Mavzu: Malakaviy bitiruv ishi to’g’risida ma’lumotlar. Tarkibi. O’zbekistan Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»
Download 38.07 Kb.
|
Malakaviy bitiruv ishi to’g’risida ma’lumotlar
Mavzu: Malakaviy bitiruv ishi to’g’risida ma’lumotlar. Tarkibi. O’zbekistan Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni (1997 y.) va «Kadrlar tayyorlash dasturiy (1997 y.), Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 Avgustdagi «Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filialini tashkil etish haqida»gi 182-qarorlarini bajarish, shuningdek suv xo’jaligi ta’limini isloh qilish mavjud gidrotexnika inshoot (GTI)larini ishlatish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, ularni ta’mirlash va qayta qurilishini loyihalash bo’yicha yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarini tayyorlashni talab qiladi. Chunki gidrotexnika inshootlarini ishlatish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, uzoq paytdan beri, ishlatilishini e’tiborga olib loyihalashni to’g’ri tashkil etish, shuningdek, inshootlarni ishlatish qoidalari (loyihasi)ni mohirona bajarish mavjud GTIni xizmat muddatlarini cho’zilishiga olib keladi. Shuning uchun BMI ta’limning yakunlovchi bosqichi bo’lishi lozim, unda talaba o’quv jarayonida olgan bilimlaridan samarali foydalanishi zarur va u GTI (NS, GES) ekspluatatsiya xizmati ishlarini tashkil qilish, GTI ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ekspluatatsion tadbirlarni amalga oshirish uchun tayyor bo’lishi kerak. Fakultetdagi ta’limning barcha yo’nalishlari bakalavrlarini tayyorlash talablariga muvofik BMIlari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, barcha fan bloklari bo’yicha bilimlarni qo’llashni talab qiladigan kasbiy masalalarni - mustaqil xal qilish maqsadlarida bajariladi. Bitiruvchi BMIda: - ishlatishning holati va mavzuning asoslanishiga obzor (sharh) beradi va tahlil qilib chiqadi, bu yerda tanlangan mavzuning maqsadi, masalalari, tarkibi va dolbzarbligi ifodalanadi; dastlabki materiallar, shu jumladan tanlangan obyektning ishlash sharoitlarini aniqlash maqsadida tabiiy iqlimiy sharoitlar keltiriladi; tanlangan obyekt va undagi gidromexanik jihozlarning tarkibi, konstruksiyasi va komponovkalanishini tasvirlaydi, gidrouzellarini loyihalashda qabul qilingan texnik qarorlar kompleksni tahlil qiladi, shuningdek, ularning kamchiliklarini yoritadi; qabul qilingan texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilib chiqadi; gidrouzel (NS, GES) ekspluatatsiya xizmati ishini tashkil qilishning asosiy qoidalarini keltiradi. BMI mavzulari Respublikadagi gidrouzel (NS, GES) ko’rinishida ishlatilayotgan real obyektlar yoki yirik gidrotexnika inshootlari bo’yicha tanlab olinadi. Lozim bo’lsa, BMIda, bitiruvchi gidrologik, suv xo’jaligi, gidravlik, filtratsiya (suvni sizib o’tishi) statik va texnik-iqtisodiy hisob - kitoblarni tekshirib chiqadi, gidrouzel (NS,. GES) ta’siridan atrof - muhitni muhofaza qilishning injenerlik chora - tadbirlarini keltiradi. Mazkur «Metodik ko’rsatma»ning maqsadi bitiruvchilarni BMI hajmi, tarkibi va bajarilishining ketma - ketligi bilan tanishtirishdir. Uni bajarish bo’yicha topshiriq va kalendar reja (1-ilova) rahbar tomonidan tuziladi, chunki rahbar BMI tarkibi va hajmini belgilaydi, bunda rahbar oldindan BMI bajarilishini ko’p muqobil (variant)liligini ta’minlashi zarur. Shu nuqtai nazardan «Metodik ko’rsatma» BMI rahbarlari-pedagoglarga ham foydali bo’ladi. Download 38.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling