Мавзу: маънавий маданият таркибида диннинг ўрни


Islom ma’naviy ta’limotida umuminsoniy axloqiy qadriyatlarning o’rni


Download 244.26 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi244.26 Kb.
#1414353
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Janubiy-sharqiy Osiyo hududiga islom dinining kirib borish

3.3. Islom ma’naviy ta’limotida umuminsoniy axloqiy qadriyatlarning o’rni


Ma’naviy ne’matlar, jumladan, diiny qadriyatlarga nisbatan e’tibor jonlanishining asosiy sabablaridan biri, bu – juda kuchli milliy uyg’onish jarayonidir. Mustaqillik oydin milliy hayotni barqaror etishga umid uyg’otdi. Endi odamlar o’zining mu’tadil taraqqiy etishiga xalaqit berayotgan har qanday to’siqlarni olib tashlashga zo’r havas bilan kirishmoqdalar. Bunday sharoitda har bir millat vakili o’zining kelib chiqishi, tomiri, ildiziga nazar tashlashi tabiiydir. Milliy uyg’onish esa ma’naviylikka harakat, komillikka intilish, an’anaviy qadriyatlarga murojaat qilishdir. Afsuski, sobiq sho’rolar davrida diniy doirasida tashakkul topgan madaniy merosimizni zararli deb topildi. Endi bunday an’anaviy boylikni qaytib tiklash zaruriyati sodir bo’lmoqda. Chunki haligi «chiqitga chiqarib qo’yilgan» qadriyatlar tomonidan ardoqlanib, asrab kelingandir1.
Ta’kidlash joizki, barcha dinlardagidek, islomda ham nafaqat o’tmishda, balki hozirgi vaqtda ham odob-axloq va umuman ma’naviyat va insoniylik masalalari juda katta o’rin olgan va yetarli darajada keng sharhlanadi.
Islom ma’naviyatida ta’lim-tarbiya, xususan komil insonni shakllantirish masalasi katta o’rin egallagan. Shu bois komillik – yaxshilik, saxovat, soflik, hayo, muruvvat, andisha, adab, kamtarlik, sadoqat, qanoat, rostgo’ylik, insof, adolat, nekbinlik, bag’rikenglik kabi fazilatlarni o’z ichiga oladi. Unga osonlikcha erishib bo’lmaydi. Bunga erishuv-zahmatli sinovlarni yengish demakdir.
Shuni ta’kidlash zarurni islom ta’limotida odob-axloq muammolari juda katta o’rin olgan. Boshqa dinlardagidek, odob-axloq muammolari unda yetarli darajada keng sharhlanadi. Nafaqat o’tmishda, balki hozirgi vaqtda ham axloqiy masalalarni yoritishda din, jumladan islom dinining mavqyei ustuvordir. Shuning uchun diniy ko’rsatma va muqaddas axloqiy qonun-qoidalar va me’yorlar dindorlar va dindor bo’lmagan kishilar tomonidan uzoq yillar davomida yaxlit holda qabul qilingan. Bundan barcha musulmonlar uchun muqaddas bo’lmish Qur’on ham mustasno emas. Biz unda axloqiy qadriyatlarning umuminsoniy bayonini ko’ramiz.


1 Bozorov O., A.Xudoyqulov. Axloqiy qadriyatlar va islom. Samarqand, «Zarafshon», 1992, 6-b.
Darhaqiqat, Qur’on suralarida, jumladan 4; 29, 6; 152-157 suralarida umuminsoniy deb hisoblash mumkin bo’lgan xatti-harakat va tartib-qoidalar bayon qilingan: o’z bolalarini va umuman odam o’ldirish, o’z joniga qasd qilish taqiqlanadi. Shuningdek, o’z ota-onalarini hurmat qilish zarurligini, to’g’ri so’zli bo’lish va ishga adolat bilan yondashish, o’lchovlarga aniq amal qilish, yetimlar va bechoralar mulkiga tajovuz qilmaslik ta’kidlanadi. Qur’onning juda ko’pgina suralarida kambag’allarga, musofirlar va qashshoqlarga yordam berish, musibat va kulfatlarga chidamli bo’lish, iflos va gunoh ishlardan o’zini chetga olish, kechirimli bo’lish, o’g’irlik qilmaslik va hokazo kabi muqaddas umuminsoniy axloqiy qoidalar bayonini uchratamiz1. Masalan Allohning yo’liga himmat yuz, ming martaba oshirib qaytariladi. «Baqara» surasining 261-262 oyatlarida «Alloh yo’lida mollarini in’om-ehson qiladigan kishilarning yaxshiligi yetti yuz borabar bo’lib qaytadi… ular uchun hyech qanday xavfi-xatar yo’q va ular g’amgin bo’lmaydilar», deyilgan2.
Kambag’allar va begonalarga yordam berish, Alloh uchun qilingan xayrli ish hisoblanadi. Bu faqat ilohiy mazmunga ega bo’lmasdan, balki o’z mohiyatiga ko’ra dunyoviy va insoniy ahamiyati mavjud ekanligi ravshan. Sofdillik, vijdoniylik, to’g’rilik Qur’onda e’zozlagan. «Alloh sha’niga yolg’on to’qigan yoki uning oyatlarini yolg’on degan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta bunday zolimlar nojat topmaslar («An’om surasi, 21-oyat»)»3.
Yagona Allohga e’tiqod qilishni Qur’oni Karim inson tabiatining asosiy sifati deb biladi. Xususan, «Al-isro» surasining 23-24 oyatlarida:
«Parvardigoringiz, yolg’iz uning o’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga yetealar, ularga qarab «Uf» tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt gan!... «Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanoatini past tut-xokisor bo’l va:
«Parvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, sen
1 O’sha joyda 7-8-б.
2 O’sha joyda 9-б.
3 O’sha joyda 10-б.
ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil!)1». Ko’rinib turibdiki bu oyatlar zaminiy, hayotiy ahamiyatga ega.
Islom musulmonlarni o’zaro ittifoq, birdam yaxshi muomalada bo’lib, bir- birovlariga aziyat yetkazmaslikka da’vat qiladi. «Komil musulmon shunday odamki, islom arkonlarini to’la bajarib na tilidan va na qo’lidan musulmonlarga izo bermaydi»2.
Xullas, islomning ilohiy ta’limoti jamiyatdagi odamlarga yaxshi amallarni buyurib, yomon amaldan qaytarib, yaxshilik, tinchlik, do’stlik, hurmat va ehtiromga undaydi. Islom ta’limotida kamtarlik, beozorlik, kamsuqumlik e’zozlangan. Qur’onning «Ol-i Imron» surasidagi 134-oyatida yozilgan: (U taqvodor zotlar) yaxshi – yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, g’azablarini ilgariga yutadigan odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi. Ammo «Alloh zolim kimsalarni sevmaydi». Tarixdan ma’lumki, har qanday din, shu jumladan islom ham o’zining boshlang’ich davrida xalq o’rtasida mustahkam mavqyega ega bo’lish uchun shu dinga e’tiqod qiluvchi odamlar orasida foydali tartib va xatti-harakatlarni muqaddaslashtiradi. Shu sababli dinga e’tiqod qiluvchi xalqlarning bir necha avlodlari hayoti davomida mustahkamlangan rasm-rusmlar va udumlarga zid bo’lgan barcha salbiy axloqiy tartiblar ular tomonidan qabul qilinmagan.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan va o’zlashtirilgan, foydali axloqiy tartib- qoidalar, garchi diniy aqida bo’lsa ham, shu jamiyat hayotidagi ijobiy hodisadir. Qur’onning yaratilishi inson hayoti qadr-qimmatining o’sishiga asosiy zamin bo’ldi. Oxirgi payg’ambarlardan bo’lmish Muhammad Alayhi salom insonlarni ummatga birlashtirib, xudoni oldida hammani barobar, deb e’lon qildi. Bu o’z zamonasiga muvofiq umuminsoniy qadriyatlardan biri edi. Insonning ruhiy, ma’naviy birligi milliylik birligidan ustun deb e’tirof etildi.
Muqaddas kitoblarda insonlarning birlashuviga, do’stligiga chorlovchi fikr- mulohazalar ustunroqdir. Shu bois «Alloh oxiratda nifoq bo’lganlar ustidan hukm
1 O’sha joyda, 11-б.
2 O’sha joyda, 12-б.
chiqaradi», kabi fikrlar insoniyatni birlikka, do’stlikka, hamjihatlikka da’vat etadi. Bu g’oya hadislarda yanada oddiyroq bayon etiladi: «Kimiki g’ayri dinni haqorat qilsa, qiyomat kuni o’tdan yasalgan qamchi bilan uriladi. Mo’minlar ila bir yurtda sulh ila yashayotgan g’ayri dinni o’ldirgan odam jannat hididan benasibdir, zero uning hidi qirq yillik yo’lgacha taralib turadi»1.
Turli mintaqalarda yashovchi millat va elatlar turli diniy e’tiqodga sig’inzanlar ham, bir xil baxt-saodatga, yorug’ maqsadlarga intilish, bu – umuminsoniy qadriyat sifatida tarix va hayotning zaruriy taqozosidir. Abu Nasr Forobiy aytganidek: «Avlodi bani bashar bir yo’sinda tavallud topgay, inchunin, bir yo’sinda, baxtli bo’lmoqlari lozim».
Sabr-toqat diniy tuyg’unlardan biri sifatida doim ardoqlangan. Alloh sabr qiluvchilarni sevadi» (3:146). Sabr-toqat faqat Qur’ondagina emas, balki «Bibliya» («Injil») mantlarida ham mavjud2. Sabr-toqat bilan odob saqlash, xokisor bo’lish (tovoze’)ni o’rgansak, xalqning muhabbatini qozonamiz, odamlarni do’stlashtiramiz, takabburlikka zid bo’lgan muloyimlik va kamtarlik yo’lini ochamiz. Bu bilan har qanday dushmanning ko’nglida insoniylik zavqini qo’zg’atish mumkin. Odob insoniy kamolot sifatida yoshlarda ulug’larga nisbatan mehr uyg’otadi, har xil musibat, azob-uqubatlarni keltirib chiqaruvchi hurmatsizlik, manmanlik, kamsitish, qo’pollik va hakozo bartaraf etishga olib boradi.
«Odobli va go’zal xulqli odamlar ko’payaversa, xalqning do’stligi, ularning bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbati borgan sari rivoj topadi. Agar kishi odob va tavoze’ kabi yaxshi xulqqa ega bo’lsa, o’zi ham xalqning izzat-hurmatiga sazovor bo’ladi. Odob va tavoze’ mehr-muhabbatning zeb-ziynatidir, odobsizlik do’stlikka putur yetkazadi. Odoblilik do’stlik oynasiga jilo beradi va ikki oraga yorug’lik bag’ishlaydi. Tavoze’ va odob egallariga hamma ta’zim qiladi va hurmat bildiradi. Odob urug’ini ekkan odamning hosili javohir bo’ladi»3-deb, o’qtirgan edi A.Navoiy.


1 Бозоров О., А.Худойқулов. Ўша асар, 81-б.
2 Этикет у народов Передний Азии. М., «Наука», 1988, с.47.
3 Навоий А. «Муҳбуб-ул-қулуб», Т., 1983, 48-бет.
Xullas, sabr-toqat inson uchun eng zarur bo’lgan fazilatlardan biridr. Islom dini bu borada Qur’onning qo’yidagi so’zlariga amal qilishni buyuradi: «… sabr – toqat qilingiz! Albatta Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir» (8:46) yoki «Sabr va salot (namoz o’qish) bilan madad so’ranglar» (2:45-46). Sabr-toqat axloqiy duch kelganda, ularni Alloh yuborgan sinov deb bilishi kerak.
Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar ichida yana eng muhimidan – insof va andisha hisoblanadi. Andishali (lekin qo’rqoq emas) kishi xatti – harakatining oqibatini o’ylab, yuz-xotirni esdan chiqarmay fikr yuritadigan kishilar xalq orasida e’zozlanadi. Andisha, mulohaza, insof insonni saodatga olib keluvchi fazilatlarni, baxt uchun izlangan narsalarni tiklay olish qobiliyatidir. Chunki «andishadi va insofli kishi biror ishni qilnishidan oldin, o’zi uchun qayg’urmasdan, boshqalar, ya’ni xalq uchun qayquradi. Andishali, mulohazali kishilarni xalq dono deb atadi va bu umuminsoniy fazilat insondagi bir quvvatki, u quvvat sog’lom aql deb ataladi»1. Islom dini ta’limoti tufayli bu axloqiy qadriyat asrlar davomida saqlanib kelingan va bugun mustaqillik sharoitida kishilarimiz ma’naviyatini shakllantirishda katta ahamiyatga ega ekanligi ravshan.
Kechirish, gunohidan kechish, tavba qilish ham islomning axloqiy ko’rsatmalaridan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardan boshlab insoniyat axloqiy munosabatlarida nojo’ya xatti-harakat va so’zni tahlil qilish jarayonida kishilarni kechirish, vijdon amri bilan insof yuzasidan ish yuritish his-tuyg’ulari shakllangan. Gunohkor odam-hali jinoyatchi emas. Inson o’z gunohini anglab etishi mumkin. Mana shu masala Qur’onda juda muhim hisoblanadi. Gunoh shariat qonuniga, islom aqidalariga xilofdir. Chunki islom ilohiy deb e’lon qilingan tartib-qoidalarga itoat etmaslikni gunoh deb asoslaydi. Lekin islomning insonparvarlik xususiyati shundaki Alloh bandalarining gunohlarini kechiradi, avf etadi, to’g’ri yo’lga yo’naltiradi. Islom axloqi hududiga ushlab turadi. Gunohni yuvish, undan forig’ bo’lish uchun kishi qilmishidan tavba qilishi, uni takrormasligini vijdonan va’da berishi zarur? «tavba qilgan xudoga yoqadi», «xatosiz ish faqat xudoga xosdir»,


1 Форобий Абу Наср. «Рисолалар», Т., 1975, 11-бет.
deydi odamlar. Tavba qilgan kishi taskin topadi. Tavba-gunoh sodir qilgan kishining ko’nglini tozalaydi.
Din, islom ham bandalarini boshqalarning yomonligiga yaxshilik bilan javob qaytarishga da’vat etadi. Bu da’vat kishilar qalbida dushmanlik va nafrat o’rniga muhabbat va do’stlikni joylaydi. Yomonlikka yomonlik qilish-xudoning xohishiga zid, qasoskorlik-rozilik. Yer yuzida odamlarga ozor beruvchilar va zulm egalari xudoning marxamatidan benasibdir. Islom mehr-shafqatga nafaqat axloqiy fazilat, balki e’tiqodning ajralmas qismi sifatida qaraydi. Shuning uchun har bir musulmon rahmdillikka intilishi zarur.
Islom mehr-shafqat va rahmdillikning asosiy dalili sifatida «Bismilla-hir rahmonir rahim» kalimasini keltiradi. Buning mazmuni: barchaga rahmdil bo’lgan va qiyomat kunida bandasiga mehribon bo’ladigan Alloh nomi bilan boshlayman», demakdir. Yoki islom Qur’onga tayangan holda «Senga birov yomonlik qilsa, yoki qo’pol muomalada bo’lsa, sen uni yaxshi gap, yaxshi muomala bilan qaytar. Shunday qilsang, uning adovati do’stlikka, yomon niyati yaxshilikka aylanib, o’rtalarida mehr-oqibat hosil bo’lur, ashaddiy dshmannining samimiy do’stga aylanur. Mehr-shafqatli odamning muomalasi ham nazokat bilan bezalgan bo’ladi». Darhaqiqat bunday fazilatga ega bo’lmagan kishilarda muruvvat, saxovat, himmatni uchratmaysan. Demak, islom umuminsoniy axloqiy qadriyat hisoblangan xushmuomalalikka da’vat etadi.
Qur’onda aytiladi: ezgulik va tavba yo’lida hamkorlik qilinglar, gunoh va dushmanlik mudaosidagi har qanday amalni ham moddiy, ham ma’naviy qo’llab- quvvatlamangiz»1. Demak, rahmdilik shaxs, inson ma’naviyati bilan chambarchas bog’liq. Ma’naviyatsizlik esa rahmdillik, achinish bilan birga bo’la olmaydi.
Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar qatorida yana bir ulug’ farz borki, bu- ehson (xayr-ehson) tushunchasidir. Xayr-ehson, hadya, in’om, xolis va beg’araz yordam, yaxshilik qilish demakdir. Bu islomda qat’iy talab qilingan. Hazrat A.Navoiy fikricha inson uchun «Ulug’ farz ehson qilishdirki, bu haqda ko’p gaplar aytilgan… Ehson degan sifatni abadiy sifat deb, uni fitna va ofatlardan to’siq…


1 Бозоров О., А.Худойқулов. Ўша асар, 55-б.
deb bil. Insoniyat bog’ining eng go’zal daraxti-ehsondir…». Baxil ehsondan qochar, xasis-mehmondan degan hikmatli so’z xalq tomonidan bexudaga aytilmagan»1.
Islom dinida, xususan, yetim-yesir, beva-bechora, musofir, nogiron, xastalarga mehr ko’rsatish amallari ulug’lanadi. Masalan, Qur’onning «Baqara» surasida «… o’zi yaxshi ko’rib turib molini qarindosh-urug’lariga, yetim- yesirlarga… beradiganlar… yaxshi kishilardir» deyiladi. Yoki shu suraning 274 oyatida aytilishicha, «mol dunyolarini kechayu kunduz, yashirin va oshkora ehson qiladigan zotlar uchun Parvardigorning huzurida ajr bor. Ular uchun hyech qanday xavfu xatar yo’q va ular g’amg’in bo’lmaydilar».
Xayr-ehsonni qadrlashni yoqlovchi hadislar ham anchagina. «Ro’zaning hikmatlaridan biri, beva-bechoralarga mehr ko’rsatishdir… chunki ro’za tutgan kishi qorin ochganda beva-bechoralarni esga oladi va ularga rahmi keladi. Ro’za inson qalbida rahmdillikni tarbiyalaydi». Imom at-Termiziyning «Sunan» kitobida
«Sadaqa muqarrar Allohning g’azabini so’ndiradi va yomon o’limdan saqlaydi»2, degan iboratli qayd bor. Lekin xayru-ehson, saxovatning ham me’yori va muvofiq shakllari bor. Bugungi kunda me’rakalarda haddan tashqari dabdabalik, isrofgarchilik ko’rinib turibdi. A.Navoiyning ta’kidlashicha, «saxovatning ortig’i isrofgarchiliklar, nom chiqarish uchun gavharni hovuchlab sochish, maqtanish uchun etaklab pul berish saxovat hisoblanmaydi». Ma’lumki nojo’ya xayr-ehson, insonni ranjitib qo’yishi ham mumkin. Chunki xalqimiz sharafni, obro’ni avvalo halol mehnat, so’ngra hayo va odobdan deb biladi. Qanoat qilganni, avaylab- asrashni, moddiy ne’matlarni qadrlashni xalq ardoqlaydi.
Shuning uchun xayru-ehson, saxovatni faqatgina sadaqa, moddiy in’om deb tushunish kaltafahmlikdir. Xayr-ehson va saxovat deganda, samimiylik, iltifot, izzat-hurmat, sof e’tibor kabi fazilatlarni ham tushunish kerak. A.Navoiyning ta’kidlaginidek, «O’zingda ko’p bo’lsa, in’om ber; ko’p bo’lmasa, oz berishdan or qilma. Agar qo’l bilan xayr berish iloji bo’lmasa, til bilan naf yetkazish mumkin.


1 Навоий А. «Маҳбуб ул-қулуб», 45-б.
2 «Islom nuri». 2 (20)-son, 1441 h.-1991 yil.
Odamning bir so’z bilan xursand qilish kerak bo’lgan vaqtda unga xazina bersang, u qaramaydi». Xullas, «Baxtga erishish maqsadida o’zaro yordam bergan xalq- fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam bersalar butun yer yuzi fazilatli bo’ladi»1.
Ulug’ A.Navoiy bashorat qilganlari bugungi kunda jahonda sodir bo’layotgan integrasion jarayonlarda, bashariyat hamkorligida yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bu o’rinda, ya’ni umuminsoniy qadriyatlarning tiklanishida dinning ham yuksak rolini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Chunki xalqimiz hayotida, uning milliy qadriyatlarni saqlashda va ularni avloddan avlodga yetkazib berishda islom dini keng imkoniyatlar yaratgan. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatning shakllanishida umuminsoniy axloqiy qadriyatlardan foydalanish yuksak ahamiyatga ega. Chunki umuminsoniy axloqiy qadriyatlar islom ta’limoti negizida rivojlanib, xalqimizning turmush tarzi, milliy urf-odatlari va an’analari bilan uyg’unlashib kelgan va bugun milliy g’oyamizni shakllantirishda keng yo’l ochib beradi.
Jahonda globallashuv jarayoni sodir bo’layotgan hozirgi vaqtda, uning MDH-ga ham ta’siri borligini madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan madaniy jumladan, islomiy qadriyatlarni asrab-avaylash, ilmiy asoslangan holda undan unumli foydalanishimiz lozim. Milliy ma’naviyat va islomiy qadriyatlarning tiklanishi va ravnaqi nafaqat shaxsning ruhiy poklanishiga, balki o’zligini anglash, milliy g’urur, milliy iftixor, vatanparvarlik, insonparvarlik hissini tarbiyalashda keng imkoniyat beradi. Shuning uchun, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi, mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»2.


1 Навоий А. «Маҳбуб ул-қулиб», 52-б.
2 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8. T., «O’zbekiston», 2000,
341-b.

Xulosa


Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo’lar ekan, u nafaqat bugungi madaniy boyliklarga, shu bilan birga xalqimizning ko’p asrlik ma’naviy merosiga ham tayanadi. O’zbekiston xalqining boy ma’naviy merosi I.A.Karimovning aytganlaridek «ikki jabhani – olamni ilmiy bilishi va diniy- falsafiy ta’limotni o’z ichiga oladi». Ajdodlarimizning asrlar davomida to’plangan hayotiy tajribalari, ilmiy kashfiyotlari, axloqiy ta’limotlari va badiiy-estetik boyliklari istiqlol yillarida ma’naviy islohotlarning poydevorini tashkil qiladi. Bu o’rinda dinning, jumladan islom ma’naviyati va axloqiy ta’limotining mavqyei ham kam emas.
Sobiq sho’rolar davrida diniy qadriyatlarga, jumladan islom ta’limotiga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, uni odamlar va jamiyat taraqqiyoti uchun zararli deb topish, kurashgan ateizm tamoyillarini mutloqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi. Dinning odamlar turmush tarzi, urf-odatlari, milliy an’analari bilan uzviy bog’liqligi, u axloq-odob, ma’naviyatni boyitishda muhim manba ekanligi inkor etildi.
Din ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida kishilar ma’naviy hayotining kuchli va ayrim paytda hatto asosiy omili bo’lib kelgan. E’tiqod sifatida e’tirof etilgan tamoyillarga qat’iy amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi. Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, irodalilik, sabr- toqatlilik, shukronalilik, e’tiqodga amal qilish, xullas insoniylikni taqoza etadi va kishining ma’naviy-ruhiy salohiyatini shakllantiradi. Prezidentimiz I.A.Karimov Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochilishiga bag’ishlangan nutqlaridan dinning inson ma’naviyatini kamol toptirishidagi roliga baho berib; «Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizda xizmat qiladigan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas – tuganmas kuch – qudrat manbai bo’lib qolishiga ishonaman»1-deb, ta’riflaganlar.


1 «Миллий тикланиш», 1998, 27 октябрь.
Barcha jahon dinlari kabi islom dini ham kishilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda, mehr-muruvvatni o’zaro hurmat va yordam, halol-pok yashashga undovchi umuminsoniy qadriyatlarni o’zida mujassamlashtiradi.
Mustaqillik tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson va dinga e’tiqod qiluvchilar uchun diniy qadriyatlarning tutgan mavqyei o’z o’rniga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda (yangi tahriri, 1998 y.) dindorlarning huquqlari kafolatlangan, dinga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi. Din ma’naviy madaniyatimizning tarkibiy qismi sifatida e’tirof etildi. Milliy va umuminsoniy fazilatlarni mujassamlashtirgan islomiy qadriyatlar va ularning asosiy qoidalari, ma’naviy islohotlarning axloqiy zaminini tashkil etadi. Din mustaqillik ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmatining ortib borishi tabiiydir.
Diniy e’tiqodlar, g’oyalar va ta’limotlar hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning poydevori bo’lib xizmat qiladi. Umuman din va islom dini ham hozirgi zamonda tinchlik, osoyishtalik, iymon, ehson, poklik, insonparvarlik, vatanparvarlik uchun odamlarni yo’naltiradigan ma’naviy-ruhiy kuchdir.
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida kishining fe’l-atvori, xulq-odobi, dunyoqarashi, ma’naviyati va ruhiyati milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun faqatgina Respublikamizgina emas, balki butun MDH- da ham dinga ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida qarash, dinning jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalarini e’tirof etish hozirgi zamon dinshunoslik fanining asosiy innovasion tamoyilini tashkil etadi. Tadqiqotchilar dinning falsafiy, dunyoqarash funksiyasiga ishora qilib, uning insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, bu dunyo masalalariga, inson hayotining muammolariga o’z munosabatini bildirib turishga undaydigan omil sifatida qarashdilar. Bundan tashqari, jamiyat, guruh va shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, unga
zaminiy mazmun baxsh etgan va hamma uchun bajarishi majburiy-imperativ xulq- atvor qoidasiga aylantirgan.
Dinning insonparvarlik funksiyasi, shubhasiz insonni ma’naviy-ruhiy shakllantirish orqali amalga oshadi. Bu jihatdan islom ta’limoti ham o’zining insonparvarlik g’oyasi va mazmuni bilan jahon dinlari tizimida alohida mavqyega ega. Islomning gumanistik mazmuni inson va jamiyatni ma’naviy poklanishiga yo’l ochadi. Islom ta’limotida ezgulik va insoniylikka da’vat etuvchi, inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi boy va sermazmun o’gitlar bisyor. I.A.Karimov ta’kidlaginidek, «Islom dini… biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik… Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o’gitlarga amal qiladilar. Mehr – oqibatli, nomusli, oriyatli bo’lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar. Din xalq ma’naviyatining, ma’rifatining yuksalishiga katta hissa qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar tuzganda dinni, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e’tiborda tutishimiz kerak». Shuning uchun hozirgi paytda islom qadriyatlariga suyanish, musulmonchilikning asl tamoyillarini rivojlantirish, ularni kishilarimiz hayotiy faoliyatlarida singdirish ham tarixiy, ham mantiqiy, ham madaniy jihatdan zarurdir. Ayni paytda bu xilqimizning dunyoqarashi, axloqining mazmunini belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi.
Din va dindorlar ahlining jamiyatda tutgan o’rnini inobatga olgan holda, ma’naviy hayot bilan diniy munosabatlarni uyg’unlashtirish masalasi ijobiy hal etilmoqda. Mustaqillik sharoitida e’tiqod erkinligi, davlat bilan dinning o’zaro munosabati, dindor fuqarolar haq-huquqlarining konstitusion negizi qo’yilishi, Respublika ijtimoiy hayotida dinning mavqyei, xalq o’rtasida totuvlik ta’minlashdagi ahamiyati, o’gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo’lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar. Din xalq ma’naviyatining, ma’rifatining yuksalishiga katta hissa qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar tuzganda dinni, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e’tiborda tutishimiz
kerak». Shuning uchun hozirgi paytda islom qadriyatlariga suyanish, musulmonchilikning asl tamoyillarini rivojlantirish, ularni kishilarimiz hayotiy faoliyatlarida singdirish ham tarixiy, ham mantiqiy, ham madaniy jihatdan zarurdir, ayni paytda, bu xalqimizning dunyoqarashi, axloqining mazmunini belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi.
Din va dindorlar ahlining jamiyatda tutgan o’rnini inobatga olgan holda, ma’naviy hayot bilan diniy munosabatlarni uyg’unlashtirish masalasi ijobiy hal etilmoqda. Mustaqillik sharoitida e’tiqod erkinligi, davlat bilan dinning o’zaro munosabati, dindor fuqarolar haq-huquqlarining konstitusion negizi qo’yilishi, Respublika ijtimoiy hayotida dinning mavqyei, xalq o’rtasida totuvlikni ta’minlashdagi ahamiyati, teng huquqli fuqarolar deganda insonparvarlik va vatanparvarlik qoidasining ro’yobga chiqishida dinning ijobiy ta’sir ko’rsatishi kabi murakkab muammolar oqilona tarzda hal etildi. Din mustaqillik ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmati yanada ortib borishi tabiiy.
Bugun mustaqililk tufayli dinga bo’lgan munosabatimiz tubdan o’zgardi. Dinni «inson uchun zararli», «jamiyat taraqqiyotida to’sqinlik qiladi» degan noto’g’ri tushunishlar o’rniga uning ma’naviy madaniyatimizning ajralmas bir qismi bo’lishi, kishilarni barkamollikka, ezgu ishlarga va bardoshlikka o’rgatuvchi bir butun dunyoqarash tizimi, turmush tarzi ekanligini hav anglamoqdamiz. Shuning uchun faqatgina bizning respublikamizgina emas, balki butun MDH dinshunoslik fanida ham dinni ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida e’tirof etish, uning jamiyatdagi integrasion funksiyalarini va hayotiyligini xolisona ko’rsatish tamoyili keng yoyilgan.
Din umuminsoniy va milliy qadriyalarni saqlab qolish hamda avloddan- avlodga yetkazish ishiga yordam berib kelgan va bugun ham odamlarga hayotdagi muammo va qiyinchiliklarni yengib o’tishda ruhiy kuch-quvvat bag’ishlab, ishonch hissini, ertangi kunga umidini mustahkamlab kelmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Din odamzod hyech qachon yomon yo’lga boshlaydi. Din bu dunyoning o’tkinchi ekanini oxiratni eslatib turadi, odam
bolasini hushyor bo’lishga, harom yo’llardan uzoq yurishga, yaxshi bo’lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi».
Bugun jahon afkori ommasi XXI asr – tinchlik asri bo’lmog’i uchun kurashmoqda. Bu yo’lda diniy bag’rikenglik, dinlararo muloqot katta ahamiyatga ega. An’anaviy diniy bag’rikenglik o’lkasi sifatida ma’lum va mashhur bo’lgan O’zbekiston bu jabhada ham o’z burchini sharaf bilan ado etmoqda. Respublikamizda islom dini bilan bir qatorda 15 diniy konfessiya qonun asosida emin-erkin faoliyat ko’rsatmoqda.
Asrlar davomida insoniyatning ma’naviy axloqiy va madaniy qiyofasini shakllantirib kelgan jahon dinlari, jumladan islom dini tomonidan ardoqlangan umuminsoniy axloqiy qadriyatlar mustaqillik sharoitida xalqimizning ma’naviy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 244.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling