Мавзу: маънавий маданият таркибида диннинг ўрни


II BOB. ISLOM DININING ShARQ MA’NAVIY MADANIYaTIDA TUTGAN O’RNI VA ROLI


Download 110.18 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi110.18 Kb.
#1414347
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti «ijtimoiy iqtisodiyot» fakulteti

II BOB. ISLOM DININING ShARQ MA’NAVIY MADANIYaTIDA TUTGAN O’RNI VA ROLI


    1. Islom osoyishtalik, bag’rikenglik va oliyjanoblik dini.

Islom dini asrlar davomida O’rta va Yaqin, Sharq mamlakatlari, jumladan O’rta Osiyo mintaqasida yashab kelgan xalqlarning nafaqat diniy e’tiqodi, balki turmush tarzi, milliy urf-odatlari, ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismini tashkil etib, ezgulik manbai sifatida xizmat qilib kelgan. Islom ta’limoti, uning ma’naviy- axloqiy qadriyatlari dindorlar va umuman dindor bo’lmagan kishilarning qalbiga yaxshilik, poklik, halollik hissiyotini singdirishga, insoniylikka xos odob-axloqni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, bugun ham bu vazifasini ado etib kelmoqda.
Islom dini tarqalgan mintaqalarda uning oliyjanoblik o’gitlari tenglik, bag’rikenglik osoyishtalik g’oyalari keng yoyilib, odamlar qalbiga chuqur singib ketgan va shaxs ruhiyati va ma’naviy dunyosini boyitishda muhim omil ekanligi ravshan. Shuningdek, islom bilan kirib kelgan arab tili va yozuvi O’rta Osiyoda ilm-ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishida sezilarli ta’sir yetkazgan, xususan ilmiy tadqiqotlar arab tilida yozilgani ma’lum.
Islom, uning qadriyatlari inson va jamiyatni ma’naviy poklanishida yo’l ochadi. Zero, islom ta’limotida ezgulik va poklikka da’vat etuvchi, inson ruhiyatiga ko’tarinki ta’sir qiluvchi boy ma’naviy o’gitlar bisyor. Islomiy qadriyatlarni tadqiq etish, real hayotdagi, xususan mustaqillik sharoitida uning ahamiyatni o’rganish bugungi kun talabidir. Shu bois Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edilar: «Biz musulmonchilikning ulus madaniy qadriyatlari huquqini qayta tikladik. Binobarin, qalbimiz bu bebaho xazinani chuqurroq idrok qila borgani sayin, xalqning hayoti ma’naviy jihatdan boyroq va axloqiy jihatdan pokizaroq bula boradi»1.
Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston xalqlari hayotiga islomning kirib kelishi odamlarning ma’naviyatini boyib borishiga, ruhiyatining baquvvat va axloq-odobining ibratli bo’lishiga xizmat qilgan. Islom ta’limoti manbalariga tayanib, ulkan kashfiyotlar qilgan va islomning mazmun-mohiyatini


1 Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. T.3, T, «O’zbekiston», 1996, 285-bet.
mukammallashiga salmoqli hissa qo’shgan allomalar va muhaddislar yetishib chiqqan, ularning boy merosidan xalqimiz bahramand bo’lgan.
Buyuk allomalar – Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810- 870), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (820-892), Abu Mansur al- Moturudiy (vafoti 945). Burhoniddin al-Marg’inoniy (1123-1197), Mahmud Zamahshariy (1075-1044), Imom Abul Mo’min an-Nasafiy (1027-1114), Xoja Ahmad Yassaviy (1041-1167), Najmiddin Kubro (1145-1221), Xoja Abduxoliq ibn Abdujamil G’ijduvoniy (1103-1179), Bahouddin Naqshband (1318-1389) Islom ma’naviy ta’limotining yuksalishi, uning musulmon olamida nufuzini oshirishga juda katta hissa qo’shganlar. Ularning diniy – falsafiy qarashlarida dunyoviy, insoniy mazmun va fikrlar yuqori darajada yoritilgan, Qur’oni Karim va Hadisi sharifning ma’naviy-ma’rifiy mazmuni, shariat axloqiy-huquqiy ko’rsatmalarining bayoni ifodasini topgan. Bu ulkan ma’naviy va diniy-falsafiy meros shaxs ma’naviyati va madaniyatining shakllanishida xizmat qilib kelmoqda. Buyuk allomalar boy merosi tufayli islom ta’limotining osoyishtalik, oliyjanoblik va bag’rikenglik mazmun va g’oyalari musulmon olamida keng tarqalgan.
Islom ta’limoti mahalliy xalqlarning o’z milliy madaniyati, urf-odatlari va marosimlarini bajarishini ayniqsa hanafiya mazhabi taqiqlamagan, islomiy qadriyatlar bilan milliy qadriyatlar yonma-yon rivoj topib uyg’unlashib borgan.
Islom o’z mazmun mohiyati bilan unga e’tiqod qiluvchi odamlarning millati, irqi, yoshi, jinsidan qat’iy nazar yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalaydi. Insonparvarlik, adolat, halollik, poklik, kamtarlik, sabr-toqat, qanoat, shukronalik, boshqa dinlarga ehtirom, oliyjanoblik kabi insoniy fazilatlarini targ’ib etuvchi tamoyillar fuqarolik jamiyatini qurilayotgan mamlakatimizda, milliy g’oyani shakllantirish mazmuniga hamohang bo’lib xizmat qiladi. Islomning bunday oliyjanob tamoyillari va kishilarning dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Islomning kishilar turmush tarzi, urf-odati, milliy xususiyati, ijtimoiy hayoti bilan chambarchas bog’liqligi odamlar o’rtasida hamdardlik, hamkorlik, birodarlik mehru shafqatlikni tarbiyalaydi. Islom ta’limotida dinlararo totuvlikka alohida
e’tibor berilgan, diniy e’tiqodga majburlab kiritishga yo’l qo’ymilmagan. Qo’r’onning «Baqara» surasida shunday deyilgan: «Dinga zo’rlash yo’q, zero, to’g’ri yo’l yanglish yo’ldan ajrim bo’ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar)ni inkor etib, Allohga iymon keltirsa, demak, u mustahkam xalqani ushlabdi» (2:256). Islom ta’limotida majburlash yo’q. Bu jihatdan «Hanafiya» mazhabi o’zining demokratik tamoyillari bilan dindorlarga erkinlik beradi, dinga e’tiqod qilish tabiiy ehtiyoj asosida amalga oshadi. Undagi ezgulik va poklikni targ’ib etuvchi g’oyalari odamlar qalbiga chuqur o’rnashadi. Islom paydo bo’lgan dastlabki davrlarda ham Arabiston Yarim orolida turli dinlar mavjud edi. Ana shunday sharoitda har bir dinning o’ziga xos mavjudligi, rivojlanishi uchun diniy bag’rikenglik tamoyili bor edi. Qur’oni Karimning «Kofirun» surasida bunga to’g’ri javob berilgan. Ya’ni unda: «Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim mening uchundir» deyilgan»1.
Shaxs ma’naviy axloqiy kamolotining yuksalishida hadisi sharif g’oyalari va shariat ko’rsatmalarida adolat va insof, insoniylik, to’g’rilik hayotiy qoida va talablar o’z ifodasini topgan. Bunda islomga e’tiqod qiluvchi shaxs ma’naviyatining to’g’ri yo’nalishda borishi bayon etgan va asrlar davomida diniy va milliy qadriyatlarning uyg’unlashuvi inson va jamiyatning ma’naviy tiklanishiga xizmat qilgan. Tinchlik, osoyishtalik muammosi hozirgi zamonda global mazmunga ega. Tinchlik, barqarorlik insoniyat tarixida, uning taraqqiyotida bosh omil hisoblanadi. Olimlarning tadqiqotlariga binoan jahon tarixida qariib 16 ming marta urushlar bo’lib, yer yuzi aholisining yarimini o’limiga sabab bo’lgan. Shu bois sayyoramizdagi hayotni saqlash har bir kishi, butun insoniyatning oliy darajasidagi burchidir. Shuning uchun ham bu xayrli faoliyatdan dunyodagi har bir vijdonli inson, shu jumladan barcha dinga e’tibor qiluvchilar va diniy tashkilotlar ham o’zlarini chetga olmayaptilar. Bu sohada jahon dinlarining hissalari kam emas.
Islom – tinchlik dinidir. Islom paydo bo’lishi sabablaridan biri ham arab qabilarlari o’rtasidagi nizolarga barham berish, ularni yagona din, yagona xudo-


1 Qarshiyev Sh. Ma’naviyat va islomiy qadriyat. Samarqand, «Zarafshon», 2010, 75-bet.
Allox g’oyasi ostida birlashtirish edi. Bu olijanob ishni Allohdan vahiy olgan Quraysh qabilasining farzandi Muhammad Alayhi Salom o’z zimmasiga oldi va Islom dini vujudga keldi (VII asr boshida). «Islom» so’zi arabcha bo’lib, «itoat va bo’ysunish», «Ixlos va turli ofatlardan salomat bo’lish» degan ma’nolarni bildiradi. Keyingi yillar tadqiqotlarida yuqoridagi tafsilotga yana «Sulh, tinchlik va omonlik» ma’nolari qo’shilgan»1.
Islom tadqiqotchilarining aytishicha Qur’onda «Tinchlik» so’zi 40 marta uchraydi. Tinchlik tushunchasi «salom» degan, ya’ni tinchlik va xotirjamlik degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, islom dini qandaydir bir qavm, ya’ni urug’ga qaratilgani bilan emas, balki u barcha toifa xalqlarga munosabatda bo’lishi bilan qodir xudo tomonidan xalqlar boshini birlashtirishda qaratilganligi, xalqlar va elatlarni bir-birlarini sevishga chaqirishi orqali tub ma’noda jahon dinlarining biridir.
Sayyoramizda tinchlikni saqlash istiqbolini ijobiy hal qilish uchun barcha dindorlarning dinga e’tiqod qilmaydiganlar bilan hamkorlik vositalarini izlab topish hamda tinchlikni asrash davr taqozosidir. Dindor kishi hyech kim urushni xohlamaydi. Bu sohada diniy tashkilotlar va din ulamolarining hissalari kam emas. Tinchlik va osoyishtalik g’oyalari din ulamolarining xalq orasidagi chiqishlarida, namoz oldin xutba va janoza o’qish paytida, matbaa va televideniye orqali targ’ib etiladi, odamlarni hushyor bo’lishga da’vat etadi. Buyuk muhaddis Imom al- Buxoriy islom dinini dunyo ahliga insonparvar va omonlik dini sifatida tanishtirgan. Chunki «tinchlik va gumanizm-islom dini va islom sivilizasiyasining asl mohiyati va haqiqiy maqsadini o’zida mujassam etgan»2 va shu asarda 11 hadis misol keltirilgan. Unda qo’yidagi satrlarni o’qiymiz: «Yaxshi inson bo’l, yaxshilik qil, zolim bo’lishdan o’zingni saqla. Tinchlikni saqla, dushmanlikdan hazar qil»3.
Istiqlol tufayli O’zbekiston diniy bag’rikenglik (tolerantlik) va dinlararo murosa borasida nafaqat MDH ichida, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda Moskva va butun rus patriarxi marhum Aleksiy II sobiq AQSh davlat


1 Jo’rayev U., Saidjonov. Dunyo dinlari tarixi. «Toshkent islom universiteti nashriyoti», 2001, 100-bet.
2 Баракаев Х. Саидов И. Великий корифей науки Имом ал-Бухари. Самарқанд, «Сугдиѐн», 1998, с.26.
3 Баракаев Х, Саидов И. Ўша асар, 40-бет.
kotibi Madlen Olbrayt va hozirgi davlat kotibi Xillari Klinton yurtimizda tashriflari vaqtida ta’kidlab o’tdilar1. Bugun O’zbekistonda 15 ta diniy konfessiya, jumladan provoslav, katolik, protestant, arman-garigorian, yahudiylik, buddaviylik cherkovlari, baptist, yevangelist va boshqa diniy uyushmalari qonun asosida erkin faoliyat yurgizmoqda. Albatta, xalqimizga azaldan xos bu xislat bir zumda paydo bo’lgan emas, u uzoq tarixga ega.
Ma’lumki, ilk qadimgi zamonda xalqlar va elatlar o’rtasida umuman diniy adovat bo’lmagan. Qadimgi dunyo aholisining tasavvurida har bir davlat, har bir shahar va har bir qabila o’z mahalliy bosh xudosi va koinot hamda tabiat kuchlarini ifodalovchi juda ko’p boshqa xudolarga sig’ingan. Bu xudolar bir-biriga aynan o’xshash bo’lsada, - ammo har bir xalqning tilida turli ismlar bilan nomlangan.
Tarixdan ma’lumki islomgacha ilk o’rta asrlarda (V-VII) O’rta Osiyo hududida turli dinlar yonma-yon mavjud bo’lib, dinlararo murosa tarzida faoliyat yurgizgan: Sug’diyona va Xorazmda – zardushtiylik, Janubiy hududlar va Sharqiy turkistonda – buddaviylik, shuningdek, xristianlik, shomonlik, moniy dini mavjud bo’lgan. Buddaviylik Kushon podsholigining rasmiy davlat dini e’lon qilingan. yuqoridagi dinlarga e’tiqod qiluvchilari o’rtasida qarama-qarshilik va nizolar bo’lmagan.
Vaholanki XVI asrda yevropada katolisimdan xristianlikning alohida yo’nalishi sifatida paydo bo’lgan protestantlik ko’pgina qarshilikka uchradi. Hatto Fransiyada diniy urushlarni keltirib chiqardi. Baxtli tasoduf tufayli O’zbekiston tarixi bundan mustasno tarzda kechdi deyish mumkin, ya’ni bizda diniy asosda birorta urush sodir bo’lgani yo’q.

  1. asr boshida Movaraunnahrga islom dinining kirib kelishi hamda yangi monoteistik din va mahalliy dinlarning bir-biriga o’zaro singishi natijasiga O’rta Osiyo xalqlari ijtimoiy ongida ajib o’zgarish yuz berdi: ular Allohni qabul qilganlari holda xuddi shu ma’noda ko’chmanchi turkiy elatlar Tangri atamasini ishlatishni ham davom eta berdilar.



1 Jo’rayev U. I.Saidjonov. Dunyo dinlari tarixi, T., 2001, 156-bet.

  1. asrdan boshlab hozirgi O’zbekiston hududida islom dini sunna yo’nalishining hanifiya (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Bu ham bejiz bo’lmasa kerak, zero Imom A’zam mazhabi o’zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi.

Hanifiylik ta’limotini takomulga yetkazgan vatandoshlarimiz – Imom Moturidiy va Imom al-Marg’inoniy kabi allomalar orasidagi g’oyaviy tarafkashlikka barham berish, islom dinining sunna yo’nalishi va alalxusus, «ahli sunna va jamoa» yo’li barqaror bo’lib qolishiga katta hissa qo’shdilar. O’rta Osiyolik hukmronlar ham bu yo’lda kurashdilar. Masalan, X asr o’rtalarida musulmon dunyosida shia yo’nalishi: Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda- fotimiylar, Yamanda-zaydilar va hatto abbosiylar poytaxti Bag’dodda-buvayhiylar ustunlikka erishgan bir paytda o’rtaosiyolik tohiriy, somoniy, g’aznaviy, qoraxoniy hokimlar «ahli sunna va jamoa»ni himoya qildilar.
XII-XIV asrlarda Movaraunnahr aholisining diniy tafakkurida yana bir muhim o’zgarish yuz berdiki, buning natijasida Yassaviya (Ahmad Yassaviy), Kubroviya (Najmuddin Kubro) va Naqshbandiya (Bahouddin Naqshband) kabi tasavvuf tariqatlari shakllandi. O’rta Osiyoning tasavvuf ahli islom dinining ilg’or vakillari sifatida obro’-e’tibor topdilar. Boshqacha aytganda, bu davrda va keyinchalik ham islom tasavvuf shaklida Movaraunnahr aholisi uchun g’oyaviy va ma’naviy birlashtiruvchi kuch rolini o’ynaydi.
O’z davrining ramzi bo’lgan Sohibqiron Amir Temur e’tiqod va ma’naviyatning katta ahamiyatini to’g’ri idrok etgan. Sharafiddin Ali Yazdiy Amir Temurni e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli sunna va jamoa»ga doim sodiq, diniy aqidaparastlikka qat’iy qarshi bo’lgan. Qisqasi, u islom dinini mutaassiblikdan holi, erkin tushungan; uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo’lmagan va shu jihatdan ham u nafaqat o’z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir1.
Umuman olganda, O’rta Osiyoda Sovet hokimiyati o’rnatilgunga qadar Islom dini jamiyatning ma’naviy og’izi vazifasini bajarib keldi. Ammo qaramlik


1 Jo’rayev U. I.Saidjonov. O’sha asar. 158-bet.
yillarida, marksistik ilmiy ateizm hukm surgan davrda ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lgan din qattiq ta’kib va taz’yiqqa tushdi. XX asrning 30-yillari dinga qarshi hujum boshlandi, minglab diniy va diniy bo’lmagan ilmiy va badiiy kitoblar arab xurufatida bo’lganligi uchun diniy deb yo’q qilindi, yuzlab masjid va madrasalar omborxonalarga aylantirildi, dindorlar ta’qib ostiga olindi, ruhoniylar qatag’on qilindi. O’sha yillar O’zbekistonda «Xudosizlar» nomi bilan o’zbek tilida jurnal nashr etildi. Bundan atiga 20 yil burun diniy bayramlar va marosimlar taqiqlangani, hatto sevimli xalq bayrami «Navro’z»ga ham diniy tamg’a urilib man qilingan edi, tasavvuf zararli deb topildi.
Istiqlol tufayli o’zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga, jumladan islom diniga munosabat tubdan o’zgardi. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha davlatlarga yuz bergani kabi O’zbekistonda ham xalq ta’limi sohasining jahon andozalariga moslashtirilishi davlat tili, an’analar, milliy madaniyatga e’tiborning ortishi, bularning hammasi obyektiv ravishda diniy omil ahamiyatining yuksalishiga olib keldi. Shuningdek, jamiyatda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalarining saviyasi yetarli darajada emasligi ham diniy omilga qaysidir ma’noda ularning o’rnini to’ldirishga, nufuzli kuchga aylanishiga imkon yaratib berdi. Bular tabiiy, obyektiv jarayondir. Lekin mustaqillik yillarida kutilmagan voqyealarga ham duch kelindi. Bu – ba’zi qo’shni mamlakatlarda siyosiy va diniy barqarorlik mavjud bo’lmagani bois diniy ekstremistik guruhlarning ko’payib ketgani va ularning mamlakatimizga bevosita tahdidi vujudga kelganidir. Masalaning murakkabligi shundaki, diniy eksterimizm xalqaro terrorizm bilan uyushib ketdi va endilikda bu muammoning yechimi bir mamlakatning qo’lida emas, balki u global miqyosida, jahon hamjamiyatining amaliy chora-tadbirlar o’tkazishini talab qiladi.
Ana shunday murakkab vaziyatda ham O’zbekiston hukumati oqilona, diniy bag’rikenglik siyosatini olib bormoqda. Respublikamizda Islom bilan bir qatorda
15 diniy konfessiya qonun asosida emin-erkin faoliyat ko’rsatmoqda. Fuqarolarning millati, irqi, dinidan qat’iy nazar barcha uchun teng huquqlar Qonun
orqali kafolatlangan1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18, 31, 61 moddalari diniy huquq masalasiga bag’ishlangan. Fuqarolarning dinga bo’lgan munosabatlarini tartibga solish maqsadida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunning (yangi tahriri) 1998 yil qabul qilindi. Buni diyorimizda ochiq qalb bilan kelayotgan har bir mehmon o’z ko’zi bilan ko’rmoqda va e’tirof etmoqda. Bejiz emaski, «Din va demokratiya» nomi ostidagi xalqaro konferensiya 2000 yili Toshkentda o’tkazildi, 2007 yil Toshkent shahri «Xalqaro Islom madaniyati markazi» e’lon qilindi. Usha yili sentyabrida Toshkent Islom universitetida dinlarni qiyosiy o’rganish bo’yicha YuNESKO kafedrasi ochildi.
Toshkent Islom universiteti faqat islom dini bilan bog’liq fanlar bilan cheklanib qolmasdan, boshqa dinlarni tadqiqi bilan shug’ullandi. Dunyodagi barcha dinlar hatto qadimgi ibtidoiy dinlar ham insoniyat ongi va tafakkurida muayyan iz qoldirgan. Bizda ularni «yo’q bo’ladi» deb emas, balki borligiga, bir- biri bilan qiyos qilgan holda o’rganiladi.
XX asr bashariyat tarixiga ikki jahon urushi sodir bo’lgan asr sifatida yozildi. Bugun jahon afkori ommasi XXI asr – tinchlik asri bo’lmog’i uchun kurashmoqda. Bu yo’lda diniy bag’rikenglik, dinlararo muloqot katta ahamiyat kasb etadi. An’anaviy diniy bag’rikenglik o’lkasi sifatida ma’lum va mashhur bo’lgan O’zbekiston bu jabhada ham o’z burchini sharaf bilan ado etmoqda.
Yuqorida ko’rganimizdek, O’zbekistonda islomdan boshqa dinlar ham mavjud. Ularga ham qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularni kamsitishga yo’q qo’yilmaydi va qonunga mos istaklari ro’yobga chiqarilmoqda. Masalan, 1995 yilda Vazirlar Mahkamasi Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta osiyo arxiyepiskoni Vladimirning Muqaddas Uspenskiy kafedrial sobori huzurida diniy-ma’muriy Markaz ochish hamda 1996 yilda Yeparxiyaning 125 yilligini nishonlash to’g’risidagi takliflarini qo’llab-quvvatlandi. Zero, diniy totuvlik ham jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Prezident I.A.Karimov bu tantana qatnashchilariga yo’llagan tabirigida, jumladan, bunday deb qayd etgan edi. «Musulmonlar va xristianlarning O’zbekiston zaminida


1 O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T., «O’zbekiston», 1992, 18 modda.
birgalikda hamnafas bo’lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlikning timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag’rikenglikning eng yaxshi namunasi. Bu jarayonda Toshkent va O’rta Osiyo yeparxiyasining ham hissasi borligi quvonchlidir». Darhaqiqat, xristianlikni O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonga kirib kelishi ilk O’rta asrlarga mansub. Arxeologlar olib borilgan qazishmalar shundan dalolat beradiki, O’zbekiston hududida V asrda xristianlik jamaolari mavjud bo’lgan. Bunga Urgut tumanining Qo’shtepa qishlog’idan topilgan yodgorliklar misol bo’ladi.
Prezident I.A.Karimovning Imom Moturidiy tavalludiing 1130 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida qo’yidagi satrlarni o’qiymiz:
«Imom Abu Mansur Moturidiy qoldirgan merosning yana bir ibratli tomoni shundaki, u diniy e’tiqod borasida ashaddiylik va toqatsizlikni rad etadi, mo’tadillik va bag’rikenglikni yoqlab chiqib, bu muhim tamoyilni jamiyat hayotining mezoniga aylantirishga intiladi. Imom Moturidiy ta’limoti insonparvarlik mohiyatiga ko’ra, insoniyat hayoti va taraqqiyotini yaxshilik, poklik sari, adolat sari yo’naltirishga, odamlarni millati, tili, dinidan qat’iy nazar, o’zaro ahil, bahamjixat, mehr-oqibatli bo’lib yashashga da’vat etadi».
O’zbekiston – dunyoviy davlat. Dunyoviy davlatda din davlatdan ajratilgan, lekin din davlatdan ajratilgani bilan jamiyatdan ajratilgan emas. Har bir demokratik davlat kabi O’zbekiston ham o’z fuqarolari uchun vijdon erkinligi qonunini e’lon qilgan. O’zbekiston fuqarolari dinga munosabatidan qat’iy nazar qonun oldida tenglar O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda (yangi tahriri) biror dinga imtiyoz berilmasligi, barcha diniy tashkilotlarning qonun oldida tenglik e’lon qilingan va u amalda ham ta’minlangan. Shuning uchun O’zbekiston – an’anaviy diniy bag’rikenglik o’lkasi sifatida dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilgan. Istiqlol sharofati tufayli va shaxsan Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbuslari bilan diniy islohotlar sohasida juda ko’p misli ko’rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Prezidentimiz I.A.Karimov hozirgi davrda dinning insoniyat hayotidagi ahamiyati haqida bunday degan edilar: «Insoniyat murakkab jarayonni boshidan
kechirayotgan hozirgi davrda dinni turli xalqlar o’rtasida muloqot o’rnatish, ularni ma’naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashga da’vat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir».
Bu so’zlarni dinning, jumladan, islom dinining tinchlikni saqlaydigan va oliyjanoblik sifatida, uning bag’rikengligi yaxlit o’z ifodasini topgan.

    1. Download 110.18 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling