Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning o’rni


Download 78.21 Kb.
bet1/3
Sana26.10.2023
Hajmi78.21 Kb.
#1724147
  1   2   3
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim yoshidagi bolalarni muhit tasirida tarbiyalas-fayllar.org


Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni muhit tasirida tarbiyalash Docsity

Kurs ishi


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning o’rni

I. Kirish. ______________________________________________


II. Asosiy qism:
1. ______________________________________________________________
2. ______________________________________________________________
3. ______________________________________________________________
4. ______________________________________________________________
III. Xulosa.
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning o’rni

Reja:

  1. Vatanparvar , xalqparvar, fidoiy yoshlarni tarbiyalash

  2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning prinsiplari va usullari


  3. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning o’ziga xos psixologik xususiyatlari.


Mustaqillik mevasi bo’lgan , biz qurayotgan xuquqiy , demokratik jamiyatning ma’naviy binosi mustaxkam bulishi kerak . Bu esa avvalo , avlodni chukur bilimli, teran fikrli uz o’tmish durdonalaridan va ma’naviy qadriyatlaridan xabardor , vatanparvar , xalqparvar , fidoiy kilib tarbiyalashni takozo etadi .



Komil inson Shaxsini tarbiyalash ishi esa eng murakkab qiyin jarayondir . Bu jarayonni amalga oshirishda ular ongiga milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofiqdir . Demak , yosh avlod qachonki o’z tarixini , madaniyatini , milliy qadriyatini , tilini , dinini va urf-odatlarini mukammal bilgandagina musta killikning tub moxiyatini yanayam chukurrok anglaydi .Milliy istiklol mafkurasi xam ana Shu milliy qadriyatlarga asoslanib yaratilishi bejiz emas , albatta . Bu borada Prezidentimiz I.Karimovning « Xar bir fukaro ajdodlarimizning bebaxo merosi , milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bulishga erishish , yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash , ularni yaratuvchanlik ishlarida da’vat kilish , Shu mukaddas zamin uchun fidoiylikni xayot mezoniga aylantirish - milliy istiklol mafkuramizning bosh maqsadidir»- deganlari ayni muddaodir .
Prezidentimiz I.A. Karimovning bir qancha asarlarida, «Ta’lim to’g’risida» gi
qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa manbalarda Respublikamiz yoshlarini qanday insonlar qilib Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari lozimligi aniq belgilab berilgan.
Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalaShadan asosiy maqsadi - yosh avlodni har tomonlama yetuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan barkamol insonlar etib Shakllantirish dir. Barkamol inson o’zida ma’naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi. Yoshlarimizni qadriyatlar asosida tarbiyalash uchun birinchi galda Sharq mutafakkirlarining meroslari dasturi amal bo’lib xizmat qiladi. Al- Farobiy,
A.Yass aviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, al- Farg’oniy, Firdavsiy, A.Temur, A. Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko’rilsa Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari ta’sirchanligi
yanada mukammallik kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma’naviy qadriyatlar va istiqlol istikboli xamda mafkuraviy ong , yashash tarzi hakida, ya’ni avlodlar mushtarakligi to’g’risida fikr yuritar ekanmiz , uni uch toifaga bo’lish lozim
Keksa avlod istiklolni ardoqlab Shunday erkin va ozod kunlarga yetib kelgani uchun Shukronalar aytayotgan bulsa , urta avlod talabchan , ochig’ini aytish kerakki , xayotda uz urnini topayotir , ayrim xollarda , iste’molchilik kayfiyatida xam yelib yugurmokda , yosh avlod esa xayotga faol kirib kelmokda , ularning yashash tarzi to’g’risidagi qarashlarning Shakllanishida milliy va ma’naviy qadriyatlarning aloxida urni va axamiyati borligini ta’kidlash mumkin va Ayni paytda , ularning xayotdagi ma’naviy-ma’rifiyo’zgarishlarni , ya’ni mafkuraviy talablarni idrok etishdagi burchi va mas’uliyatini anglash tuyg’usi tobora usayotganliga guvoxmiz .
Xush, ma’naviy qadriyatlarimiz xususida Sharq mutafakkirlarimizning ilmiy , ma’rifiy merosi borasida yoshlarimizning tasavvur va bilim darajasi kanday ? Qayd kilish lozimki o’rta asrlar uygonish davri , bunyodkorlari bulmish allomalar bizning ajdodlarimiz ekanligidan faxrlanamiz . Bu borada Ibn Sinoning ma’naviy merosida kator muammolar tizimida axlok-odob masalalari e’tiborli saloxiyatga egadir . Uning «Burch xakida risola» , «Axlok xakida risola» , «Insof xakida risola» kabi asarlarida axlok-odobning goyat muxim kirralari bayon etilgan .
Mutafakkirlarning asarlarida, jumladan « Tadbiri manzil» risolasida xam inson tabiati azaldan axloqli yoki axloksiz bulmaydi , degan g’oya muxim axamiyat kasb etadi . Aslida odamlar tayyor fazilat , odat va xayotiy ko’nikmalar bilan ug’ilmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida Shaxsiy va o’zgalar tajribasi , ajdodlar an’analari , ta’lim-tarbiyaning aol ta’siri ostida asta-sekin Shakllana boradi . Ta’lim-tarbiya o’zgalarning ma’naviy ta’siri ostida inson uzida ijobiy axlokiy fazilatlarni Shakllantiradi yoki «yomon dustlar» ya’ni salbiy odatlar soxibiga aylana boradi .
Jahonda XII asrdan boshlab xanuzgacha algebra fani asoschisi sifatida Al- Xorazmiy nomi ulug’lanadi . Hozirgi zamonda kosmik kemalar, havo transporti , hisoblash texnikasi , ishlab chikarishning texnologik jarayonlar algoritmi qoidasi asosida ishlaydi.
Abu Nasr Farobiy inson akliy va ijodiy faoliyatining takomillaShuvida musiqiy oxanglarning fizikaviy holatiga asos soldi . U Musqkaning matematik nazariyasini yaratdi . Bunday yaratuvchanlik milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz sifatida ulug’lanar ekan , ularni o’rganish , o’zlashtirish yosh avlodning muxim burchi bo’lmog’I kerak .
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy g’oya asosidagi tafakkur , chuqur bilim va ixtisoslikni talab kilmokda . Uning negizi- milliy qadriyatlarimizdir. « Yangicha yashash , ozod va obod Vatan erkin va farovon xayot kurish tuygusi esa yosh avlod oldiga keksa avlodga qaraganda mas’uliyatlirok vazifalarni qo’ymokda . Xususan , ong va tafakkur xamda ma’naviy qadriyatlardagi uzgarishlar xayot talabidan orkada kolayotganligi ma’naviy saloxiyatdagi qusurlar bilan bog’likdir .
Shunday qilib, qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yetimga aylanishi uchun Shart-Sharoit yaratish degan ma’noni bildiradi. Mustaqillik
milliy ma’naviyatimizning zaminini tashkil qiluvchi «qadriyatlar», «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g’urur», «milliy ong» kabi tuShunchalarning ijtimoiy siyosiy va kundalik hayotimizdagi asosiy ahamiyati va o’rnini qayta tiklab berdi. Bu bizning ma’naviy hayotimizda qo’lga kiritgan katta utuqlarimizdandir.
Xush, qadriyatlar o’zi nima? Ularning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo, Shuni qayd qilish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun va ko’p qirrali tuShunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur Shunchaning mohiyatini ifodalashda turlicha yondaShuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan,
«Falsafiy ensiklopediya»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha 0 0 1Ftavsiflangan: «Qadriyat fal safiy va sotsiologik tuShuncha. U, birinchidan, biror obektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi—bag’ishlovchi jihati (subektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. Shunga ko’ra obektiv (ashyoviy) va subektiv (ong) qadriyatlari bir biridan farqlanadi»
Mazkur manbada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari (bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi) mehnat mahsullarining iste’mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv yoki reaqion ahamiyati, hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon bo’luvchimoziynning madaniy merosi, ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati, kishilarning hatti harakatlarida ifodalanuvchi axloqiy, yaxshilik yoki yomonlik, tabiiy va ijtimoiy obektlarning hamda san’at asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi, sajdagohlar, diniy ibodat buyumlari va boshqalar ashyoviy qadriyatlarga kiradi 0 0 1 FOng qadriyatlariga normativ tasavvurlar (yaxshi lik vayomonlik adolat, go’zallik va xunuklik haqidagi, tarixning ma’nosi va insonning vazifasi haqidagitasavvurlar, ideallar, harakat meyorlari va tamooyillari tarzida ifodalangan ijtimoiy ko’rsatmalar va baholar, talab va ta’qiqlar, maqsad va loyihalar kiradi.
Qadriyatlarni mazmuni va harakteriga ko’ra progressiv va reaqion tiplarga ajratish mumkin» Bu esa, mazkur kategoriyani o’ta sig’imdor qilish bilan birga uni izohlashni mushkullashtiradi. Turli chalkashliklar keltirib chiqaradi. Shu jihatdan taniqli faylasuf olim V.P.Tugarinovning fikri e’tiborga loyiqdir: 0 0 1F«Qadriyatlar muay yan jamiyat yoki guruhga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo’lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning Shahsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o’z tasavvurlaridagi qadriyatlarni ximoya qiladilar va o’zlari uchun maqsad yoki ideal bo’lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o’zidir, chunki hayotdan mahrum bo’lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo’qqa chiqaradi. Qadriyatlarning boshqa turlari, aslini olganda, hayotne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir».
V.P.Tugarinov «qadriyat» va «baho» tuShunchalarini bir biridan farqlash zarurligini uqtiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo’shish yoki qo’shmaslik ana Shu munosabatga, ijobiy yoki salbiy bahoga bog’liq.Yosh avlodni Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish vaqobiliyatlarini Shakllantirish – bizning burchimizdir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning prinsiplari va usullari
Davlatimizning mustaqillikka eriShuvi ta’lim va Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarining milliy Shakllarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib berdi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to’tgan xolda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatidir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tuShunib yetish kerak. Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linadi. Jumladan, nson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yuq joyda biron narsaning qadr qimmati haqida
so’zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog’lig’ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlarning, islohotlarning archasi kishilar hayoti to’q, boy, go’zal bo’lishi, inson o’zini chinakam erkin his etishi, o’z mehnati natijasining, o’z taqdirining, o’z mamlakatining egasi bo’lishini ta’minlashga qaratilgandir.
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy qadriyatlarga yer va yer osti boyliklari, suv, xavo, o’rmonlar, o’simliklar, xayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston zamini xilma xil qazilmalarga boy. Yer yuzasiga yaqin yotgan qazilmalarning aksariyati ochilgan va ular xalq xo’jaligi, fan va texnika tarakqiyoti uchun xizmat qilmoqda. Shu bilan birga xali ochilmagan, ruyobga chiqmagan konlar ham ko’p. Bu konlarning juda oz qismi bevosita yer yuziga chiqqan bo’lsa, aksariyati yer ichkarisida yashirinib yotibdi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy xom ashyo uyumlari «foydali qazilmalar» O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy qadriyatlaridandir. O’zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay jug’rofik muxitga ega.
Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya’ni yonilg’i, har xil metallar, rudalar, havo, suv, o’simliklar, xayvonot dunyosi bo’lmasa insoniyat yaShay olmaydi. Tabiat biz uchun moddiy ne’matlarning bosh manbai sifatida am, sog’lik, shodlik, turmushga mehr-muxabbatning va har bir kishidagi ma’naviy boyliklarning bitmas tuganmas omili sifatida ham o’zining g’oyat zo’r ahamiyatini hech qachon yuqotmaydi.
Ona Yer kishilar uchun moddiy ne’matlar manbai, dastlabki mehnat 0 0 1Fvositalarining xazinasidir, inso niyat taraqqiyotining beshigidir. Yerdan inson o’zi uchun zarur narsalarni undiradi. Yer insonni boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi Vilzm Petti aytganideq, mehnat boylikning otasi bo’lsa, Yer uning onasidir. Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham Yer tufaylidir. Shunday ekan, insonuchun g’oyat darajada muxim va zarur bo’lgan hayot manbai Yerni adrlamaslik e’zozlamaslik mumkin emas! Zotan, O’zbekistan Konstitutsiyasining 5-moddasida yozib qo’yilgan: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muxofazasidadir»
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda ularga birinchi navbatda inson mehnati, xatti-harakati, aql zakovati
bilan yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya’ni turli tuman moddiy boyliklar, zavod va abrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob-uskunalar, turar joy, mol-mulk, noz-ne’mat va Shu qabilar moddiy qadriyatlar ekanligini tuShuntirish lozim.
Ma’lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika 0 0 1Fbazasi tashkil qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o’ziga xos moddiy texni ka bazasiga ega. Ular bir-biridan sifat jihatidangina emas, balki miqdor jihatdan ham farq qiladi. Tosh va yog’ochdan yasalgan sodda qurollarni ishlatish, yoyning ixtiro qilinishi va ov qilish, olovdan foydalanishning kashf etilishi, metalldan mehnat qurollarini yasash va boshqa Shu qabilar hammasi ibtidoiy jamiyat moddiy texnika bazasi uchun harakterlidir. Biroz takomillashgan mehnat qurollarini dexqonchilik, hunarmandchilik va qurilish ishlarida qo’llash, og’ir jismoniy mehnat talab qiladigan barcha sohalarda qullarning mehnatidan Shafqatsizlarcha foydalanish quldorlik jamiyatining moddiiy texnika bazasi uchun xos belgilardir. Shamol va suv tegirmonlaridan foydalanish, metallarni eritish va ularni qayta ishlash yo’llarini axshilash feodal jamiyatiga taalluqli moddiy texnika bazadir. Yirik va kuchli ashinalarni ixtiro qilish, ijtimoiy ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan keng oydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, yangi texnologiyani joriy etish, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan har tomonlama foydalanish indo’strial jamiyatning moddiy texnik bazasini tashkil etadi.
Respublikamizda taraqqiy etayotgan mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, issiqlik energiyasi, transport va aloqa, kapital qurilishi, yengil, oziq-ovqat, agrar sanoati va boshqa milliy boyliklar majmuasi mustaqil O’zbekiston xalqining 0 0 Fmoddiy qadriyatlarini tash kil etadi. 0 0 1 FModdiy qadriyatlarning negizini mulk ashkil eta di. Davlat iste’molchilarning hyquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk Shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi
Prezidentimiz ta’kidlaganidek mulkchilik munosabatlari masalalarida yaqin vaqtlar ichida qat’iy o’zgarishlar amalga oshirilishi kerak. Mulk o’zining haqiqiy egasi quliga o’tishiga erishish zarur. Faqat ana Shundagina uning egasi ushbu mulkni saqlash va ko’paytirish uchun kuraShadi. «Mulkning, - deydi I. Karimov, — ulkdorga tom ma’noda xizmat qilishiga, uning mulk egasiga, butun mamlakatga oyda keltirib, har bir fuqaroning farovonligiga xizmat qilishiga erishish zarur. Ana Shundagina paydo bo’layotgan mulkdorlar guruhi o’z mamlakatining iqtisodiyotini mustahkamlashdan chinakam manfaatdor bo’ladi, ijtimoiy tuzumni mustahkamlash va himoya qilish, ijtimoiy siyosiy barqarorlikni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi».
Insonning hayotida madaniy-ma’naviy qadriyatlar katta o’rin egallaydi. 0 0 1 FUnga ilmiy texnikaviy va intel lektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli Shakllarda namoyon bo’ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi maxsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi. Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot va san’atning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lkada yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar jahon ilm fani va madaniyatini o’z kashfiyotlari va o’lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori cho’qqiga ko’tardilar, uning keyingi taraqqiyotiga samarali ta’sir ko’rsatdilar. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar,Samarkand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva singari muxtaSham Shaharlar yaratuvchilari bo’lmish ulug’ ajdodlarimizning ijodiyoti o’zining ulug’vorligi va go’zalligi bilan hozirgacha hammani lol qoldirmoqda.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning o’ziga xos psixologik xususiyatlari.Shart-Sharoit yaratish. Qadriyatlar inson ma’naviy kamolotining muhim omili hamdir. Har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa qo’shgan Shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi. Qadriyatlarga baho berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy Sharoitlar, o’Sha davrlarga xos bo’lgan imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilmoq kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o’lchash mumkin bo’lmaganidek, har bir qadriyatning ijtimoiy ahamiyatini bilishga muayyan tarixiy Sharoitlarni hisobga olib yondashmoq kerak. Qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash kishilarning istiqbol vazifalarini to’g’ri tasavvur qila bilish imkoniyati bilan ham bog’liq. Jamiyat a’zolarida yetuk ijtimoiy, milliy ong bo’lishi, ma’naviy kamolotning yuksakligi qadriyatlarning rivojlanish imkoniyatlarini kuchaytiruvchi, ijtimoiy va tarbiyaviy samaradorligini oshiruvchi omildir.

Qadriyat va meros tuShunchalari o’zaro yaqin bo’lsa ham ular bir xil ma’noni bildirmaydi. Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog’liq bo’lishiga qaramay, har qanday meros qadriyat bo’la olmaydi. Meros tuShunchasining mohiyati qadriyatga nisbatan kengdir. Bundan tashqari, qadriyat faqat o’tmishdan qolgan merosgina emas. Hozirgi kun talablari, yangi Sharoit va imkoniyatlar asosida Shaklla-nayotgan ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy hodisalar ham qadriyat hisoblanadi. Hozir O’zbekistonda milliy istiqlol mafkurasini rivojlantirish uchun kata ishlar olib borilmoqda. Taraqqiyotning hozirgi vazifalari va millat manfaatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkurani yaratishda o’tmish merosidan unumli foydalanilsa ham u yangi davrda Shakllangan qadriyat sifatida yuzaga kemoqda. Meros - o’tgan avlodlar tomonidan yaratilgan, bizgacha yetib kelgan ijtimoiy- ma’naviy, moddiy hodisalar, madaniy boyliklar, urf-odatlar, marosimlar, axloq normalaridir. Meros taraqqiyot uchun ham zarur omil bo’lgandagina, qadriyat darajasiga ko’tarila oladi.


Meros bilan qadriyatlarni baholash mezonlari bir-biridan farq qiladi. Moddiy va ma’naviy merosni baholashda uning tarixiy Shakllanishi Sharoitlari va imkoniyatlarini o’rganishga katta e’tibor beriladi. Merosning hozirgi kun uchun ham bo’lgan ahamiyatini bilish uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. Qadriyat turlari. Qadriyatlar mohiyati jihatidan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga bo’linadi. Inson kuchi, aqli-zakovati bilan yaratilgan tabiat go’zalliklari, arxitektura, san’at va madaniyat asarlari - barchasi moddiy, ya’ni noosfera qadriyatlar jumlasiga kiradi. Axloq odob, bilim, ilm, malaka, iymon, insof, e’tiqod va boshqalar ma’naviy qadriyatlar. Moddiy va ma’naviy qadriyatlar bir-biri bilan bog’liqdir. Ular o’z navbatida, quyidagi Shakllarda namoyon bo’ladi:
1. Inson yaShab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar. Qadriyatlarning bu turiga iqlim Sharoiti, tabiat go’zalliklari, milliy-davlat ahamiyatiga molik bo’lgan qo’riqxonalar, tabiatning inson yashashi, mehnat qilishi uchun zarur bo’lgan Sharoit va imkoniyatlari kiradi. Tabiiy muhit Sharoitiva imkoniyatlari ham inson ehtiyojlari, yashash imkoniyatlari bilan taqozolangan taqdirdagina qadriyat, deb baholanadi. Shu ma’noda olib qaraganda, tabiat Sharoitlarini qadriyat deb qarash unga ma’lum maqsad va manfaat asosida yondaShayotgan inson tomonidan berilgan bahodir. Tabiatning inson manfaati asosida o’zlashtirilgan, o’zgartirilgan qismi ham qadriyatdir.
2. An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo’ladigan axloqiy
qadriyatlar. Bu qadriyatlar asosan obektiv taraqkiyot va subektiv ruhiyatning ifodasi bo’lib kishilarning o’zaro munosabatlarida, turmush tarzi va faoliyatida, yurish- turishida, axloqi va odobida ko’zga tashlanadi. Axloq, insonning ichki ruhiy e’tiqodi, odob esa uning amalda namoyon bo’lishidir. Turli urf-odatlar, arosimlar kishilarning kundalik turmush tarzida, axloqiy qadriyatlar esa ularning yurish- turishi, o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi. Ma’naviy kamolotni o’zida mujassamlashtirgan inson ham oliy qadriyat hisoblanadi.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida Shakllangan mehnat malakalari va ko’nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo’ladigan qadriyatlar. Bu qadriyatlar insonning mehnat malakalari, ijtimoiy qiziqishlari, mehnat mahsuloti turlarini yaratish sohasidagi amaliy imkoniyatlari, bilimi, iste’dodi va qobiliyatlaridir. Rassom qo’linda qalam ushlagani uchun emas, balki tajribada Shaklangan bilim va iste’dod egasi bo’lgani uchun ham buyuk san’at asarlarini yarata oladi.
4. Odamlar o’rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo’layotgan qadriyatlar.
5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar. Albatta, qadriyatlarning bu turkumini alohida ajratib olib qaramasa ham bo’ladi. Lekin inson hayotining turli davrlari, faoliyat sohalariga nazar tashlar ekanmiz, bu sohalarda ham e’tiborga sazovor bo’lgan qadriyatlar va ularning mezonlari borligini ko’ramiz. Yoshlar va keksalar, erkaklar va ayollar, turli kasb galari uchun xos bo’lgan qadriyatlar ham mohiyati jihatidan jamiyat va inson amoloti uchun xizmat qiladigan ma’naviyatdir. Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar, o’z navbatida, umuminsoniy, mintaqaviy, milliy, diniy qadriyatlarga bo’linadi.
Umuminsoniy qadriyatlar jahon siviliatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligining ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o’zgarmas, aqidaviy tuShunchalar emas. Davrlar o’tishi, Sharoit, talab va ehtiyojlarning o’zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o’zgarib boradi. Lekin bu o’zgarishlardan qat’iy azar, umuminsoniy qadriyatlar odamlarni jipslashtiruvchi, ma’lum maqsadlar, ijtimoiy, ma’naviy kamolotning muayyan yo’llari uchun birgalashib kurashishga, harakat qilishga chorlovchi ijtimoiy hodisalardir. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar o’rtasidagi ko’prik vositasini o’tab, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vazifasini o’taydi. Ma’naviyat orasida ham umuminsoniy qadriyatlar barcha xalqlarning madaniyatini yaqinlashtiradi va ularni tezroq kamol topishga imkon yaratib beradi.
Umuminsoniy qadriyatlar inson ma’naviy, ijtimoiy kamolotining qandaydir alohida, boshqalardan ajralgan tomoni emas. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgan ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyatga xos qadriyatlar asosida tashkil topadi va rivojlanadi, ular ayni vaqtda barcha milliy qadriyatlarning bir-biriga yaqinlashishi va rivojlanishiga ham xizmat qiladi.
Insonparvarlik g’oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma yerda barqaror bo’lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo’l kuymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo’lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do’stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat kalish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir. Bu qadriyatlar butun insoniyat tomonidan qo’lga kiritilgan fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yangi jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlash-tirish borasidagi yutuqlardan ham iborat bo’lib, ulardan oqilona foydalanish respublikamizni jahondagi rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi. Bu borada biror chekinishlarga, milliy mahdudlik va kalondimog’likka yo’l qo’yish nihoyatda katta yo’qotishlarga olib kelishi mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar mahalliy Sharoit, imkoniyatlar, tarixiy an’analar bilan bog’langandagina kerakli samara beradi.
Mintaqaviy qadriyatlar ham umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas bog’langan. Qadriyatlarning bu turkumi bir-biriga yaqin bo’lgan Sharoitlarda yaShagan va mehnat qilgan, tarixi tutash bo’lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Bu qadriyatlar hozirgi kunda ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
O’rta Osiyo xalqlari ming yillar davomida bir-biri bilan yaqindan iqtisodiy va siyosiy aloqalar o’rnatganlar. Ularning turmush Sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo’lishi ko’plab umummintaqaviy qadriyatlar Shakllanishiga olib kelgan. Bu qadriyatlar turli joylarda bir-biridan biroz farq ilsada, mohiyat jihatidan yaqindir. Mehmondo’stlik, bolajonlik, yaqin qo’ni- qo’shnichilik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug’lar, do’stlar bilan yaqin aloqada bo’lish, sahiylik, halol bilan haromni farqlash O’rta Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo’lgan ma’naviy fazilatlardir. Garchand mehmondo’stlik bilan bog’liq udumlar mintaqamizning hamma yerida keng tarqalgan yaxshi an’ana bo’lsa ham ular turli joylarda bir-biridan farq qiladi. Keksalarni, ota-onani hurmat qilish ham O’rta Osiyo xalqlarining o’ziga xos yuksak ma’naviy boyligidir.Keksalar ko’pni ko’rgan, aql va idrok bilan har ishda maslahat bera oladigan, yoshlarga katta tarbiyaviy ta’sir ko’rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat qilish, ulardan saboq olish, hayot tajribasini o’rganish ma’naviy kamolot uchun yangi imkoniyatlar izlashga harakat qilishdir. Ota-onani hurmat qilish, ularning gapiga, pand nasihatiga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir. Ota-ona hech vaqt o’z farzandiga yomonlik ravo ko’rmaydi. Ular hayotda ko’p og’irlik, yengilliklarni ko’rgani sababli, farzandlarining istiqbolini ham ulardan ko’ra ko’proq o’ylaydilar, Ba’zan ota-onalarning nasihatlari noqobil farzandlarga og’irroq tuyuladi. Bu hayotni bilmaslik, hayotning turli jarayonlariga yengil-yelpi qarashning oqibatidir. Farzandlar ota-onaning qadrini o’zlari ota-ona bo’lganidan keyingina fahmlab oladilar. Bu davr ichida ular ma’naviy kamolotning ko’p imkoniyatlarini qo’ldan boy berib qo’yadilar. Shuning uchun ulkan ma’naviy qadriyat bo’lmish ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak.
Ota-onaga bo’lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin bizning mintaqamizda bu qadriyatni e’zozlash boshqa hamma joylardagiga nisbatan ustunroq turadi. HaShar yo’li bilan uy-joy qurishda, uy joylarni ta’mirlashda bir-biriga yordam ko’rsatish, yetim-yesirlarning, beva-bechoralarning peshonasini silash, ularni qarindosh-urug’lar o’z himoyasiga olib, xoru zor bo’lib qolishiga yo’l qo’ymasligi ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos qadriyatdir.
Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan mintaqaviy qadriyat- lardan yana biri - jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar o’rtasidagi bir- biriga yaqinlik, o’zaro hurmatning ifodasi bo’lib, keng foydalanish mumkin bo’lgan qadriyatdir. ,Qadriyatlarning eng muhim turlaridan yana biri - milliy qadriyatlardir. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birlikda mavjud bo’ladi. Umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar milliy qadriyatlarning ko’p tomonlarini o’z ichiga oladi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar ta’sirida keng rivojlanish, takomillashish imkoniga ega bo’ladi. Ular o’rtasidagi muntazam davom etib boradigan dialektik munosabat jahon sivilizatsiyasi rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Milliy qadriyatlarning Shakllanishi va rivojlanishi har bir millat-ning o’ziga xos tarixi, tili, madaniyati, axloqiy va psixologik fazilatlari, yashash sharoiti, turmush tarzi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’langandir. Milliy qadriyatlarning har bir ko’rinishini uzoq tarixiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur o’rganish orqaligina to’g’ri tuShunib olish mumkin.
Bolalar - kelajagimiz. Bugungi kunda ular qanday axloqiy xatti-harakatlarga sarflaymiz, bizning umumiy ertangi kunimiz bevosita bog'liq. Bolaning huquqi haqida ongli ravishda bilish, to'liq, madaniyatli, o'zini o'zi ta'minlash etadigan shaxsni shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Download 78.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling