download 14.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling