Mavzu: Ma’lumot -axborot hujjatlarini tayyorlash


Download 10.89 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi10.89 Kb.
#1838703
Bog'liq
Ma’lumot –axborot hujjatlarini tayyorlash (2)


OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Xalqaro Nordik Universiteti
Mavzu:Ma’lumot –axborot hujjatlarini tayyorlash
Bajardi: Masharipova Surayyo
Ma’lumot –axborot hujjatlarini tayyorlash
Reja:
1. Ma’lumot –axborot hujjatlarini tayyorlash va yozish bo’yicha tushunchalar
2.Ariza. Arizaning zaruriy qismlari.Ariza shakllari
3.Bayonnoma.Bildirishnoma
4. Dalolatnoma.Ishonchnoma
5. Ma’lumotnoma. Tavsifnoma. Tavsiyanoma. Tavsifiy tavsiyanoma. Tarjimai hol
6. Tilxat. Tushuntirish xati
ARIZA
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza amaliyotda eng ko'p qo'llanadigan va keng tarqalgan ish qog'ozidir. Maktab o'quvchisi va talaba, menejer va fermer, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs - jamiyatning barcha a'zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va lavozimi, ariza yoilanayotgan muassasalar va idoralar g'oyat xilma-xildir. Arizalar ilmiy-tadqiqot muassasasi direktoriga, maktab direktoriga, oliy o'quv yurti rektoriga, korxona direktoriga, tuman rahbariyatiga - xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko'rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat'i nazar, ariza o'zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi.
Arizaning zaruriy qismlari:
1. Ariza yo'llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
2. Ariza yozuvchining turarjoyi, vazifasi, ismi, otaismi va familiyasi.
3. Hujjatning nomi (Ariza).
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).
6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otaismi bosh harflari, familiyasi.
7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
BAYONNOMA
Turli yig'ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o'rni, vaqti va holati haqida ma'lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to'g'ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko'ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay'at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko'ruvchi organlar (konferensiyalar, yig'ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatlarida, albatta, bayonnoma yozilishi kerak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko'ruvchi organlar majlislarida esa yig'ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko'ruvchi organ yoki yig'ilishning nomi).
3. Hujjatning nomi (Bayonnoma).
4. Yig'ilish sanasi.
5. Shartli raqami.
6. Yig'ilish joyi.
7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo'lsa).
8. Yig'ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn: a) qatnashuvchilar ro'yxati yoki soni; b) kun tartibi; d) eshitildi; e) so'zga chiqdilar; f) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo'lsa).
11. Imzolar.
BAYONNOMADAN KO'CHIRMA
Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko'chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko'chirmada bo'lganidek, bayonnomadan ko'chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi. Bayonnomadan ko'chirma quyidagi asosiy qismlardan iborat:
1. Tashkilot nomi.
2. Hujjat nomi (Bayonnomadan ko'chirma).
3. Sana (majlis o'tkazilgan sana).
4. Shartli raqam.
5. Bayonnoma tuzilgan joy.
6. Matn: a) KUN TARTIBI; b) ESHITILDI; d) QAROR QILINDI.
BILDIRISHNOMA
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabar berish zarurati tug'ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo'yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari aks etadi. Kimga yoilanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi.
Ichki bildirishnoma rahbar shaxs yoki bo'Iim mudiri nomiga yoziladi. U toza qog'oz varag'iga qo'lda, kompyuterda yoki elektron shaklda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi.
Tashqi bildirishnoma, ya'ni rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog'oziga ikki nusxada yoziladi
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
1. Bildirishnoma yo'llangan rahbarning lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari hamda familiyasi jo'nalish kelishigida.
2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otaismining bosh harflari hamda familiyasi chiqish kelishigida.
3. Matn sarlavhasi.
4. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
5. Bildirishnoma matni (mazmuni).
6. Qancha varaqligi ko'rsatilgan ilovalar ro'yxati (agar ilovalar bo'lsa).
7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo'lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo'yiladi).
DALOLATNOMA
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogiiq biron-bir bo'lib o'tgan (sodir bo'lgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
1. Idora, muassasa va tarkibiy bo'linma nomi.
2. Tuzilgan sanasi va joyi.
3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda).
4. Matn sarlavhasi
5. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).
6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug'i, idoraning qarori yoki ko'rsatmasi kabilar).
7. Komissiya tarkibi (raisi va a'zolar).
8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
9. Dalolatnoma matni.
10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko'rsatiladi).
11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
12. Ijro haqidagi belgi. Har bir dalolatnomaning ush
ISHONCHNOMA
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o'z nomidan ish ko'rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat
MA'LÜMOTNOMA
Bo'lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat.
Tavsifnoma
Ma'lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o'ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.
Tavsiyanoma
Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma'lumot beruvchi hujjat
HISOBOT
Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo'lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yoilanuvchi hujjatdir.
TUSHUNTIRISH XATI
Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
TILXAT
XULOSA
Ma'lumot – axborot hujjatlarini tayyorlash, ularni ko'rsatish, tuzatish va tarqatish masalalari ahamiyatga ega bo'lgan mavzu. Bu jarayonning farkli ko'rinishlari mavjud bo'lib, dastlabki qadam ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish. So'ngra, ularni tizimli va solishtirilgan tarzda, masofaviy maqsadlarga muvofiq ko'rsatish lozim. Yirik o'qituvchilar, maqolachilar va korxonalarning iste'moli uchun ma'lumot hujjatlarini tayyorlash ko'proq amaliyotda va nazariy tushunchalarni o'rganishga bag'ishlangan. Ma'lumotlar oqimining o'rganishga togrilik kelajagi, kommunikatsiya va masofaviy ta'limning eng muhim ko'rinishlaridan biri ekanligi sababli, bu mavzuni o'rganish va tarbiyalash maqsadida juda muhim deb hisoblayman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi «O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni. Xalq so'zi gazetasi. 2019-yil 22-oktyabr.
2. O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni.
3. O'zbek tili va adabiyoti bo'yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.
4. Андреева В.И. Делопроизводство. - 3-е изд. - М.: журнал «Управление персоналом», 1996.
5.Головач A.C. Оформление документов. 2-е изд. - Киев-Донецк: Высшая школа, 1983.
6. Грушин П.Я. Корреспонденция и делопроизводство. -М. : Экономика, 1988.
Download 10.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling