Mavzu: Maktabgacha ta'limda ota onalar bilan ishlash va ota onalar yiģilishini tashkil etish Maqsad
Download 13.62 Kb.
|
Safarova shahlo1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`zlar
- Foydalanadigan adabiyotlar.
Mavzu:Maktabgacha ta'limda ota onalar bilan ishlash va ota onalar yiģilishini tashkil etish Maqsad: Tinglovchilarda bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashda ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishlarning ahamiyati, yo`l-yo`riqlari bo`yicha tushuncha hosil qilish. Tayanch so`zlar: MTM, oila, ota-ona shartnoma, bog`liqlik, yig`ilish, anketa savollari, ota-onalar o`quvi. Kutiladigan natija:Tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarni takomillashtirishlariga erishish. Reja: Farzand tarbiyasida ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish. Ota-onalar bilan ishlash usullari. Ota-onalar o`quvini tashkil qilish. Jihoz:Rangli qalamlar, flamasterlar, rangli qog`ozlar, plakatlar, 3 xil rangdagi gullar. Dars usuli: Tinglovchilar 3 xildagi gullarni tanlashlariga qarab 3 guruhga ajratiladi. Qizil, ko`k, yashil. Har qaysi guruh ota-onalar bilan ishlash usullarini ifodalovchi loyiha tuzadi. Unda maslahat, anketa savollari tavsiya ko`rinishlarini aks ettiradi guruh sardorlari tushuntirib himoya qiladilar. Oxirida o`qituvchi baholaydi, rag`batlantiradi, to`ldiradi, xulosalaydi. Foydalanadigan adabiyotlar. 1."Ilk qadam" Davlat uquv dasturi 2.“Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari. Barkamol inson tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-ona mas`uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish bugunning eng dolzarb masalasidir. O`zbek milliy qadriyatlari, milliy madaniyati, bola tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bo`yicha yaxlit tarbiya tizimi ham oila, ham maktabgacha ta`lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Bola tarbiyasida bu ikki yo`nalish biri ikkinchisining o`rnini bosa olmaydi, balki biri ikkinchisini to`ldiradi. Sog`lom muhitda sog`lom bola o`sib ulg`aydi. Sog`lom muhitni yaratish oilada oila a`zolarining maktabgacha ta`lim muassasalarida pedagogik xodimlarning nechog`lik bilimdonligiga, zukkoligiga bog`liqdir. Ko`p xollarda bir xil yoshdagi bolalarning taraqqiyotida notekislikni ko`rish mumkin. Masalan: bir yoshli bolalarning ba`zilari 10 taga yaqin so`zni ayta oladi. Mustaqil yura oladi. Ayni shu yoshdagi ayrim bolalarning esa mustaqil yura olmasligining, zo`rg`a 1-2 ta so`zni ayta olishining guvoxi bo`lamiz. Shuningdek, maktabga boruvchi bolalar jismonan baquvvat, sog`lom, fikri teran, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to`g`risida oddiy mushohada qiladigan. “Yazshi” bilan “Yomon”ni, “Gunoh” bilan “Savob”ni ajrata oladigan bo`ladi. Aynan shu yoshdagi ba`zi bolalarda esa bunga teskari bo`lgan xususiyatlarni uchratish mumkin. Bunday notekislikka asosiy sabab kattalarning e`tiborsizligi yoki bola tarbiyasi bo`yicha yetarli bilimga ega bo`lmasligidir. Bolani jismonan. Ma`nan, ruhan yetuk inson qilib tarbiyalashda oila va bog`chaning hamkorligi muhim ahamiyati kasb etadi. Shuning uchun xar bir oiladagi pedagogik madaniyatni takomillashtirish zarur. Bog`cha murabbiylari tarbiya borasida ota-onalarga ota-onalarga ham ta`sir o`tkaza olishlari, oila pedagogikasining nozik jihatlarini chuqur bilishlari kerak. Har bir guruh xonalarida ota-onalar sizlar uchun burchak tashkil qilinib, doimiy ravishda har bir oyda guruh bolalari taraqqiyotidagi o`zgarishlar aniq tahlil qilib ko`rsatilishi va shu asosda ota-onalar uchun tegishli maslahatlar, tavsiyalar berish maqsadga muvofiqdir. Ayrim bolalarning ota-onalari bilan alohida suhbatlar o`tkazib, tegishli yo`l-y`oriqlar beriladi. Masalan: nutqida, jismoniy o`sishida, xulqida kamchiligi bo`lgan bolalarni faqat tarbiyachining harakati bilan bartaraf qilish qiyin. Bolaning oiladagi faoliyati ham, bog`chadagi faoliyati ham yagona maqsadga bo`ysundirilgan bo`lishi kerak. Tarbiyachi tomonidan yuqoridagi jadvallar asosida ota-onalar burchagida qo`yiladi. Har qaysi bolaning kamchiligi xisobga olinib, ota-onaga alohida bartaraf qilish yo`l-yo`riqlari beriladi. Ilk matematik tushunchalar, ruhiy rivojlanishi, tabiat haqidagi tushunchalar, tasvirlash faoliyati bo`yicha ilk ko`nikma va malakalar, badiiy adabiyot, xulq-atvori boyicha ko`rsatkichlari ham xuddi shu tartibda tahlil qilinib tegishli maslahat beriladi. Bolalar bog`chasida o`tkaziladigan ota-onalar yig`ilishlarini eski tartibda faqat ma`ruzalar o`qish usulidan voz kechgan xolda chaynvord yechish, jumboqli masalalar yechish, anketa savollarga javob olish, ishchanlik o`yinlari o`tkazish kabi noan`naviy uslublardan foydalanish ota0onalarning bevosita bola tarbiyachi bo`yicha pedagogik bilimlarga ega bo`lish istak xoxishini paydo qiladi. Har bir guruh xonasining ota-onalar burchagida quyidagi maslahatlarning ko’rsatilishi ham ular uchun katta yordan bo’ladi. - Farzandingiz oldidagi har tomonlama namuna bo’ling. - Bola bilan g’amxorlik, ruhlantiruvchi, tinchlantiruvchi ohangda gaplashing. - Bola siz bilan gaplashayotganida uni diqqat bilan eshiting. - Bola bilan muloqatda bo’lganda tevarak-atrofdagi narsalarning nomini ko’proq ishlating. - Sekin gaplashing. - Sizlarning izohlaringiz juda ham sodda,tushinarli bo’lmog’i lozim . - Sabr –toqatli bo’ling. - Dastaval boladan “nima?” keyinchalik “nima uchun?” savollariga javob olishga harakat qiling. - Bolaning savol berishga intilishini rag’batlantiring. - Bolaga aniq va qattiq talablar qo’ying. - Farzandingizni qiziquvchanligini va tasavvurini rag’batlantiruvini rag’batlantiring. - Oilada farzand uchun alohida xona yoki burchak tashkil qiling. - Sog’lomlashtirish jihozlari, urli xil o’yinchoqlar, bola yoshiga mos qo`shiq, she`r,ertak yozilgan plastinkalar,kitobchalar,rasm chizish anjomlarining yetarli bo’lishini ta`minlang. - Har doim farzandingizga nima “yomon” , nima “yaxshi”, nima “gunoh”,nima “savob” ekanligini singdirib boring./sharqona odatlar./ - Tarbiyada qiz bolaga alohida,o’g’il bolaga alohida yondoshing. - O’g’lingiz haqiqiy “alpomish” avlodlarini eslatuvchi, tog’ni talqon qilguvchi polvon, dovyurak, jismonan baquvvat bo’lib yetishsin . - Qizingizda o’ziga xos ibo,xayo,iffat,andisha kabi ma`naviy fazilatlar ufurib tursin. Shu tariqa maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari va ota-onalar hamkorlikda uzluksiz ta`limning bosh bug’ini hisoblangan maktabgacha ta`lim tizimining vazifalarini amalga oshiradi. Bugungi kunda bolalar bog’chasiga bortilmagan bolalarni maktabga tayyorlash kechiktirib bo’lmaydigan masaladir.Buning uchun maktabgacha ta`lim muassasalari qoshida “onalar o`quvi”ni tashkil qilish maqsadga muofiqdir.Buning uchun alohida xona jihozlanadi. - “Ta`lim to’g’risida”gi qonunning 11,30-moddalari maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari ota-onalar o’quvi rejasi,ota-onalar ro’yhati, o’quv muddati ko’rsatilgan jadval, bolalarni rivojlantiruvchi o’yinlar, maslahatlar yozib ko’rsatiladi. - Uslubiy adabiyotlar, o’yinchoqlar, didaktik materiallar bilan to’ldiriladi. - Mashg’ulotlar, ma`ruzalar bolalar bog’chasi hodimlari tomonidan o’tiladi,muddati ota-onalar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ota-onalar yig`ilishida quyidagi mazmunda anketa savollarga javob olish ham ota-onalarni bola tarbiyasi bilan shug`ullanishga undaydi. 1. Familiyangiz, ismingiz, otangizning nomi, tug`ilgan yilingiz, ma`lumotingiz va manzilingiz. 2. Nechta farzandingiz bor? Bu guruhdagi farzandingiz nechanchisi? Ismi va sharifi. 3. Oilangizda farzandlaringiz uchun qanday sharoitlar mavjud. (tagiga chizing), mahsus xona, burchak, o`yinchoqlar, rasm chizish uchun anjomlar, plastinkalar, rasmli kitobchalar, sport anjomlari, yassi oyoqlikka qarshi massaj qiluvchi anjomlar. 4. Bir kunda necha soat bola tarbiyasi bilan shug`ullanasiz? 5. Farzand tarbiyasida qiynalmayapsizmi? Xa yoki yoq. (tagiga chizing). 6. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti? (tagiga chizing) tarbiyaga oid bilimlarning yetishmasligi, davlat ishi bilan band bo`lishlik, bog`cha bilan oila o`rtasida hamkorlikning yo`ligi. 7. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko`proq shug`ullanadi, bobosi, buvisi, onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar. (tagiga chizing) 8. Siz ko`proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha olmaysiz? 9. Farzandingiz ko`proq nimaga qiziqadi? 10. Farzandingizning kelajakda kim bo`lishini xoxlaysiz? 11. Farzandingizning qiziqishshini, mustaqil harakat qilishini, fikr yuritishni rag`batlantirasizmi? (tagiga chizing) ha yoki yo’q. 12. Bolangiz nima sababdan u yoki bu nourin xatolarga yo’l qo’yishi hollariga e`tibor berasizmi? Ha yoki yo`q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi?/tagiga chizing/. 13. Oilangizda o`zaro munosabatni qanday baholaysiz? Juda ham yaxshi, unchalik xam yaxshi, unchalik yaxshi emas, yomon, juda ham yomon./tagiga chizing/. 14. Farzandingiz to`g`risida boshqalardan ma`lumot olishga qiziqasizmi? Ha yoki yo`q. Kimlardan olasiz?Qo`shnilardan,qarindosh-urug`lardan, tarbiyachidan, /tagiga chizing/. 15. Tarbiyaga oid adabiyotlarni, ro’znoma va oynomalarni muntazam o’qib borasizmi?/tagiga chizing/. Tarbiya haqidagi qanday ro`znoma va oynomalarga obuna bo`lgansiz? 16.Tarbiyaga oid oynai jahon ko`rsatuvlarini tomosha qilasizmi? Ha yoki yo`q./tagiga chizing/. 17. Farzandingizga ertak, maqol,she`r,hikoyat,rivoyatlar aytib berasizmi? Ha yoki yo`q./tagiga chizing./ 18.Bir oyda necha marta farzandingizning bog’chadagi faoliyatini kuzatgansiz 19. Bola tarbiyasi bo’yicha qilayotgan ishlaringizni qanday baholaysiz? Namunali,qoniqarsiz./tagiga chizing./ 20. Farzandingizga milliy qadriyatlarni singdiryapsizmi?Ha yoki Yo`q.”yaxshi” bilan “yomon”ni, “gunoh” bilan “savob” ni ajrata oladimi? /tagiga chizing TEST. 1.Quyidagi qaysi javobda “Ota-onalar sizlar uchun “ burchagida bo`loshi lozim bo`lgan hujjatlar to’g’ri ko`rsatilgan. A. Mashg`ulotlar jadvali. B. Maslahat, mashg`ulotlar jadvali, taomnoma. S. Tavsiya, bolalarning o`zlashtirish darajasi, maslahat, mashg`ulotlar jadvali, egallashi lozim bo’lgan bilim, ko;nikma va malakalar, taomnoma. D. Taomnoma, maslahat, tavsiya. E. To’g’ri javob yo’q. 2. Guruh ota-onalar yig’ilishini qanday ko’rinishda o’tkazish maqsadga muofiq. A. Ma`ruza o`qish B. Trening o`tkazish, krasvord yechish, anketa savollarini to`ldirish. S. Krasvord yechish D. Anketa savollarini to`ldirish. 3. O’zlashtirish darajasini aniqlashda agar bolangiz 19 ball to’plagan bo’lsa, uning o`zlashtirish foizi qancha bo’ladi? A. 58% S. 42 % B. 38 % D. 50 % 4. Oila sharoitida bolalarni maktabga tayyorlash qanday dastur asosida amalga oshiriladi. A. Qisqartirilgan, ixchamlashtirilgan alohida dastur asosida. B. Oila sharoitida ham, MTM da ham yagona dastur asosida. S. Hech qanday dasturga amal qilmagan holda. D. Oilada bolani maktabga tayyorlash shart emas. 5. Sog`lom avlod bo’lishi nimalarga bog’liq A. Ota-ona sog’lom bo’lishiga B. Bola tarbiyasiga yetarlicha e`tibor berilishiga. S. Oilada sog’lom turmush tarzini shakllantirishga. D. Oila,bog’cha, barcha o`quv muassasalari, mahalla va jamoat joylarida sog`lom turmush tarzini shakllantirishga. Download 13.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling