Mavzu: Ma’lumotnoma, tarjimai hol, tavsifnoma, tavsiyanoma. Hujjatlarning xususiyatlari, zaruriy qismlari, tayyorlanish tartibi


Download 9.35 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi9.35 Kb.
#1336442
1   2   3
Bog'liq
10-mavzu Ma’lumotnoma, tarjimai hol, tavsifnoma, tavsiyanoma. H-fayllar.org

Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda-xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman ko‘p hujjatda adres yozishga to‘g‘ri keladi. Adres aksariyat hujjatlarning tarkibiy qismi-rekvizitidir. Adres. Pochta jo‘natmalari (xat-xabar, buyum va pul jo‘natmalari kabilar) ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma etib borish zarur bo‘lgan joy (qaerga), uni oluvchi shaxs yoki muassasa (kimga) nomi va jo‘natuvchi haqidagi ma’lumotlar (jo‘natuvchi adresi) ko‘rsatiladi. Kishi adres yozish bilan bolalikdanoq tanishadi, chunki uyiga xat yoki boshqa pochta jo‘natmalari kelganda, ular ustidagi yozuvga ko‘zi tushadi, o‘quvchilik yillarida esa do‘stlari yoki qarindosh-urug‘lari bilan xat yozishadi ,ulardan turli xil jo‘natmalar oladi va o‘zi yuboradi. Ana shunda adres yozishni, ya’ni xatjild (konvert) yoki boshqa jo‘natmalar ustiga ular etib boradigan joyning va oluvchining nomini, shuningdek o‘zi haqidagi ayni shunday ma’lumotlarni yozishni o‘rganadi. Buning ustiga, xatjildlar ustidagi yo‘naltiruvchi yozuv va belgilar ham adres yozuvchining ishini engillashtiradi.

Taklifnoma - biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot. Taklifnomaning zaruriy qismlari: nomi (taklifnoma). Matni: a)taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi ; b) taklif qiluvchi muassasaning nomi ; v) qanday tadbirga taklif qilinayotganligi. 3 .Tadbirning o‘tkazilishi sanasi va vaqti. 4. O‘tkazilish joyi. 5. Imzo (tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi), tadbir bir necha tashkilotlar tomonidan uyushtirilsa, taklif qiluvchilar nomi matnda alohida-alohida ko‘rsatiladi, lekin taklifnoma so‘ngida imzo o‘rnida tadbirni tashkil etuvchilarni ko‘rsatish shart emas. Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi mumkin.Taklifnomalar yozuv mashinkasida yoki bosmaxonada ko‘p nusxada tayyorlanadi.Taklif qilinuvchining ismi familiyasi taklifnoma turiga qarab qo‘yiladi.Rasmiy taklifnomalarda ismi va otasining ismi, familiyaning o‘zi (“nozima murodova”), to‘y taklifnomalarida taklif qilinuvchiga yaqinlik munosabatidan kelib chiqib, ismining o‘zi(“rahimjon aka”,”saidburxon aka”) yoki unga hurmatlovchi so‘zlar, unvonlar qo‘shib (“domla azizxon aka”, “professor rustamjon aka”) yozilishi mumkin. Taklifnomalar qanday tadbirga mo‘ljallanganligiga ko‘ra shakli va badiiy bezatilishi jihatidan turlicha tayyorlanadi.Taklifnomalar matni asosan 3-shaxs tilidan yoziladi va “….Taklif qiladi» yoki “…. taklif etadilar” tarzida tugallanadi

TAKLIFNOMA


Muhtaram (a)
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti va O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Sizni ulug‘ o‘zbek adibi
ABDULLA QODIRIY tug‘ilganining 112 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanga taklif etadi.
Ilmiy anjuman shu yil 12 yanvar ertalab soat 10.00 da Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining majlislar zalida boshlanadi (Akademik Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 9-uy, 2-qavat).

Download 9.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling