Fakultetlar munosabatini yaratamiz. Buning uchun Entities papkasining ustiga o‘ng tugmani bosib, Add Entity buyrug‘ini tanlaymiz va All Items oynasida hosil bo‘lgan yangi munosabatga Fakultetlar deb nom beramiz;
attributes bo‘limiga o‘tib, atributlarini kiritamiz;
Unique Identifiers bo‘limiga o‘tib, pk_fak_n kalit qo‘shamiz, OK tugmasini bosamiz. Fakultetlar munosabati ham tayyor holatga keladi;
Yonalishlar munosabatini yaratamiz. Attributes bo‘limga o‘tib atributlarini kiritamiz;
Unique Identifiers bo‘limiga o‘tib pk_yon_n kalit qo‘shamiz, OK tugmasini bosamiz. Yonalishlar munosabati ham tayyor holatga keladi;
navbatdagi munosabat Baholar. Attributes bo‘limga o‘tib atributlarini kiritamiz; OK tugmasini bosamiz. Baholar munosabati ham tayyor holatga keladi;
so‘nggi munosabat Fanlar. Attributes bo‘limga o‘tib atributlarini kiritamiz;
Unique Identifiers bo‘limiga o‘tib, pk_ fan_n kalit qo‘shamiz, OK tugmasini bosamiz. Fanlar munosabati ham tayyor holatga keladi;
munosabatlarni tashqi kalitlar yordamida bog‘lab chiqamiz. Objects menyusidan Relationship buyrug‘ini tanlaymiz. Keyin Fakultetlar munosabatining ustiga sichqonchani bosib, Umumiyjadval munosabatining ustiga sichqonchani bosamiz. Hosil bo‘lgan chiziqning ustiga 2 marta bosib, tashqi kalitni xususiyatlarini o‘zgartirish mumkin. Bu aloqani Magistrant-Fakultet deb nomlaymiz;
keyingi tashqi kalit Yonalishlar va Umumiyjadval munosabatlari orasida bo‘ladi. Bu aloqani Magistrant-Yonalish deb nomlaymiz;
keyingi tashqi kalit Royhat va Baholar munosabatlari orasida bo‘ladi. Bu aloqani Magistrant-Baho deb nomlaymiz;
so‘nggi aloqa Fanlar va Baholar munosabatlari orasida bo‘ladi. Bu aloqani Fan-Baho deb nomlaymiz.
Natijada ekranda quyidagicha chizma hosil bo‘ladi:
Rasm 20.43.
Endi, yaratilgan mantiqiy modelimizning xatosini tekshiramiz. Buning uchun Model menyusidan Verify Model… buyrug‘ini tanlaymiz.
Rasm 20.44.
Ochilgan oynadagi Verify tugmasini bosamiz:
Rasm 20.45.
20.45 rasmda keltirilgan ekran pastidagi ro‘yhatga e’tibor beramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |