Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish usul va metodlari


Download 35.02 Kb.
bet1/9
Sana26.03.2023
Hajmi35.02 Kb.
#1298135
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish usul va metodlari


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish usul va metodlari
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
I Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi va aqliy tarbiya vazifalari

    1. Aqliy tarbiya haqida tushuncha.

1.2 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.
1.3 Aqliy tarbiya vazifalari
II Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya va ta’lim metodlari
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o‘ziga xosligi
2.2 Aqliy tarbiya va ta’lim metodlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan maktabgacha muassasa talimi tizimiga eng tajribali murabbiylar bekitib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi talab etadi – deya ta`kidlagan edi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining «Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» asarida. Albatta biz buyuk deya sifatlayotgan Respublikamizning kelajagi bilimli va manaviy, sog`lom avlodga bog`liqligi bugingi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.Ma`lumki, sog`lom avlodni shakllantirish oila va boshlang`ich sinflardan boshlanadi.


Maktabgacha talim jarayoni mustaqil davlatning talim-tarbiya tizimida umumiy o’rta talimning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo’ladi. Inson hayotining sermazmun davri bo’lgan maktabgacha davrdagi bolalarda xotiraning kuchi nihoyatda o’tkir, bolada bilim o’rganishga degan qiziqish katta bo’ladi.
Har bir bola o’zining shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishi jarayonida oilaviy muhit, undagi an’analar, madaniy-ahloqiy udumlar, ijtimoiy turmush, kasb-kor, dam olish, umuman bo’sh vaqtni tashkil qilish masalalari muhim ahamiyatga ega. Bolalar bog’chasi ta’lim markazi sifatida bola tarbiyasida turli o’quv dasturlari, tavsiyalar bilan ish ko’rishdan tashqari, mahalla, Oilaviy muhit, bola bilan izchil munosabatda bo’ladigan shaxslarning tasirini ham hisobga olmoqlari kerak.Bular bolaning shakllantirish muhiti, bola hayoti, tasavvuri, aqlni boyitib boruvchi manba bo’lib, ular bola psixikasi, shaxsi, hayotiy tajribasi, faoliyatini boyitishning asosiy omili hamdir.Shu bilan bir qatorda bola har bir yoshda o’zini o’rab turgan muhitdan aynan o’ziga zarur bo’lgan hayotiy malakani oladi. Yuqoridagi muhit qanchalik toza va musaffo bo’lsa bolaning inson sifatida shakllanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Tabiiyki bu jarayonning o’ziga hos qonunyatlari mavjud.



Download 35.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling