Mavzu: Ma’lumotlarni tiklashda zamonaviy operatsion tizimlar


Download 117.24 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi117.24 Kb.
#1054901
Bog'liq
Ma’lumotlarni tiklashda zamonaviy operatsion tizimlar(12.10.22)


Mavzu: Ma’lumotlarni tiklashda zamonaviy operatsion tizimlar.
Reja:

  1. Operatsion tizimlar va ularning funksiyalari.

  2. Ma’lumotlarni tiklashda zamonaviy operatsion tizimlar.

Operatsion tizimlar tizimi dasturiy ta’minot asosi hisoblanadi.Operatsion tizimsiz kompyuter aparaturasi va dasturi bilan bog’lanish mumkin emas.Hamma aparat va dastur vositalari bilan faqat <> dasturi-operatsion tizimi yordamida bog’lanish mumkin.
Operatsion tizim deb, kompyuterning apparat va dasturiy resurislari bilan bo’lanishi avtamatlashtirishni ta’ minlovchi dasturlar majmuasiga aytiladi.
OT ning asosiy funksiyalari quyidagilardir:

  1. Dasturni operativ xotiraga yuklash va ularning bajarilishini boshqarish;

  2. Tashqi qurilmalar va bajarilayotgan dasturlar orasida ma’lumotlarni almashish amallarni ta’minlash;

  3. Dasturlar bajarilishini vaqtida nostandar holatlarga xizmat qilish;

  4. Bajarib bo’lingan dasturni yuklash uchun joy bo’shatrish;

  5. Dasturlar va ma’lumotlarni tashqi qurilmalarda qidirish va saqlashni tashkil etish;

  6. Foydalanuvchi va operatsion tizim o’zaro bog’lanishni tashkil etish-foydalanuvchi buyruqlarni qabul qilish va bajarish;

  7. Bir disk qurilmasidan boshqasiga nusxa olish, disq qurilnmalarini farmatlash va boshqa turli yordamchi (servis-xizmatchi) funksiyalarini bajarish.

Operatsion tizimning kiritish – chiqarish asosiy tarkibiy qismi,odatda kompyuter doyimiy xotirasiga yoziladi,qolgan qismi esa lazer, vinchester diski yoki qattiq disiqda joylashtiriladi, u shuning uchun ham tizimli disk deb ataladi. Tizimli disiksiz kopyuter prinsip jihatdan ishlamaydi.
Operatsiyon tizim kompyuter ishlash jarayonida doimo ishchi holatda boladi. OT ishi kompyuter yoqilganda boshlanadi va u o’chirilganda tugaydi.

OT ning turlari


Kompyuterning har bir modeli uchun individual OT lat ishlab chiqiladi. Yana shu bilan birga aynan shu model uchun, qoida boicha, turli vazifali va turli imkoniyatli va xassali,turlicha OT lar mavjud.
Bitta foydalanuvchiga bitta foydalanuvchili OT yoki ko’p foydalanuvchiga xizmat qiladigan ko’p foydalanuvchili OT lar mavjud.
Mutanosib shaxsiy kampiyuterlar uchun bir nechta turli operatsion tizimlar oilasi ishlab chiqilgan:MS DOS, Windows,Linux va boshqalar.
Shaxsiy kompyuter uchun yaratilgan eng oddiy OT lardan bir,birmuncha eskirgan bir dasturli va bir foydalanuvchili MS DOC dir.Uning birinchi versiyasi 1981-1982-yillarda ishlab chiqilgan. Windows 9x operatsion tizimlar oilasi kop dasturli va bir foydalanuvchili OT lar hisoblanadi, Win NT/2000/XP va Linux OT lar kop dasturli va kop foydalanuvchili va tarmoq OT lar hisoblanadi.
Har bir OT uchun kopsonli dasturlar ishlab chiqilgan.Bu dasturlar qaysi OT uchun ishlab chiqilgan bolsa, o’sha OT boshqaruvchi ostida ishlaydi.Shuning uchun ham, apparat platformasi atamasi bilan birga Dasturiy platforma atamasi ham ishlaydi. Bu atama ishlatilganda u yoki bu OT uchun yozilgan dastur to’g’risida gapirilganda u shu muhitda ishlaydi deb tushuniladi. Keyingi vaqtda Intel pratsessor asosida apparat platformasi va WIN OT dasturiy platformasi birgalikda bo’lganda Wintel platformasi atamasi ishlatiladi

Foydalanuvchi interfeysi


Foydalanuvchi va operatsion tizimning o’zaro muloqat har doim bir operatsion tizim uchun maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Bu qoidalar foydalanuvchi interfeysni tashkil etadi. Foydalanuvchining u yoki bu dasturiy tizimi bilan o’zaro muloqatli standart kelishuvlar qoidalari, usullari va vositalari majmuasi foydalanuvchi interfeys deyladi.
Operatsion tizim foydalanuvchi interfeysning quyidagi 3 ta ko’rinishi mavjud:

Foydalanuvchi matnli interfeysi


Foydalanuvchi matinli interfeysi MS DOS, Unix, Linux va boshqa operatsion tizimlarda ishlaydi.Bu operatsion tizim va foydalanuvchi o’rtasidagi muloqat dialog ko’rinishida amalga oshiriladi.Bu degani,operatsion tizim yuklangandan so’ng foydalanuvchining buyruq va ko’rsatmalari qabul qilishga tayyorligi haqida signal beradi. MS DOS operatsion tizim bu signal ekranga kiritishga taklif ko’rinishida bo’ladi. Odatda taklif > simvolidan iborat bo’lib, uning chap tomonida yordamchi xizmatchi ma’ lumot chiqishi, masalan biror disiq qurilmasi nomi, joriy vaqti va h.k.lar bo’lishi mumkin.
MS DOS operatsion tizimi bilan ishlash tajribasi, ko’pgina foydalanuvchilar uchun matinli muloqat murakkab va noqulay tuyulardi, chunki ish uchun zarur ko’p sonli buyruqlarni yozish qoidalarni eslab qolish kerakligini ko’rsatadi. Shuning uchun ham turli foydalanuvchiga OT bilan qulay muloqat yaratib beradigan qulay dasturlar ishlab chiqila boshladi. Bunday dasturlar qobiq dastur nomini oldi. OT ga yordamchi bo’lgan yordamchi dasturlar,OT ning hamma imkoniyatlari bilan ishlashini ta’ minladi va foydalanuvchi va OT muloqati stili va qoidalarini o’zgartirib yuboradi.
Shunday qilib qobiq dastur deb foydalanuvchi va OT o’rtasida qulay muloqatni ta’minlovchi dasturga aytiladi. Yana shuni ta’kitlash lozimki, qobiq dasturning o’zi emas , ular faqat qaysi OT lar uaratilgan bo’lsa o’shalar bilan bir galikda ishlaydi.
Turli qobiq dasturlar foydalanuvchining turli xil muloqatidan foydalanadi.Masalan,Norton Commander yoki For jadval interfeysdan foydalanadi. Bunda hamma buyruqlar yoki uning elementlari tayyor jadvaldan foydalanib tanlanadi,buyruq matin shaklida kiritilmaydi.Ammo jadval interfeysida matin interfeysidan foydalanish imkoniyati jadval ostidagi buyruq qatorini qo’shish orqali saqlab qolingan.
Grafik interfeys
Hozirgi vaqtda grafik interfeys ommaviylashib bormoqda , uning asosiy xususiyati dastur, qurilma, biror- bir harakat uchun tez esda qoladigan shartli belgilar ishlab chiqilgani. Foydalanuvchi kerakli begini ma’lum tarzda ko’rsatsa, OT shu belgi bilan harakatini bajaradi. Grafik interfeysi,hozirgi zamonaviy OT lari Win9x,Win NT/2000/XP uchun asosiy xisoblanadi.

Download 117.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling