Mavzu: maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar ruhiyatini psixologik tekshirish
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqni tushunish
Download 31.15 Kb.
|
MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALAR RUHIYATINI PSIXOLOGIK TEKSHIRISH
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqni tushunish
xususiyatini tekshirish Nutqni tushunishni maxsus tekshirish suxbat vaqtida olingan dastlabki ma'lumotlarni aniqlashga xizmat qiladi. Tekshirish texnikasi: eng oddiy usul bola oldidagi yoki rasmda tasvirlangan predmetlarni ko'rsatishni boladan so'rashdir. Ma'lum bo'lgan usullardan yana biri bola tomonidan bir necha so'z ko'rsatmasini bajarilishidir. Sodda ko'rsatmalarni tushunish. Bolaga "Daftarni ol", "Qalamni qo'y" kabi oddiy ko'rsatmalarni bajarish taklif qilinadi. Ko'rsatmaga mos harakat qilish uning tushunganligidan dalolat beradi. Murakkab ko'rsatmalarni tushunish. Bolaga ketma-ketlikda quyidagi murakkab ko'rsatmalarni bajarish taklif qilinadi: "Eshikni yop va chiroqni yoq", "Daftarni partaga qo'y va qalamni ol". "Ustida", "ichida", "yonida", "orqasida", "tagida" kabi ko'makchi so'zlarni tushunish. Bolaga ushbu so'zlar yordamida ko'rsatma berib ishni bajarish taklif etiladi. Gaplardagi murakkab bog'lanishlarni tushunish. buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: Qaysi jumla to'g'ri, aniqla: bahor yozdan avval keladimi yoki yoz bahorla oldin keladimi? Tingla va savolga javob ber: Bolalar itning ketidan yuguryapti. Kim olin yuguryapti? Bog'langan matnni tushunish. Bunda bolaga kichik hikoyani eshitish va savollarga javob berish taklif qilinadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirishda o'tkazilgan metodikalar natijalari quyidagi me'zonlar bilan baxolandi: Topshiriqni mustaqil bajardi Topshiriqni yordam bilan bajardi Topshiriqni qisman bajardi Topshiriqni bajara olmadi XULOSA Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish - juda jiddiy ilmiy-metodik muammo bo‘lib, ushbu muammmoga psixologik- pedagogik adabiyotlarda katta ahamiyat berilgan. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirish muammosiga qaratilgan tadqiqotchilarning ishlarini tahlili ham muammoning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishini tadqiqoti bilan shug‘ullangan barcha tadqiqotchilar aqli zaiflarda intellekti birlamchi saqlanib qolgan tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutqiy kamchiliklar tarqalganligini ko‘rsatadilar va ularni korreksiyalash va bartaraf etishning samarali yo‘llari, voistalaridan biri didaktik o‘yinlar ekanligi ta’kidlaganlar. O‘yinda, ayniqsa, didaktik o‘yin orqali bolalar yangi bilimlar, tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni egallab oladilar, nutqi shakllanadi va rivojlanadi. Bularning barchasi biz tomonimizdan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda nutqni rivojlantirish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish yo‘llarini tadqiq etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Biz tomondan ishlab chiqilgan didaktik o‘yin texnologiyalari guruh defektologining “Nutq o‘stirish”, “Logoritmika” mashg‘ulotlari hamda maxsus guruh tarbiyachisining korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlari davomida tizimli tarzda qo‘llanildi. Nutq kamchiliklarni korreksiyalash, nutq rivojlanishini yuqoriroq darajaga ko‘tarish maqsadida guruhchali va yakka (individual) mashg‘ulotlar o‘tkazilib, mashg‘ulotlar davomida tanlangan maxsus didaktik o‘yin texnologiyalari qo‘llandi. Bundan tashqari mazkur didaktik o‘yin texnologiyalari tarbiyalanuvchilarning ota- onalariga taqdim etilib, bolalarning bo‘sh vaqtida bajarilishi taklif etildi. Tadqiqotimizning ta’kidlovchi bosqichini amalga oshirish natijasida maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda bir qator nutq kamchiliklari ko‘zga tashlandi. Ta’kidlovchi tadqiqot natijalarini tahlil etish asosida aqli zaif bolalarni nutqini shakllanishi orqada qolishi bilan birga nutqga ehtiyoj tug‘diruvchi omillarni ham shakllanmaganligi ko‘zga tashlandi. Ta’kidlovchi tadqiqot natijalarini tahlil etish asosida aqli zaif bolalarni nutqini shakllanishi orqada qolishi bilan birga nutqqa ehtiyoj tug‘diruvchi omillarni ham shakllanmaganligi ko‘zga tashlandi. Bolalarda o‘yin davomida diqqatsizliklari, xotira va kuzatuvchanlikni sust rivojlangani, sabab-oqibat munosabatlarni tushunishni qo‘pol buzilganligi kuzatildi. Bularning barchasi bizga maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini didaktik o‘yinlar asosida rivojlantirishga qaratilgan korreksion -rivojlantiruvchi ishlar mazmunini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili hamda ta’kidlovchi tadqiqot natijalari asosida aqli zaif bolalar nutqini rivojlantiruvchi didaktik o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqish imkonini berdi. O‘tkazilgan nazorat eksperimental tadqiqot asosida tarbiyalanuvchilarni bog‘langan nutqi, mantiqiy tafakkuri, tasavvur, tafakkur operatsiyalarini, ixtiyoriy diqqatini rivojlanish darajasi sezilarli darajada rivojlangani kuzatildi. Bolalar topshiriqlarni bajarishda diqqatlarini jamlay olish, ko‘rsatmalarni tinglash va tushunish, yo‘naltiruvchi savollardan foydalanish, o‘z fikrini bildira olish, savollarga yoyiq javoblar berish ko‘nikmalari nisbatan ijobiy tarzda o‘zgarganligi kuzatildi. Aksariyat bolalar topshiriqlarni kattalarning minimal yordami bilan bajara olib, namuna bilan ishlash, taqqoslash, analiz-sintez jarayonlarini sifat jihatdan o‘zgarganligi ko‘zga tashlandi. Nazorat eksperimental tadqiqot asosida, intellektual kamchiliklarga ega maktabgacha yoshdagi bolalar xilma-xil natijalarni namoyish etib, dastlabki va takroriy ta’kidlovchi tadqiqotlarni taqqoslash asosda umumiy ijobiy o‘sish tendensiyasi aniqlandi. Tekshiriluvchilar orasida topshiriqni bajarishdan bosh tortgan, topshiriqni umuman bajara olmagan, topshiriqni bajarish davomidagi hissiy-irodaviy soha, tormozlanish-qo‘zg‘alish jarayonlari, tafakkur operatsiyalarining kamchiliklar bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan tarbiyalanuvchilar soni qisqardi. Tadqiqotda qo‘llanilgan didaktik o‘yin texnologiyalaridan aqli zaif bolalarning nutqini rivojlantirishda samara berdi va ulardan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin ekanligi tasdiqlandi. Biz tomonimizdan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni nutqini rivojlantirishda didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanilsa, bu toifadagi bolalarning nutq faoliyatini rivojlanish jarayoni ancha samarali kechadi degan faraz isbotlandi. Download 31.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling