Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish metodologiyasiga oid tadqiqotlar tahlili


Download 57.5 Kb.
bet1/2
Sana07.11.2023
Hajmi57.5 Kb.
#1753619
  1   2
Bog'liq
Tuychiyeva Irodaxon


Til va muloqot fanidan
1-mustaqil ish yo‘riqnomasi
Tuychiyeva Irodaxon
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish metodologiyasiga oid tadqiqotlar tahlili (Esse yozish va taqdimot tayyorlash)
Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. Uch-besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga, kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi.
Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: ba’zi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig‘lab yuboruvchi bo‘lib qoladilar; boshqalari esa – negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi. Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo, birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi.
Bola tengdoshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va tengdoshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlarining hadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi. Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bolalar jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o‘z tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rnini anglay boshlaydi.
Kommunikativ qo‘nikma rivojlanadi:bola salomlashadi va xayrlashadi, do‘stini ismini aytib chaqiradi, to‘rt-besh yoshlarga kelib – sherigini u o‘ynayotgan rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g‘ildirakning tagiga tushib ketdi»).
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: Nutqni «rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish jarayonidir, zero, u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir»8 . XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, nutq ontogenezi olimlarni qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy9 bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan tafakkurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan chuqur anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning10 madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leontevning11 faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan. Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalarning nutq namunalarini sust ravishda qabul qilib olmaydi, balki u nutqni umuminsoniy tajribaning bir qismi sifatida faol o‘zlashtiradi.
Bola ulgʻayar ekan, unda soʻzlashishga ehtiyoj paydo boʻla boshlaydi, - deydi Farahnoz Begmurodova. - Dastlab atrofdagilarini taniydi, eshitgan soʻz va jumlalarini asta-sekinlik bilan oʻzlashtiradi. Tilga kirgach esa uning soʻz boyligi jadal oʻsadi. Oddiy soʻzlar, keyinchalik sodda gaplardan va toʻliq, yoyiq gaplardan foydalanadi. Dialogik nutq oilada, ota-ona, aka-opalar davrasida vujudga keladi. Oʻziga kerakli narsani soʻrash uchun harakat qiladi, muloqotga kirishadi. Maktabgcha yoshdagi bolalarning nutqini o‘stirishda oldindan tayyorlangan mavzularda suhbatlar, teatrlashtirish usullari, sahnalashtirish o‘yinlari, savol-javoblar juda foyda beradi.
Ta’kidlash joizki, bola uchun katta yoshli odam savollarga javob topishning yagona vositasi, qiziqarli taassurotlar manbai hisoblanadi. Bola kattalar bilan dialogga kirishishga, narsalar va oʻyinchoqlarga egalik qilishga intilarkan, u ushbu maqsadlarga erishish uchun soʻzdan foydalanishga ehtiyoj sezadi, bа’zida oʻzi tashabbus koʻrsatib, fikr bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishish jarayonida bolaning bir soʻzli fikrlarini grammatik jihatdan toʻliq shakllantirilgan soʻzlarga aylantirish orqali uning kamchiliklarini tuzatadi. Bola o‘rganganlarini faol oʻzlashtiradi va undan oʻz nutqida foydalanadi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda uning ota-onasi, aka-opalari va tarbiyachilarining hissasi katta. O‘z davrining ilmiy yutuqlari doirasida Ye.I.Tixeyeva quyidagilarni ishlab chiqqan:
• bolalarni maktabda ta’lim olishga tayyorlovchi uyushtirilgan dasturiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi;
• maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini, fikrlashini rivojlantirish;
• original didaktik material tizimi va undan maktabgacha ta’lim muassasasida foydalanish metodikasi. Sinchiklab ishlab chiqilgan nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha tarbiya nazariyasi va amaliyotiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘lib, u bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ye.I.Tixeyeva tomonidan yaratilgan «Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» nomli kitobi bosilib chiqdi, mazkur asar maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ona tilini o‘qitishga doir ishlarni tashkil qilish jarayonida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. «Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» kitobida bayon etilgan amaliy tavsiyalar ta’lim muassasalarida hozirgi kungacha qo‘llanib kelinmoqda. Yevgeniya Aleksandrovna Flerina (1889–1952) maktabgacha tarbiya sohasidagi birinchi pedagogika fanlari doktori bo‘lib, u nutqni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan. Ye.A.Flerina umumiy estetik tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida badiiy o‘qish muammolari bilan shug‘ullangan. Bolalar bilan ishlash va o‘qituvchilik borasidagi o‘z tajribalarini Ye.A.Flerina «Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z» nomli maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi bilim yurtlari va institutlar uchun 20 birinchi o‘quv qo‘llanmasida aks ettirgan.
D.R.Babayevaning tadqiqotlarida bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiypedagogik shart-sharoitlari, nazariy, tashkiliy-pedagogik va metodik tomonlari, bolalar nutqini rivojlantirishda oilaning urni, mazkur muammoni ta’lim jarayonida rejalashtirish va tashkil etish, tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida bolalar nutqini ustirish usullari, bolalarning tevarak-atrofni bilish jarayoni bilan bogliq nutqni rivojlantirish texnologiyasi kabi masalalar tadkik etilgan. Insoniyat taraqqiyoti tadrijida til, nutq va tafakkurning axamiyati katta. Shu urinda ushbu tushunchalarning lingvistik taxliliga bir oz tuxtalib utishni maksadga muvofik deb xisoblaymiz. Til ong va tafakkur bilan chambarchas bogliq. Bu ikki tushuncha bir-birini takazo etadi va biri ikkinchisisiz mavjud bula olmaydi. Tafakkur jarayoni ongimizda til elementlari kurinishida kechadi.
Umuman, bolalar nutqini rivojlantirish masalasi keng qamrovli va kup omilli pedagogik muammo sifatida ilmiy jamoatchilikning e’tiborini kupdan beri jalb kilib kelmokda. Ularda muammo turli xil aspektlarda tadkik kilingan. Ayniksa, bu borada rus pedagog olimlarining xizmati katta bulib, maxalliy tadqiqotchilar tomonidan xali amalga oshirilishi lozim bulgan tadqiqotlar talaygina. Shubxasiz, bolalar nutqini rivojlantirish maslalasini turli rakurslar orqali tadkik kilinishi uzining nafaqat ilmiy, balki amaliy axamiyatiga xam ega.



Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling