Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash texnologiyalari


Download 38.81 Kb.
bet4/7
Sana15.09.2023
Hajmi38.81 Kb.
#1678966
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash texnolog

1.3 Aqliy tarbiya vazifalari
Bolani maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarini egallabolishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko‘nikmalarini egallab olishlari ularni maktabda muvofaqqiyatli o‘qishlshari uchun bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar sitemasini ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Bola tevarak atrofdagi narsalar ularning vazifasi ba’zi sifatlari ba’zi xossalari haqida qaysi materialdan tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tassavvurga ega bo‘lishi kerak. U tabiat xodisalari ularning o‘zaro bog‘liqligi va qonuniyatlarini bilib oladi. Jonsiz tabiat o‘simliklar hayvonlarni kuzatish jarayonida bolalarda borliq to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllanib boradi.
2. Bilishga doir ruxiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok xotira, xayol tafakkur nutq. Bilishga doir ruxiy jarayonlarni rivojlantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Akliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. Bolalar bog‘chasi oldida bolalarning aqliy ?obiliyatlarini rivojlantirish vazifasi turibdi.
4. Aqliy malaka va ko‘nimalarni rivojlantirish. Aqliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirishni ulardagi muxim va muxim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish, bosh?a predmetlar bilan ta??oslash maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma – malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bioimlarini chu?ur egallab olishga yordam beradi.
Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko‘rsatkichining yuqoriligidir.


Download 38.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling