Mavzu: mamlakatimiz jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda xotin-qizlar sportini o’rni reja: Kirish
Download 106.61 Kb.
|
20 soh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Kirish
MAVZU: MAMLAKATIMIZ JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI RIVOJLANTIRISHDA XOTIN-QIZLAR SPORTINI O’RNI Reja: Kirish 1. O’zbekistonda xotin-qizlarni salomatligi va turmush madaniyatini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati 2. O’zbekistonda xotin – qizlarni jismoniy tarbiya hamda sportga jalb etish 3.Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida ayol mutaxassislarni tayyorlash 4. Xotin -qizlarni sport mutaxassisligiga jalb qilish muammolari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Kirish O‘zbekiston mustaqillikga erishganidan so‘ng, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda xotin-qizlar sportini rivojlantirish va ayollar salomatligini mustahkamlash uchun ommoviy sportni rivojlantirish hamda ayollar va qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish larine ta’minlash uchun hukumatimiz tomonidan bir qator qonun va qarorlar, farmonlar ishlab chiqilib, amalda joriy qilingan. 2015-yil 4-sentabr kuni qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiriitish haqidagi O‘RQ-394-sonli qonuni va 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommoviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ-3031-sonli qarorida, 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommoviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmonida yurtimizda sportni yanada rivojlantirish va ommaviy sportni keng targ‘ib etish, jumladan xotin-qizlar sportni rivojlantirish va sport bilan mumtazam shug‘ullanuvchi xotin-qizlar masalalari alohida e’tibor jalb etgan .Jumladan PQ-3031-sonli qarorda “xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Nafosat shiori ostida” sport musobaqalarini jalb etish, xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan 4 bosqichli “Ayollar festivali” sport musobaqalari tashkil etilmoqda: 1. Mahalla miqyosida 2. Tuman(shahar) miqyosida. 3. Hududlar miqyosida. 4. Respublika miqyosida Bu kabi ayollar va qizlar o‘rtasida tashkil qilinadigan sport musobaqalari va tadbirlar yurtimiz aholisi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini va dunyoqarashlarini shakllantirish asosiy masala bo‘lib qolmoqda. Ya’ni bugungi kundagi mamlakat axolisining 49,2 % qismini tashkil qiladigan xotin-qizlarning aqliy, psixologik va jismoniy tayyorlashda jismoniy tarbiya va sportning nechog‘lik axamiyatli ekanligi barchamizga kundek ravshan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yuzga yaqin sport maktablari, klublari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib olis hududlarda ham zamonaviy sport inshootlarini qurilishlari natijasida bir necha minglab sport majmualarida millionlab axoli va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Jumladan, mustaqillik yillarida 14 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarning bor yo‘g‘i 3.4% qismi sport bilan muntazam shug‘ullangan bo‘lsalar, bugunga kelib bu raqam 10,3% ni tashkil etadi. Mustaqilikning dastlabki 5 yillida yurtimiz sharafini jahon arenalarida himoya qilgan xotin-qizlarning yutuqlari ham 343 ta medaldan, 2015-2019 yillari 1567 ta medalga yani mos ravishda deyarli 5 barobarga oshganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu natijalar bejizga sodir bo‘lganligi yo‘q albatta. Sog‘lom avlodni tarbilalash uchun, yoshlarni aqliy va jismoniy rivojlanishini yaxshilash uchun ayollarga e’tibor berish lozim ekanligi hukumat siyosati darajasiga yetdi. Buning misolida, 1999-yilni “Ayollar yili”, 2000-yilni “Sog‘lom avlod yili”, 2001-yilni “Ona va bola yili” yili deb nom berilishi va bu yillarda “Sog‘lom ona-sog‘lom bola” shiori ostida xotin-qizlarni sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni muntazam sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Yosh avlodni sog‘lom qilib tarbiyalab voyaga yetkazishdek muhim ma‘suliyat eng avvalo onalar zimmasidadir. Bu o‘z navbatida onalar va bolalarning salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatish, sog‘lom turmush tarzini ta‘minlashdek keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Shu asosda bog‘cha, umumta‘lim maktablar, akademik-litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta‘lim muassasalarida jismoniy madaniyat, sog‘lomlashtirish-sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Bolalar tarbiya muassasalari, barcha turdagi ta‘lim muassasalari, ayniqsa oila va mahallalar sharoitida xotin-qizlar sportini ommalashtirish muammolari ham mavjud. Ularni hal etishda eng zamonaviy sport maydonlari, zallari, suv havzalarini kengaytirish, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash, sog‘lomlashtirish sport markazlarining tarmoqlarini ko‘paytirish, trenajer va turli texnik vositalar bilan ta‘minlash zarur bo‘ladi. Bunda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘arma uyushmalari, sport tashkilotlari, mutasaddi vazirliklar, homiylar yaqindan turib amaliy jihatdan yordam berishlari zarur bo‘ladi. «Sog‘lom ona-sog‘lom bola-yurt boyligi, el tinchligi» ekanligini barcha kishilar chindildan his etishlari va bu sohalarda faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. Bunday ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlarni barcha kasb-hunar hamda ixtisoslikdagi o‘quvchi-talaba yoshlar sidqidillik bilan o'zlashtirishlari, amaliy jihatdan ko‘maklashishlari lozimdir. Takidlash lozimki, umumta‘lim maktablar, akademik-litseylar, kas kollejlari, turli xil o‘rta maxsus va oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan 7 mln. yoshlarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularning 75-80% mahalliy millat vakillaridir. Bu juda quvonarli dalil va voqeylikdir. Lekin ular jismonan zaif, kasalmand, tug‘ma nogironlar ham oz emas. Jismoniy madaniyat darslarida muntazam shug‘ullanuvchilarning 50-60% dastur talablarini o‘z vaqtida o‘zlashtirib ola olmaydi yoki keyinchalik ham to‘la bajara olishmaydi. Barcha turdagi ta‘lim muassasalarida tashkil etilgan sport to‘garaklarida muntazam shug‘ullanuvchilar umumiy qizlar soniga nisbatan 5-10% dan oshmaydi, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” va boshqa turli sport musobaqalarida faol ishtirok etuvchi xotin-qizlar soni 25-30 % atrofidadir. Ayniqa «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari bo‘yicha tayyorgarlik; mashg'ulotlari hamda musobaqalarida bevosita qatnashayotganlar soni ham sifati (texnik natijalar) qanoatli darajada emas. Bularning ob'ektiv va sub'ektiv sabablari juda ko'p. Eng achinarli tomoni shundaki, o‘zbek qizlari, ayniqsa-qishloq sharoitlarida «jismoniy madaniyat» darslari, to‘garak mashg‘ulotlari hamda sport musobaqalarida zo‘rma-zo‘raki shug‘ullanadilar, ya‘ni «qoniqarli» baho olish uchungina qatnashadilar. Bu o‘z navbatida jismoniy madaniyat va sportning salomatlik; jismonan rivojlanish, chiniqish kabi tarbiyaviy jarayonlarni yaxshi bilmaslikni oqibatidir. Bularning sabablaridan biri ota-onalarning tazyiqi va voyaga yetgan qizlaming sport kiyimlarida o‘g‘il-yigitlar oldida shug‘ullanishga uyalishidir. Lekin zamonaviy madaniy jihatdan rivojlanib borayotgan qizlar bunday holatlarga unchalik e’tibor berishmasligi amalda sinalmoqda. Ular sportda yaxshi natijalarga erishmoqda. Bu yo‘lda kurash, suzish, gimnastika, yengil atletika, ayniqsa sharqona yakka kurash bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklar, markaziy seksiyalar, sport maktablarida shug‘ullanayotgan o‘zbek qizlarini ko‘z oldiga keltirishning o‘zi kifoyadir. Download 106.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling