PL/SQL blok(kod)lari kompilyatsiya jarayonida, SGA(System Global Area) nomli oracle kesh xotirasida saqlanadi. Bu xotira hajmi oracle o'rnatish jarayonida o'rnatiladi. Bu xotirada jadvallar, sxemalar, o'zgaruvchilar ham saqlanadi. Shuning uchun bu hotiraning hajmi yetarli darajada katta bo'lishi kerak. Har bir PL/SQL bloklari uchun ajratilgan joy "KURSOR" deyiladi.
Demak, SGA xoirada bir necha kursorlar bo'lishi mumkin. Kursorlar soni ham oracle o'rnatilish jarayonida ko'rsatilib ketiladi. Har bir PL/SQL kodlaridagi SQL kodlar kompilyatsiyadan so'ng oraclening ma'lumotlar kutubxonasida(slovarya dannыx) saqlanadi.
Bu kutubxonani bo'lar bo'mas so'rovlar bilan to'latib tashlash kerak emas, buning uchun PL/SQL kodlarini optimal yozish kerak(chunki PL/SQL kodlarning asosini, SQL kodlari tashkil qiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |