Mavzu: Malumotlarni shifrlash va arxivlash vositalari


Download 182.59 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.11.2023
Hajmi182.59 Kb.
#1759775
Bog'liq
7-maruza



57 
7- 
MAVZU:Malumotlarni shifrlash va arxivlash vositalari. 
Tayanch iboralar: Ma‘lumotlarni shifrlash, arxivlash, WinRar arxivlash 
dasturi, WinZip arxivlash dasturi. 
Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar 
bilan ishlashda, yahni fayllarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga 
ko‘chirishda, diskka joylashda, saqlab qo‘yishda, elektron pochta orqali axborot 
yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug‘iladi. 
Fayllarni arxivlash - fayllarni arxivlash jarayoni orqali siqilgan, ixchamlangan 
holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning 
tasodifan o‘chirilishi sodir bo‘lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam 
beruvchi vosita sifatida ham qo‘llaniladi. 
Arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo‘llaniladigan, eski hujjatlar, 
har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun 
qo‘llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo‘lishi va unda har bir fayl alohida 
ko‘rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko‘p tomli deb ataladi. 
Shunday arxivlardan katta hajmli ma‘lumotlarini qismlarga bo‘lib disketalarga 
sig‘adigan, qulay ko‘rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. 
Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi. 
Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski 
holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar 
guruhi, to‘liq fayllar strukturasi bo‘yicha yoki papkalar bo‘yicha ham qilish 
mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko‘p bo‘lsa, ularni oldin bitta papkaga 
yig‘ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan 
holdagi ma‘lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. 
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, bahzi hollarda 
arxivlash natijasida boshlang‘ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. 
Masalan, dastur fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi 
ixchamlanadi. 
Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, 
foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo‘yicha farq qiladi. Foydalanuvchi 
har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo‘yicha farqlaydi. Siqish turi shu 
arxivning formati deyiladi. 


58 
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega 
bo‘ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi 
ma‘lumotlar saqlanadi: 
· fayl nomi; 
· fayl saqlanuvchi katalog haqida ma‘lumot; 
· faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti; 
· faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami; 
· arxivning to‘liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning tsiklik 
tekshirish kodi. 
Arxiv fayllari oddiy fayllar kabi nomlanadi. quyida biz Windows 
muhitida fayllarni arxivlash uchun yaratgan WinRar dasturi bilan 
tanishib chiqamiz. 
WinRar arxivlash dasturi 
WinRar arxivlovchi dasturi RAR formatidagi arxiv fayllari hosil qiladi. 
RAR formatidagi arxivning ustunlik tomonlari bir nechta bo‘lib, ular 
birinchidan zichlash samaradorligi ancha yuqori, ikkinchidan ko‘p tomli va 
uzuluksiz arxivlar hosil qila oladi, uchinchidan 8 Eksobaytgacha hajmli fayllarni 
xam arxivlash imkonini beradi. 
Tom deb arxivning bir necha qismdan iborat bo‘laklarga bo‘linishiga aytiladi. 
Odatda tomlar katta xajmdagi arxivni bir necha disklarda saqlash uchun 
qo‘llaniladi. Bu xolda birinchi tom odatdagidek .rar kengaytmali bo‘ladi, qolganlari 
esa mos ravishda .r00, .r01, .r02 va xokazo. Tomlar xam uzuluksiz va xam o‘zini-
o‘zi ochadigan ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Yaratilgan tomlarni o‘zgartirish, 
Ya‘ni unga biror faylni qo‘shish, yangilash yoki undan biror faylni o‘chirish 
mumkin emas. 
2.7-rasm. WinRar arxivlash dasturi oynasi. 


59 
Fayl va papkalarni uzuluksiz arxivlash deganda, ularni faqat RAR formatida
maxsus usulda bitta ma‘lumotlar ketma-ketligi sifatida qaralib zichlashtirishga 
aytiladi. Bu bilan zichlash samaradorligi ancha yuqori bo‘lishiga erishiladi. Ammo 
bunday arxivlashning kamchiliklari xam bor, masalan: 
ularni yangilash, yahni orasidagi biror faylni yangisi bilan almashtirish, oddiy 
arxivlashdan ko‘ra sekinroq amalga oshiriladi; 
biror faylni arxivdan chiqarish uchun barcha oldinroqda turganlari tekshirib 
chiqiladi, agar ulardan birortasi buzilgan bo‘lsa, u xolda arxivdan umuman chiqarib 
bo‘lmaydi; 
Bunday arxivlash usulidan quyidagi xollarda foydalangan maqsadga muvofiq: 
arxivni kamdan-kam yangilansa; 
• arxivdagi fayllardan bir yoki bir nechtasini tez-tez chiqarib turish zarurati 
bo‘lmasa; 
zichlash samaradorligi zichlash tezligidan muhimroq bo‘lsa. 
Bu arxivlovchi dastur xar ikkala formatda xam, kompyuterda WinRar 
arxivatori bo‘lmasa xam o‘zini-o‘zi ocha oladigan SFX ko‘rinishidagi .exe 
kengaytmali arxiv fayllari yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uni to‘g‘ridan- 
to‘g‘ri ishga tushirish orqali ochish mumkin. Bu xolda barcha fayllar arxivdan 
chiqadi. 
Bundan tashqari arxivlangan fayllarni parolg‘ bilan himoyalab qo‘yish, fizik 
buzilgan fayllarni qayta tiklash va boshqa ko‘pgina amallarni bajarish imkonini 
yaratib beradi. 
Nazorat savollari 
1. 
Ma‘lumotlarni shifrlash dasturlari. 
2. 
Ma‘lumotlarni arxivlash dasturlari. 
3. 
Arxivlash dasturlarining imkoniyatlari. 

Download 182.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling