Mavzu: mamlakatimiz jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda xotin-qizlar sportini o’rni reja: Kirish
Xotin -qizlarni sport mutaxassisligiga jalb qilish muammolari
Download 106.61 Kb.
|
20 soh
4.Xotin -qizlarni sport mutaxassisligiga jalb qilish muammolari.
O’zbekiston respublikasining jahonda go’zal lobar xotin-qizlari bilan slohida o‘rni borligi va bunday hulosa chiqarishmiz tarixiy manbalarda o‘z aksini topganligi bilan ahamyatlidir. O‘zbekistonda tarixiy siyosiy jarayonlaridan ma’lumki, unda xotin-qizlar erkaklar bilan tengma-teng turli jabhalarda mehnat qilib, bolalarni ham barkamol qilib tarbiyalab kelgan. Shuning uchun To‘maris, Barchinoylar tog‘risida halqimizning og‘zaki ijodida hikoya va rivoyatlar bitilgan. O’zbekistonda xotin-qizlar o‘rtasida jismoniy madaniyat mutahasislarning tayorlashdan qarib 50 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsada, xotin-qizlarimiz hech kimdan kam emasligi anglagan davlatimiz rahbari “xotin-qizlar sport foliyati” deb nomlangan shifr asosida deyarli hamma viloyatlarda mutahassis kadrlar tayyorlashga kiritildi. Bu masalaga bunday yondashish nima uchun kerak degan savol tug‘ildi. Darxaqiqat millatimizning yarmidan ko‘pini turli yoshdagi o‘zbek xotin-qizlarimiz deb bilsak, ular hamma vaqt har qanday qiyinchliklar bo‘masin o’zlarini mashqatli mehnatlari bilan boshqa ovrupa millatiga mansub bo’gan xotin-qizlaridan ustun ekanligini ko’ramiz bu masalaniong bir tomoni, masalaning 2- asosiy tomoni shundan iboratki bilim maskanlarida taxsil olayotgan xotin-qizlarmizning aksaryat qismi noqulay bo‘gan sport formasini kiyib jismoniy madaniyat darsi qatnashchilariga o‘zbekona sharim-hayo kuchli bo‘lganligi tufayli uyalib yuradilar. Shuning uchun bugungi kunda davlatimiz siyosati shuki, milliy xotin-qizlardan madaniyat sport hodimlarini iloji boricha ko‘proq tayyorlab ularning umumta’lim maktablarga ishga yo‘llash kabi umummilliy g‘oya yotadi, nimaga desangiz xotin-qizlarni aynan turli turli sportga jalb qilish yoshlik davridan amalga oshirilib borish kerak shu bilan bir qatorda, bilim maskanlarida xotin-qizlarni alohida guruh tashkil qilib ular bilan xotin-qizlardan iborat bo‘lgan o’qituvchi dars o‘tish kerak bo‘ladi. Masalaga bunday yondashish davlat ahamiyatiga ega, chunki yoshlar salomatligi omili xalq ho‘jaligi uchun ishchi resuslar zahirasini tayorlashning asosi hisoblanadi. Hozirgi kunda o‘quvchi va talaba yoshlar salomatligida jiddiy kamchliklar aniqlangan. Ayniqsa, maktabni bitirish oldidan yoshlar salomatligining yomonlashishi kuzatimoqda. Bunga yoshlarning kam harakatchanligi sabab bo‘lmoqda. Kam harakatchanlik semizlik, diabet, nevroz, yassi tovonlik qomatning buzilishi kabi kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Jismoniy tarbiya yoshlarning harakat faolligini, salomatligini saqlash va mustaxkamlashda muxim hisoblanadi. Shuning uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha kompleks dastur o‘sib kelayotgan avlodning har tomonlama rivojlanishiga, salomatlikni mustahkamlashga, o‘quvchilarni ish qobiliyatini o‘sishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ayni paytda shuni ham aytib o‘tish lozimki, pedagogika sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning vositalari usullari va medodik ko‘rsatmalarini ishlab chiqishga e’tibor berish muximdir. Bundan tashqari, inson salomatligini asrash va mustaxkamlashga, jismoniy mashg‘ulotlardan oladigan qoniqishiga bo‘lgan extiyojini, uning qiziqishlarini ham e’tiborga olish kerak. Yoshlarni jismonan tarbiya qilishda individual yondashuv sog‘lamlashturuvchi jismoniy tarbiya pedagogik tizimning asosiy yo‘nalishiga aylanish kerak. Shu munosabat bilan inson barkamollikni kompleks baholash yordamida individual imkoniyatlarni diagnostika qilish jismoniy yetuklikka erishishning asosi bo‘lishi lozim. Ayni paytda, jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorgarlik-bularning barchasi muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarning natijasidir. Bundan inson o‘z salomatligining mustahkamlanishi jihatidan qoniqish hosil qiladi. Bu esa o‘z navbatida uning jismoniy aqliy faoliyatini oshiradi, natijada o‘quv va mehnat faoliyatining unumdorligi oshadi. Shunday qilib, salomatlikka valeologiya nuqtai nazaridan qarash kerak. Chunki valeologiya insonning jismoniy barkamolligi, harakatsizlik va zararli odatlar natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli kasalliklarni oldini olishga sabab bo‘luvchi jismoniy tarbiya shakllari, usul va vositalari haqidagi fandir. Jamiyat taraqqiyoti va oilada ijtimoiy-tarbiyaviy ishlarni yuritishda onalarning hissasi yuksak darajada ekanligini inkor qilish mumkin emas. Ayniqsa mustaqillik sharoitida bolalami oilada tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar tobora ko‘paymoqda. Buning u yoki bu darajadagi sabablari mavjuddir. Respublikamizda "Sog‘lom ona-sog'lom bola" shiori mazmun va mantiq jihatdan har bir oilaga chuqur singib bormoqda. Xotin-qizlar, ayniqsa onalarga berilayotgan turli imtiyozlar, g‘amxo‘rliklar, eng avvalo onalarning sog‘lom bolishi ulardan sog‘lom farzandlar tug‘ilishi va eng kichik yoshdan boshlab bolalami sog‘lom qilib o‘stirish davlat dasturlari mazmunida o‘z ifodasini topganligi muhim ahamiyatga egadir. Sog‘lom ona va sog‘lom bolalarning bo‘lishida tibbiy xizmatlarning o‘rni ustuvordir. Shu bilan birgalikda shifokorlar, pedagoglar va mutaxassislarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish haqidagi nazariy va amaliy tavsiyalari ham har qanday dori-darmonlardan baland turadi, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki sog‘lom tanadagi barcha a‘zolarni, ayniqsa harakatga keltiruvchi bo‘g‘inlar, suyak va mushak tizimlari faol harakatlarga doimo muhtojdir. Ularni ta’minlovchi jismoniy mashqlar (gimnastika, sport, o‘yinlar, sayohat va h.k.) nafas olish, qon aylanish, ovqatni hazm qilish va boshqa ehtiyojiy faoliyatlarning vazifalarini (funksiya) rivojlantiradi. Bularning barchasi ma‘lum bo‘lgan umumiy tushunchalardir. Asosiy maqsad va vazifalar esa mahalliy millat xotin-qizlari, ayniqsa o‘quvchi va talaba-qizlarning jismoniy barkamolligini tarbiyalash, sog‘lom onalikka tayyorlashda olib boriladigan eng muhim tadbirlar haqida ba‘zi mulohazalarni bildirish, tavsiyalar berishdan iboratdir, ya‘ni: 1. Barcha tur va toifalardagi o'quv muassasalarida jismoniy tarbiya dasrlarida xotin-qizlar uchun umumiy va maxsus mashqlarning berilishi shug'ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda barkamollikka yo'naltirishga qaratilgan. 2.Sog‘lom avlod davlat dasturi asosida "Barchinoy" maxsus testlarining sihat-salomatlikni saqlash, jismoniy barkamollikni tarbiyalash, mehnat qobiliyatni oshirish va vatan oldidagi turli rasmiy, maxsus xizmatlarni puxta bajarishga qaratilgan. 3.O'quv yurtlaridagi sport to‘garaklari, terma jamoalar, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida (barcha tur va toifalar) xotin-qizlar jamoalari (komanda), guruhlarning tashkil etilishi faqat sport natijalariga erishish bilan chegaralanmasdan, balki kelajakda sog‘lom ona bo‘lishga ham qaratilgan. 4.Sport inshoatlari, shaxsiy uylar, shifoxona, poliklinika va boshqa sohalarda xotin-qizlar uchun sog‘lomlashtirish markazlarining ish faoliyatini tashkil qilish, ularga bo‘lgan e’tiborning belgisidir. 5.Xotin-qizlar spartakiadalari, To'maris o'yinlari Respublika festivallari, sog‘lom oila, otam, onam va men kabi shakllardagi sport o'yinlari, musobaqalar xotin-qizlar sportni kengaytirishga qaratilgan. Ta‘kidlash lozimki, bunday ulug‘vor va o‘ta zarur tadbirlar faqat Respublika, viloyat va shahar miqyosidagina olib borilmoqda. Aholi zich yashaydigan qo‘rg‘on, yirik qishloqlarda bu kabi tadbir Navro'z, kasb-hunar kuni va hosil bayramlaridagina qo‘llaniladi. Jizzax, Samarqand va Sirdaryoda olib borilgan kuzatishlar, suhbatlar va musobaqalarning taxlil natijalari shuni ko‘rsatadiki: -o‘quv muassasalarida tashkil etilayotgan sport musobaqalarida qatnashuvchi qizlar ham talab darajasida emas (5-10%); -yengil atletika turlari, "Barchinoy" maxsus testlarining me‘yoriy talablarini bajaruvchilar jamoalarda 5-10% dan oshmaydi; - shahar-tuman, viloyat miqyosidagi "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" ko'p bosqichli sport musobaqalari va sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan birinchiliklarda ishtiroq etayotgan qizlar sport razryadi (dorojka) talablarini bajara olishmaydi; - bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, ba‘zi terma jamoalarda (kurash, sharqona yakka kurashlar, tennis, badiiy gimnastika va h.k.) mahalliy millat qizlarining shug‘ullanishi quvonchli voqeylikdir. Shuningdek yirik shaharlarda ertalab o‘yin maydonlari va hiyobonlarda yugurayotgan qizlar, ayollarga duch kelish mumkin. Lekin bular "Dengizdan tomchi" degandek, ya’ni 100 dan bir, ba’zi joylarda esa 1000 dan bir-ikki kishiga to‘g‘ri kelishiga gumon bo'lmasa kerak. Bunday salbiy holatlarni so‘rov va suhbatda qatnashgan ayollar, o‘quvchi qizlar quyidagicha ifoda etadilar: Ayollar: -ertalab yoki bo‘sh vaqt topib gimnastika qilish yoki jismoniy tarbiyaning u yoki bu turi bilan shug‘ullanishga odatlanmagan (75%); -O'quvchilik yoki talabalik davrlardagi o‘rgangan o‘yin-mashqlar x^'lr! allaqachonlar chiqib ketgan, qolaversa ularni bajarish uchun uy sharoiti imkoniyatlar (jihozlar, oila a‘zolarining munosabati va h.k.) yo‘q hisobi (60%); -Ko‘cha, hiyobon yoki maxsus o‘yin maydonlariga chiqib mashq-o‘yin bajarish mahallliy millat ayollariga xos xususiyat emas (75%); -mahalla (qishloq) sharoitida xotin-qizlar uchun sog‘lomlashtirish markazlari joylar) tashkil etilmagan, sharoitlarga qarab mashq-o'yinlarni tashkil qiluvch; mutasaddi xodim va mutaxassislar yo'q (80%); -uy yumushlari (ovqat tayyorlash, kir yuvish, bolalarga qarash va h.k.) do‘kon-bozorlarga borib xarid qilish ham badantarbiyadan qolishmaydi (60%); -milliy urf-odatlar ayollarning hovli, ko‘cha, hiyobon va o‘yin maydonlarida erkin ravishda mashq-o‘yin bilan shug‘ullanishlarini ep ko‘rmaydi (75%). Bizning fikrimizcha bu sabablarda ba‘zi ijobiy va ko‘pgina salbiy tushunchalar mavjud. Ya‘ni ko‘pchilik ayollar odam tanasidagi harakatchanlikni ta‘minlash, a‘zolarning fiziologik va kimyoviy hamda biomexanik xususiyatlari, vazifalari haqida to‘la tushunchalarga ega emas, deb xulosa qilish mumkin. O‘quvchi va talaba-qizlar: -uy sharoitida ertalab gimnastika bilan shug‘ullanishga uyaladi (ota-onalar, aka-opalar, bobo-buvilar) kulishadi (60%); -maktab sharoitida sport bilan shug‘ullanishga ota-onalar ruxsat berishmaydi (50%); -o‘quv va yashash muhitida sevimli sport turi (badiiy gimnastika, badminton, tennis, voleybol va h.k.) bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilmagan, mashg‘ulotlarni olib boruvchi xotin-qizlardan o‘qituvchi-murabbiy yo‘q (45%); -yugurish, sakrash, basketbol, qo‘l to‘pi va boshqa turlar boְ‘yicha darslarda o‘g‘il bolalar masxara qilishadi (35%) yoki boshqacha nazar bilan qaraydi (30%), bu holatlar qizlarning erkin va qiziqish bilan shug‘ullanishlariga salbiy ta‘sir etadi (60%). Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mahalliy millat qizlarini sportga jalb etishda salbiy ta‘sir etuvchi muammolar oz emas. Shu sababdan o‘zbek qizlaridan olimpiya o‘yinlari, gimnastika, yengil atletika, suvda suzish, sport o‘yinlari turlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlari, jahon birinchiliklarida ishtiroq etuvchilar yo‘q ekanligi achchiq haqiqatdir. O‘zbek milliy kurashi, futbol, shahmat, sharqona yakka kurashlar bo‘yicha mahalliy millat qizlaridan tarkib topgan jamoalarning (komanda) mavjudligi e‘tiborga molikdir. Ularga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlarni gimnastika, yengil atletika, suvda suzish kabi eng zarur sport turlariga ham qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xulosa: Mamlakatimizdagi sportga ayniqsa, xotin-qizlar sportiga berilayotgan e’tibor albatta taqsinga loyiq. Albatta, har bir rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatning taraqqiyot negizida shu yurt yosh avlodining aqliy va jismoniy taraqqiyotga erishishi sabab bo‘ladi. Yosh avlodni yetuk, barkamol, aqliy,ruhiy va jismoniy jihatdan rivojlanishining bosh omili onalar, bo‘lsada xotin-qizlarning sog‘lom va aqlan yetuk bo‘lishi hisobiga amalga oshadi. Shu sababli, har bir mamlakat taraqqiyot yo‘lini o‘ziga ustuvor vazifa sifatida qo‘yar ekan, xotin-qizlarning salomatligi, ularning aqliy va ruhiy holatini yaxshilashga doir dasturlar ishlab chiqar ekan, ularning sog‘liq darajasini normallashtirish, jismoniy imkoniyatlarini oshirish va muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun ham yetarli shart-sharoitlar, xotin-qizlar sportini rivojlantirish uchun alohida qaror yoki farmonlar ishlab chiqishi zarur bo‘ladi. Zeroki, xalqimizdagi ajoyib naql “Sog‘lom ona-sog‘lom bola” shoiri naqadar o‘rinli ekanligi bugungi kunda xotin-qizlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari dolzarb vazifa ekanligini ayon qilib turadi. Mamlakatimizda ham mustaqillikdan so‘ng, dastlabki e’tibor qaratilgan sohalardan biri bu sportni rivojlantirish bo‘lganligi va hozirgi kunda bir necha o‘nlab qonun, qaror va farmonlar ishlab chiqilganligi yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga e’tibor qanday darajada ekanligiga amin bo‘lish mumkin. Xotin-qizlar sportiga ham alohida e’tibor qaratilayotganligi albatta har bir insonni ayniqsa, xotin-qizlarni hursand qilmasdan qolmaydi. Har bir viloyat, tuman yoki shaxarlarda bittadan xotin-qizlar uchun alohida sport majmuasi qurilayotganligi, Oliy ta’lim tizimida “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishlari negizida har bir pedagogika institute yoki universitetlarda “xotin-qizlar sporti” yo‘nalishlari ochilganligi va alohida kvotalar ajratilganligi. Xotin-qizlar uchun alohida 4% li kvota uchun grantlar ajratilayotganligi va sport soxasida ham barcha sport turlarida xotin-qizlar shug‘ullanishi uchun sharoitlar yaratilgani har bir shu vatan fuqarolarini hursand qilmay qolmaydi, albatta. Maxsus ayollar sport jamoalari atshkil etilayotganligi ham shu yurtda hukumat qaratayotgan va yaratib berayotgan imkoniyatlarga xotin-qizlarning ham berayotgan javobini ko‘shimiz mumkin. Misol qilib aytadigan bo‘lsak , mustaqillik avvaliga qaraganda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi xotin-qizlarning soni 5,4 barobarga , ular tomonidan qo‘lga kiritgan xalqaro maydonlardagi medullar soni 8,7 barobarga oshganligi yurtimizda xotin-qizlar sportiga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘ri amalga oshirilayotganligi va bu imkoniyatlardan yurtimizdagi sportchi xotin-qizlar samarali foydalanayotganligini ham ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda aytadigan bo‘lsam, men o‘zim ham yoshlikdan sportga qiziqganligim boisdan 9 yoshimdan sportning futbol turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanaman. Hozirgi kunda “Bunyodkor-w” ayollar futbol jamoasida to‘p suraman. 4 yildan beri professional futbol bilan shug‘ullanish jarayonida “AGMK-w” va “Bunyodkor-w” jamoalarida to‘p surdim. Mamlakatimizda sportga, jumladan ayollar sportiga berilayotgan imkoniyatlarni anyan sport miqyosda bevosita ishtirokchisi sifatida ayta olishim mumkinki, so‘nggi yillarda xotin-qizlar sportiga berilgan imkoniyatlar yaxshi tashkil qilinmoqda. Professional futbolchilik faoliyatim davomida O‘zbekiston kubogi g‘olibasi, O‘zbekiston superkubogi kumush medal sohibasi va O‘zbekiston ayollar chempionati bronza medal sohibasi bo‘lganman. Xotin-qizlar sportini rivojlantirishning asosiy negizi deb men albatta, ayol murabbiylar yoki mutaxassislarni ko‘payishi deb bilaman. Ayol mutaxassislarni ko‘paytirish ularni malakali mutaxassis qilib chiqarish uchun alohida seminarlar, murabbiylik kurslari tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Chunki, Ayol mutaxassislar ayol yoki qiz sportchilarni fiziologik, emotsional, ruhiy jihatdan tushuna olish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi va bu bizning uzoq yillik mentalitetimiz nuqtai nazaridan olib qaraganda ham zarur ekanligini ko‘rishimiz mumkin. O‘zim ham kelajakda o‘z soham bo‘yicha faoliyatni davom ettirishni maqsad qilganman. Hozirda Chirchiq davlat pedagogika institutida sport fakultetining “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi 2-bosqichida taxsil olmoqdaman. bitirganimdan so‘ng, futbol murabbiyligi bo‘yicha o‘quv kurslariga qatnashib murabbiylik ruxsatnomasini olishni maqsad qilganman. Ta’lim tizimida ham 8-sinfdan boshlab qizlar va o‘g‘il bolalarning jismoniy tarbiya darslarini alohida tashkil qilinishi ham qizlarning jismoniy mashqlarni bajarishlarida erkinlikni beradi, chunki qizlarning psixik dunyoqarashi va uyatchangligi sababli ham ko‘plab qizlarning jismoniy tarbiya darslariga qatnashmasligi yoki erkin bo‘la olmayotganligi sabab xotin-qizlarning jismoniy rivojlanishi sust darajada bo‘lmoqda. Bu mavzuni o‘rganish va shu jarayonning a’zosi sifatida xotin-qizlar jismoniy tarbiya va sportini yaxshilash uchun shunday xulasalar yuzaga keldi: -xar bir maktablarda 2 tadan sport zallari qurilishi va jismoniy tarbiya darslari jins toifasida (8-sinfdan boshlab) alohida tashkil etilishi; -har bir tuman(shahar), mahalla va qishloqlarda ayollar uchun fitness-clublar va sport majmualari tashkil etish; - ayol mutaxasssislar soni va sifatini yaxshilash uchun o‘quv kurslari tashkil qilish; - oliy ta’lim soxasida xotin-qizlar sporti yo‘nalishlariga qabul sonini oshirish va ularning o‘quv faoliyatini sifatli tashkil etish; - ayol mutaxassislarga xaq to‘lash jarayonida ustama va bonuslarni turi va miqdorini ko‘paytirish; - tug‘ruqoldi va tug‘ruqdan so‘ng ayollarning tiklanish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilish uchun maxsus fitness va yoga klublari sonini hamda mutaxasssilarini sonini ko‘paytirish; -xotin-qizlar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish uchun tadqiqot ishlari va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar sonini ko‘paytirish va tadqiqot ishlarini olib boruvchi olimlarga yetarli sharoitlarni yaratib berish kerak. Download 106.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling