Мавзу: маънавий маданият таркибида диннинг ўрни


Islom tasavvufida komil inson talqini


Download 110.18 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi110.18 Kb.
#1414347
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Samarqand davlat universiteti «ijtimoiy iqtisodiyot» fakulteti

Islom tasavvufida komil inson talqini


Inson muammosi, uning diniy-falsafiy tahlili islom tasavvufida o’ziga xos tarzda bayon etiladi. Tasavvuf so’fiylikning g’oyaviy-nazariy asosini tashkil etadi. A.Krimskiyning aniqlashicha, «So’fiy» so’zi VIII asrning o’rtalaridan boshlab tatbiq etila boshlangan va u asosan komil, e’tiqodli kishilarga nisbatan qo’llanilgan1. Ilmiy falsafiy adabiyotlarda ba’zi hollarda «Tasavvuf» va
«So’fiylik» tushunchalari biri-ikkinchisidan farqlanmasdan ishlatiladi. Natijada, so’fiylikning g’oyaviy-nazariy asoslari (tasavvuf) uning amaliyoti (so’fiylik) bilan qo’shib yuboriladi. Bu borada bahslash bizning vazifamizga kirmaydi. Shunisi ma’lumki Islomning bu tamoyili, ya’ni tasavvuf inson ruhiy-ma’naviy kamoloti haqidagi turli g’oyaviy-nazariy va amaliy-uslubiy bo’laklarni birlashtiradi.
Tasavvuf O’rta asrlar Sharq falsafasida inson, uning mohiyati va ma’naviy kamoloti haqidagi qarashlarning shakllanishida o’sha tarixiy davr madaniy- ma’naviy hayotida yirik ahamiyatga ega bo’lgan. Ushbu ta’limot bir butun, yaxlit sistemadan iborat bo’lib, insonparvarlik g’oyalari, adolatli hayot kechirishni targ’ib etgan. Afsuski Sho’rolar davrida tasavvuf ta’limoti zararli deb topildi va asta-sekin xalq ma’naviy hayotida asosan unutilib yuborildi. Ammo mustaqillik tufayli tasavvuf ta’limoti, uning buyuk namoyandalarining ma’naviy merosi qayta tiklanib bugungi avlodning tarbiyasida xizmat qilmoqda.
O’rta Osiyoda tasavvufning asosan Yassaviya (Ahmad Yassaviy), Kubroviya (Najmuddin Kubro) va Naqshbandiya (Bahouddin Naqshband) tariqatlari XII-XIV asrlarda keng tarqalib, islom dinining nufuzini oshirishda katta mavqyega ega bo’lgan. So’fizm ta’limotiga ko’ra inson tanasida biri ikkinchisiga qarama-qarshi bo’lgan ikki – rahmoniy (yaxshilik ramzi) va shaytoniy (yomonlik ramzi) kuchlar mavjud. Inson komillik darajasiga ko’tarilmog’i uchun rahmoniy kuchning o’z tanasidagi shaytoniy kuchdan g’olib chiqishini ta’minlash malakasiga ega bo’lmog’i darkor. Inson, tanasidagi barcha g’azab shaytoniy qiliqlar nafs, bilimsizlikdan kelib chiqadi. Xususan nafs insondagi xudbinlikning zaminidir. Xudbinlik kishilarda faqat o’z manfaati haqida o’ylash kayfiyatini hosil qiladi.


1 Ғиѐс ул-луғот. 2 жилд, Душанбе, 1988, 14-бет.
Nafs balosiga giriftor bo’lgani kishi har qanday pastkashlik, axloqiy tubanlikdan yuz tortmaydi, harom-xarishdan hazar qilmaydi, asta-sekin boshqalar hisobidan yashashga ko’nikma hosil qiladi. Oqibatda, bunday kishilar zolim, berahm, riyokor bo’lib shakllanadilar.
So’fiylarning e’tirof etishlaricha, millatlar va elatlar orasida sodir bo’ladigan turli mojarolarning zaminida ham nafs yotadi. Nafsni jilovlay olmaslik, molu dunyo to’plashga hirs qo’yish, intilish insonni o’tkinchi lazzat-u farog’at bilan ardoqlaydi. Natijada bunday kishilar ma’naviy-ruhiy qashshoq bo’ladilar. Shuning uchun inson o’z nafsiga erk bermasligi zarur. Nafsga erk bermaslik, uni jilovlay olish – ma’naviy yetuklik garovidir.
So’fiylik talablariga ko’ra, nafs va g’azabning kushandasi bilimdir. Bilimga ega bo’lishni tasavvuf ta’limoti ulug’laydi. Bunga ko’ra barkamol inson o’z nafsini tiya oladigan, aql-farosatni har qanday hissiyotdan ustun qo’ya biladigan insondir. Ko’rinib turibdiki diniy-falsafiy ta’limot bo’lgan tasavvufda bilimga ega bo’lish, bilimni sevish muhim o’rin egallangan. Shu bois hozirgi mustaqillik sharoitida bu o’gitlarning bilimli bo’lishning ahamiyati yanada oshib borishi hammaga ravshan. Zeroki hozirgi zamon iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy muammolarining amalga oshirishini bilimli, tafakkur sohibi bo’lgan kishilar hal etiladi. Chunki Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»1.
«Komil inson» tushunchasi tasavvuf adabiyotida ko’p marta tilga olingan, bahsu munozaralarga sabab bo’lgan, tadqiqotlar nashr etilgan. Shulardan Ibn al- Arabiy, Husayn Voiz Koshifiy, Sayid Abduqodir Geloniy, Aziziddin Nasafiylarning risolalarni tilga olish mumkin. Ibn al-Arabiy fikricha komil insonni Alloh ilohiy nurdan yaratgan. Ilohiyot bilimdonlari ko’rsatishicha, ilohiy nur barcha mavjudotlardan hatto yer va osmondan ham avval yaratilgandir.
Ibn al-Arabiy fikriga qaraganda, Alloh ilohiy nurdan ahli avvalni yaratdi va uning suvratu ko’rinishini «komil inson» qiyofasida zuhur etdi. Shu ma’noda,



  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «Sharq», 1998, 6-b.

Alloh odamni rahmon suratida yaratdi, degan hadis mavjud1. Ibn Arabiyning ta’kidlashicha, komil insonning yerdagi timsoli-hazrati payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.dir. Ul zot vujudida aqliy, ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi. Ketma-ketligi jihatidan olam birinchi, odam ikkinchi barpo bo’ldi. Lekin olamni yaratishdan mantiqan ko’zlangan maqsad odam edi. Odam- maqsad, olam vosita edi. Buni Aziziddin Nasafiyning «Komil inson» risolasida ham ko’rish mumkin. U aytdiki «inson olami sag’ir (mikro olam), ilohiy va moddiy olam-olami kabir (Makro olam) dir. Nasafiy komil insonga ta’rif berib,
«komil inson» deb shariat, tariqat va haqiqatga yetuk bo’lgan odamga aytadilar»2. Ya’ni komil insonda to’rt jihat bo’ladi: yaxshi so’z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif.
Tasavvufda komil inson, bir tomondan, xudo bilan odamlar o’rtasidagi vositachi, ilohiy amr g’oyibi asrorni oddiy odamlarga yetkazuvchi ulug’zotdir. U insonlarning eng mukammali, eng aqlli va eng donosi. U insonlar jamiyatidan yetishib chiqadigan mo’tabar zotdir. U azaldan martabasi aniq bo’lgan ruh emas, balki axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir.
Tasavvuf ahli o’qtiradiki, insonga erkin faoliyat uchun inon-ixtiyor berilgan. U harakat qilib komillikka erishuvi mumkin. Nasafiy kamolotning ikki belgisi bor, deb ta’kidlaydi: birinchisi-yaxshi axloq, ikkichisi o’zligini anglash.
Bahouddin Naqshband 675 yilligi munosabati bilan (1993) Movarounnahr musulmonlari ifodoras nashri bo’lmish «Islom nuri» gazetasi bunday deb yozgan edi: «Tasavvuf – bu sodda qilib aytganda, islom dinimizning asosiy manbalari bo’lmish Qur’oni Karim va Sunnati Nabaviyada kelgan ulug’ insoniy fazilatlarni, odob va axloqni-yuksak darajalarga ko’tarishga yordam beradigan, Allohning muhabbatini dunyo va barcha borliq muhabbatidan ustun qo’yishga o’zgaradigan, barcha razil sifatlardan poklanishga olib keladigan bir ta’limot demakdir»3.
Tasavvuf – odamlarni halollikka, kamtarlikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi barcha musulmonlarning teng bo’lib,


1 Komilov N. Tasavvuf. 1-kitob, T., 1996, 146-b. .
2 Umarov E., M. Abdullayev. Ma’naviyat asoslari. T., 2005, 63-b.
3 Jo’rayev U. Y.Saidjonov. O’sha asar, 2005. 21-b.
har kim o’zining halol mehanati bilan kun kechirishini, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga rioya etishni targ’ib etuvchi ta’limotdir. Bunday maqsadga erishish uchun Allohga vujudan berilishi, uning rizosiga yetishish orqali erishish mumkin, deb o’qtiradi. Bu maqsad, ya’ni Allohning visoliga erishish bosqichma-bosqich amalga oshadi. Bu bosqichlar – shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatdir. Bu bosqichlarning har birida inson haqiqatga asta-sekinlik bilan yaqinlasha boradi. Eng yuksak haqiqat inson o’z vujudi, ichki mulohazasi va kechinmalari orqali yetishgan bilimdir. Demak, tasavvuf yetuklik va ma’naviy kamolot cho’qqilariga yetishish yo’lidir.
Dilga Allohning nomini jo qilish insonni qalbini poklaydi, uni iymon, halollik, axloqiy poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik yo’liga undaydi. Tasavvufning bu yo’li, axloqiy talablari o’zining asosiy mohiyati jihatidan diniy e’tiqod va iymonni dunyoviy muammolar bilan bog’langanligi va insoniyligi bilan ahamiyatlidir.
Tasavvuf – insonning (dindorning) komillik darajasiga yetishi bilan Allohga yaqinlashuvi haqidagi ta’limot bo’lsa, tariqat – bu komil inson darajasiga erishishni ko’rsatuvchi to’g’ri yo’l demakdir. Ya’ni ma’naviy – axloqiy poklanish bosqichlarini bosib o’tishning yo’l-yo’rig’idir. Diniy ulamolarning aytishicha, tariqatning nishonasi uchta: 1) dam (nafas) – aytilishi lozim bo’lmagan narsa haqida so’zlamaslik; 2) Qadam – qilinishi mann etilgan ishlarga qadam urmaslik;

  1. Karam – ish bilan shug’ullanish, shug’ullanganda ham kerakli ish bilan shug’ullanish va ayni paytda qalb ibodatini kanda qilmasdik1. Har bir tariqat asoschisi, albatta, o’z yo’lini ishlab chiqqan va bu yo’lni targ’ib etgan, o’ziga tarafdorlar (murid) to’plagan.

O’rta Osiyoda paydo bo’lgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi shayxul- mashoix unvoniga musharraf bo’lgan Ahmad Yassaviydir. (XII) Uning aqidalari
«Hikmat» nomli yagona asarida bayon etilgan. Bu asarda Yassaviya ta’limotidagi poklik, halollik, to’g’rilik, mehr-shafqat, o’z qo’l kuchi, peshona teri mehnati bilan


1 Jo’rayev U. Y.Saidjonov. O’sha asar, 2005. 133-б.
kun kechirish, Alloh taolloh visoliga yetishish yo’lida insonni ham botinan, ham zohiran takomili kabi axloqiy ko’rsatmalar ifodasini topgan.
Ahmad Yassaviy mol-dunyo to’plashga mutlaqo qiziqmagan, kambag’alparvar va g’ariblar himoyachisi sifatida namoyon bo’lgan. U zamonasining ezilgan yo’qsil toifasini «g’arib», «yetim», «faqir» deb tilga oladi, ayrim hollarda tarki dunyochilik mazmunlar ham uchraydi. Lekin uning ta’limotida dunyodan butunlay yuz o’girilmaydi. Aksincha, nodonlik, jaholat, badnafslik, molu-dunyoga hirs qo’yish kabi illatlar qoralanadi va odamlarni ulardan uzoqlashishga da’vat etadi. Yassaviy ta’biricha, agar inson o’zini anglasa erdi. Haqni biladi, xudodan qo’rqadiyu, insofga keladi. Yassaviy tanlagan yo’lning o’ziga xosligi-insonning o’z gunohlarini, axloqiy nuqson va qusurlarini, jumladan, tamagarlik, manmanlik, boriga qanoat qilmaslik kabi kamchiliklarni ayovsiz ochib tashlash va ulardan xalos bo’lish kurashidir. Bu yo’l Yassaviyning fikricha, yagona to’g’ri yo’l-aslida xudo yo’lidir.
Najmiddin kubro nomi bilan yoyilgan tasavvufning Kubroviya tariqati inson muammosiga ko’proq e’tiborni qaratish bilan ajralib turadi. Shayx kubro tasavvufda «keng fe’llik» yo’lini tutgan. Ul zotning xonaqosida sunniy mazhabli shogirdlar bilan birga, shia mazhabli shogirdlar ham ta’lim olishgan, chunki, uningcha tasavvuf ahli uchun parvardigor ishqi, diydori hamma narsadan ustun. So’fiy ilohiyot olamiga ruhan qo’shilish uchun yashaydi.
Kubroning ta’limotida yuqoridagi sifatlardan farqli ularoq, javonmardlik, vatanparvarlik g’oyalarini tariqatga joriy etganligidir. Kishi umrini do’stlar xizmatiga bag’ishlagan, faqat yaxshilikga ega bo’lgan, mqxtojlarga yordamini ayamagan, piru ustozlari, do’stlarini sharafini himoya etgan, ham zohiran va ham botinan pok yurib, pokiza insonlar so’xbatini qozongan kishilar javonmardlar deb atalgan.
Naqshbandiya tariqatining asoschilari Abul Xoliq G’ijduvoniy va Bahouddin Naqshband «dil ba yoru dast ba kor» shiori ostida hammani mehnantni sevishga da’vat etganlar. Naqshbandiya tariqatida insonlarni har bir nafasni xushyorlik bilan olish (Hush dar dam), har bir qadamni ehtiyotkorlik bilan bosish
(nazar bar qadam), o’z vatanida, uyida bo’la turib, fikran va zikran butun borliq haqida fikr yuritish (safar dar vatan) va hokazo kabi g’oyalar ifodasini topgan. Ko’rinib turibdiki Naqshbandiya tariqatida ilohiylik insoniylik bilan qo’shilib ketgan. Shu bois bu shior bugungi kun uchun ham dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Tasavvuf ta’limoti islom odobini, ma’naviyatini yana ham yuqori bosqichga ko’tardi. Insoniylik mezonlarining muhim masalalari diqqatni qaratdi. Kishilarni bu dunyoda bir buyuk va muayyan maqsad sari yetakladi. Butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtada jamladi. Ana shu asosda komil inson nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqdi. Xuddi shu vazifalarni ado etishda adabiyot tasavvufga, tasavvuf adabiyotga bog’langan va vobastadir. Chunki har qanday adabiyot, oxir oqibatda «Insonga bu dunyoda qanday yashashi kerak?» degan savolga javob izlaydi.
Tasavvuf insonning komillikka intilishini uning Allohga etish sari yo’li tarzida ko’rsatadi va bu umumiy yo’lni «Ishq» deb ataydi. Tasavvuf ham adabiyot ham insonni o’rganar ekan, avvalo uning ko’ngliga tayanadi, ko’ngilni tarbiyalashga, ko’ngilli kishisini voyaga yetkazishga intiladi. Chunki Alloh kishining ko’nglida jilva qiladi.
Insonning ichki ma’naviy madaniyati mezonlari, uning o’z xudbinligini qay darajada yenga olganiga qarab aniqlanadi. Tasavvuf ana shu insoniy madaniyatining eng Oliy cho’qqisiga intilgan falsafa edi. Shuning uchun T.Oqmurodovning «Tasavvuf din emas, lekin diniy oqim, diniy falsafadir», - deb yozishida ham haqiqat bor1.
Ingliz tasavvufshunos olimi J.S.Trimingem yozishiga, O’rta Osiyoda tasavvuf rivojida ikki buyuk so’fiyning hissasi ko’p. Biri Abulhasan Ali al- Xoraqoniy (vaf.1034), ikkinchisi Abu Ali al-Farmadiy (vaf. 1084). Farmadiyning ikki shogirdi – al-G’azoliy va Yusuf Hamadoniy musulmon olamida juda mashhur bo’lgan. Ko’p tariqat silsilala ana shu ikki shogirddan boshlanadi2. Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy – Yusuf Hamadoniy shogirdlari




1 Оқмуродов Т. Дин ва ҳурфикрлилик тарихи, 149 – б.
2 Ўша жойда, 148-б
hisoblanadilar. Tasavvuf ko’p qirrali bo’lib, ulkan adibu faylasuflarning ijodiy faoliyatida ta’sir yetkazgan: Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy hyeam bevosita naqshbandiya tariqatining vakillari edilar.
A.Jomiyning mashhur «Bahoriston» asarida yozilishicha, shayx Abusaid Abulxayrxon «Tasavvuf nima? «deb so’raganlarida» boshingda ne bo’lsa chiqarib va boshqalardan senga nima ozor yetsa ranjimaslik» degan ekan. Haqaqiy so’fiylar chindan ham bu shartlarga qat’iy rioya qilganlar. A.Navoiy naqgbandiylik asoslarini «qanoat tariyqi» deb atadi va buni butun ijodi davomida sharhlashga o’zini bag’ishladi. A.Navoiy insonning Allohga ishqini uning insonga ishqi orqali tarannum etgan shoirdir.
Fariddin Attor, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Rumiy kabi yirik shi oru mutafakkirlarning asarlari tasavvuf ma’naviy-axloqiy mazmuni bilan sug’orilgan. Naqshbandiya tariqatining keyingi taraqqiyotiga, ya’ni XV asrda uni kuchli davom ettirgan mashhur shayxlardan biri Xoja Ubaydulloh Ahror Valiydir.
Naqshbandiya Kichik Osiyo va Kavkazda, Eron va Turkiston, Pokiston va Afg’oniston, Hindiston va Turkiyaga keng tarqala bordi. Ingliz sharqshunosi J.S.Trimingem yozganidek, tasavvuf, jumladan, Naqshbandiya falsafasi «bundan buyon ham insoniyatning ma’naviy barkamolligi uchun muhim hayotiy ta’limot bo’lib qolaveradi».
Rus olimi I.M.Petrushevskiyning qayd qilishicha, ingliz sharqshunosi R.Nikolson XI asrgacha bo’lgan yozma manbalarda «so’fizim» tushunchasining yetmish sakkiz ma’nodagi talqinini aniqlagan ekan1. So’fiylikda zuhd va taqvo- ko’ngilni foniy dunyo gunohlaridan, g’araz, tamalardan tozolash, va Xudo buyurganiga amal qilib, Alloh man etgan ishlardan saqlanish demakdir. So’fiylar fikricha, ilohiy ishq har qanday g’arazli manfaatlardan xoli bo’lishi zarur.
Tasavvuf ta’limotiga ko’ra, borliqdagi hamma xilqatlarda, xususan, odamzodda ham lohiy zarralar bor, so’fiyning maqsadi ko’nglidagi ilohiy zarralarni uzoq va mashaqqatli poklanish yo’lidan borib, yana Allohga qaytarishdan iboratdir. So’fiylik yo’lini tutish uchun avval komil musulmon


1 Karimov Sh., R.Shamsutdinov. Vatan tarixi (birinchi kitob). T., «O’zbekiston», 1997, 230-b..
bo’lish, shariatning barcha talablarini bekamu ko’st bajarish shart, ya’ni ma’naviy- axloqiy me’yorlarga tayanib, insoniy sifatlarga (tom ma’noda) rioya qilib yashash, kun kechirish darkor. Chunki insonni Xudo o’ziga o’xshatib yaratganmi, Allohning bu olamni paydo qilishdan ko’zlangan bosh maqsadi ham, aslida, inson ekanmi, demak, inson Allohning bu muruvvatiga shukronalar aytib, o’zini batamom Allohga bag’ishlashi, buning uchun esa o’zini unga loyiq darajada poklanish-kamolga yetkazish kerak. Ana shunday o’zini oliy maqsadga chog’lagan, jismini unitib, ruxini Allohga yetar darajada o’stirgan, yetar darajada poklagan jism ehtiyojlari tufayli paydo bo’ladigan jamiki insoniy illatlardan forig’ qilgan kishilar insoni komil bo’lganlar. Tasavvufiy aqidalarga ko’ra, komil insonlar pirovardida, shubhasiz, Alloh vasliga musharraf bo’ladilar, ruhan Alloh bilan birlashib ketadilar1.
Komil insonlar barcha xalqni sevishi, insonlar, ayniqsa, g’ariblar, bechoralar, muhtojlar xizmatida bo’lishi, doimo xudoning borligi va birgaligini unutmasligi kabi so’fiylik aqidalariga ega bo’lishlari lozim. XIII-XIV asr boshlarida yashab ijod etgan mutasavvuf olim shayx Aziziddin Nasafiy «Insoni komil» risolasida qo’yidagilarni aytgan: «… Jumla mavjudot odamzodga shuning uchun sajda qiladiki, odamlar orasida komil inson (!) bor. Bas, jumla odamzod komil inson (!) tufayli (Sharafli)dir. Mavjudot ichra komil insondan ko’ra ulug’roq va donoroq narsa yo’q, chunki komil inson eng pastdan eng yuqorigacha martabalardagi mavjudotning xulosasi (!) va qaymog’idir (!)… Komil inson ilm mazharidir, komil inson ilohiy zot sifatlarining ham mazharidir»2.
Shunday qilib, tasavvufda komil inson – e’tiqodi kuchli, irodasi mustahkam, vujudi ham zohiran va ham botinan pok kishi ilohiylashtirilgan bo’lsa ham, u dunyoviy mazmunga ega. Shu bois mustaqillik sharoitida bu ta’limotdan o’rinli va maqsadga muvofiq foydalanish ahamiyatdan xoli emas. Bu masalaga alohida e’tibor berib, I.A.Karimov shunday degan edi: «Ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi imon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin




1 Sultonmurod Olim. «Buyuk Naqshbandiya». Kecha, bugun, ertaga. «Fan va turmush», 1993, 5-6-son., 15-b.

  1. O’sha joyda, 15-bet.

fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs komil insonni tarbiyalashdan iborat»1.



1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T8, T, «O’zbekiston», 2000, 341- b.

Download 110.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling