Mavzu: maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruhiyatini psixologik tekshirish


Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqni tushunish


Download 31.15 Kb.
bet4/5
Sana26.02.2023
Hajmi31.15 Kb.
#1233262
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR RUHIYATINI PSIXOLOGIK TEKSHIRISH

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqni tushunish
xususiyatini tekshirish
Nutqni tushunishni maxsus tekshirish suxbat vaqtida olingan dastlabki ma'lumotlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Tekshirish texnikasi: eng oddiy usul bola oldidagi yoki rasmda tasvirlangan predmetlarni ko'rsatishni boladan so'rashdir.
Ma'lum bo'lgan usullardan yana biri bola tomonidan bir necha so'z ko'rsatmasini bajarilishidir.

  1. Sodda ko'rsatmalarni tushunish. Bolaga "Daftarni ol", "Qalamni qo'y" kabi oddiy ko'rsatmalarni bajarish taklif qilinadi. Ko'rsatmaga mos harakat qilish uning tushunganligidan dalolat beradi.

  2. Murakkab ko'rsatmalarni tushunish. Bolaga ketma-ketlikda quyidagi murakkab ko'rsatmalarni bajarish taklif qilinadi: "Eshikni yop va chiroqni yoq", "Daftarni partaga qo'y va qalamni ol".

  3. "Ustida", "ichida", "yonida", "orqasida", "tagida" kabi ko'makchi so'zlarni tushunish. Bolaga ushbu so'zlar yordamida ko'rsatma berib ishni bajarish taklif etiladi.

  4. Gaplardagi murakkab bog'lanishlarni tushunish. buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • Qaysi jumla to'g'ri, aniqla: bahor yozdan avval keladimi yoki yoz bahorla oldin keladimi?

  • Tingla va savolga javob ber: Bolalar itning ketidan yuguryapti. Kim olin yuguryapti?

  1. Bog'langan matnni tushunish. Bunda bolaga kichik hikoyani eshitish va savollarga javob berish taklif qilinadi.

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirishda o'tkazilgan metodikalar natijalari quyidagi me'zonlar bilan baxolandi:



XULOSA
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish - juda jiddiy ilmiy-metodik muammo bolib, ushbu muammmoga psixologik- pedagogik adabiyotlarda katta ahamiyat berilgan. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga qaratilgan tadqiqotchilarning ishlarini tahlili ham muammoning muhim ahamiyatga ega ekanligini korsatdi.
Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishini tadqiqoti bilan shugullangan barcha tadqiqotchilar aqli zaiflarda intellekti birlamchi saqlanib qolgan tengdoshlariga qaraganda juda kop nutqiy kamchiliklar tarqalganligini korsatadilar va ularni korreksiyalash va bartaraf etishning samarali yollari, voistalaridan biri didaktik oyinlar ekanligi takidlaganlar. Oyinda, ayniqsa, didaktik oyin orqali bolalar yangi bilimlar, tushunchalar, konikma va malakalarni egallab oladilar, nutqi shakllanadi va rivojlanadi. Bularning barchasi biz tomonimizdan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqni rivojlantirish jarayonida didaktik oyinlardan foydalanish yollarini tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Biz tomondan ishlab chiqilgan didaktik oyin texnologiyalari guruh defektologiningNutq ostirish”, “Logoritmikamashgulotlari hamda maxsus guruh tarbiyachisining korreksion-rivojlantiruvchi mashgulotlari davomida tizimli tarzda qollanildi. Nutq kamchiliklarni korreksiyalash, nutq rivojlanishini yuqoriroq darajaga kotarish maqsadida guruhchali va yakka (individual) mashgulotlar otkazilib, mashgulotlar davomida tanlangan maxsus didaktik oyin texnologiyalari qollandi. Bundan tashqari mazkur didaktik oyin texnologiyalari tarbiyalanuvchilarning ota- onalariga taqdim etilib, bolalarning bosh vaqtida bajarilishi taklif etildi.
Tadqiqotimizning takidlovchi bosqichini amalga oshirish natijasida maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda bir qator nutq kamchiliklari kozga tashlandi. Takidlovchi tadqiqot natijalarini tahlil etish asosida aqli zaif bolalarni nutqini shakllanishi orqada qolishi bilan birga nutqga ehtiyoj tugdiruvchi omillarni ham shakllanmaganligi kozga tashlandi. Takidlovchi tadqiqot natijalarini tahlil etish asosida aqli zaif bolalarni nutqini shakllanishi orqada qolishi bilan birga nutqqa ehtiyoj tugdiruvchi omillarni ham shakllanmaganligi kozga tashlandi. Bolalarda oyin davomida diqqatsizliklari, xotira va kuzatuvchanlikni sust rivojlangani, sabab-oqibat munosabatlarni tushunishni qopol buzilganligi kuzatildi. Bularning barchasi bizga maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini didaktik oyinlar asosida rivojlantirishga qaratilgan korreksion -rivojlantiruvchi ishlar mazmunini ishlab chiqish zarurligini korsatdi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili hamda takidlovchi tadqiqot natijalari asosida aqli zaif bolalar nutqini rivojlantiruvchi didaktik oyin texnologiyalarini ishlab chiqish imkonini berdi. Otkazilgan nazorat eksperimental tadqiqot asosida tarbiyalanuvchilarni boglangan nutqi, mantiqiy tafakkuri, tasavvur, tafakkur operatsiyalarini, ixtiyoriy diqqatini rivojlanish darajasi sezilarli darajada rivojlangani kuzatildi. Bolalar topshiriqlarni bajarishda diqqatlarini jamlay olish, korsatmalarni tinglash va tushunish, yonaltiruvchi savollardan foydalanish, oz fikrini bildira olish, savollarga yoyiq javoblar berish konikmalari nisbatan ijobiy tarzda ozgarganligi kuzatildi. Aksariyat bolalar topshiriqlarni kattalarning minimal yordami bilan bajara olib, namuna bilan ishlash, taqqoslash, analiz-sintez jarayonlarini sifat jihatdan ozgarganligi kozga tashlandi. Nazorat eksperimental tadqiqot asosida, intellektual kamchiliklarga ega maktabgacha yoshdagi bolalar xilma-xil natijalarni namoyish etib, dastlabki va takroriy takidlovchi tadqiqotlarni taqqoslash asosda umumiy ijobiy osish tendensiyasi aniqlandi. Tekshiriluvchilar orasida topshiriqni bajarishdan bosh tortgan, topshiriqni umuman bajara olmagan, topshiriqni bajarish davomidagi hissiy-irodaviy soha, tormozlanish-qozgalish jarayonlari, tafakkur operatsiyalarining kamchiliklar bilan bogliq qiyinchiliklarga duch kelgan tarbiyalanuvchilar soni qisqardi. Tadqiqotda qollanilgan didaktik oyin texnologiyalaridan aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirishda samara berdi va ulardan mashgulotlar jarayonida foydalanish mumkin ekanligi tasdiqlandi. Biz tomonimizdan maktabgacha yoshdagi aqli zaif
bolalarni nutqini rivojlantirishda didaktik oyin texnologiyalaridan foydalanilsa, bu toifadagi bolalarning nutq faoliyatini rivojlanish jarayoni ancha samarali kechadi degan faraz isbotlandi.



Download 31.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling