Mavzu: Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi Reja: Iqtisodiy xavfsizlik nima?
Download 79.22 Kb.
|
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi
Mavzu: Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi Reja: 1.Iqtisodiy xavfsizlik nima? 2. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi: uning ta’rifi va mazmuni. 3.Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning har tomonlama rivojlanishi garovidir 4. Mamlakat iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etuvchi ichki va tashqi tahdidlar KIRISH Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiyiqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarining muqaddimasida “xavfsizlik”, “barqarorlik” va “sobitqadam rivojlanish” kabi tushunchalar do’stlik va hamkorlikning ramzi ekanligi va “aynan ana shu tushunchalar har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor” yaratishi alohida ta’kidlab o’tilgan. SHuning uchun ham O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni, barcha sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida izchil siyosat olib bordi. Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida unga u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo’lib, shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqin va uzoqni ko’zlab, maqsadlar qo’yishda ularni hisobga olish kerak bo’ladi. Aks holda ushbu xavf-xatarlar real tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda, ijtimoiyiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtainazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo’nalishga ustuvorlik berish davlat va jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimlarning parokandaligiga olib kelishi mumkin. Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo’lgan halokatlar, dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda. AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro’y berib, keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlariga tarqalib, global xarakter kasb etgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz jahonning hech bir davlati xavf-xatarlardan kafolatlanmaganligini namoyon qildi. O’zbekiston ham integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir qismi sifatida jahon iqtisodiy inqirozining tobora kuchayib borayotgan salbiy oqibatlarini his etayotgani va bundan keyin ham his etishi2 Respublika Prezidenti I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida ta’kidlab o’tildi. Demak, globallashuv 1 Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbеkiston, 1997, 16-b. 2 I.Karimov «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari». Toshkеnt, “O’zbеkiston”, 2009, 31-b. 3 sharoitida mamlakatlarning milliy iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning dolzarbligi yanada ortib boradi. SHundan kelib chiqiladigan bo’lsa, iqtisodiyot sohasiga oid juda ko’p bilimlarni “xavfsizlik” tushunchasini hisobga olgan holda to’ldirish yoki tuzatish maqsadga muvofiqdir. Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar va tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Xavfsizlik masalalari qadimdan faylasuflar, iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan, Demokrit, Aristotel, Platon kabi allomalarni ham o’ylantirgan. XX asrda jamiyat xavfsizligiga bo’lgan zamonaviy qarashlarga V.Paretto va rossiyalik yirik olim A.Bogdanovlarning asarlarida asossolingan. «Xavfsizlik» tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, turlicha ma’noda talqin etiladi. SHunga qaramasdan ularda umumiy g’oya ham mavjud bo’lib, bunga ko’ra xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf- xatarlardan himoyalanish, kafolatlanish ma’nosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potensial yoki real kuch, omil hisoblanadi. Download 79.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling