Mavzu: Ma’naviy hayotdagi tub o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari


  Davlat  va  jamiyat  qurilishi  tizimini  takomillashtirish.  Qonun


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#211558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
a Wf ieekNxP2LwEe39CoEyI3BaExR9z

2.  Davlat  va  jamiyat  qurilishi  tizimini  takomillashtirish.  Qonun 

ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenta  Shavkat  Mirziyoevning  2017  yil  7 

fevralda  qabul  qilgan  “O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha 

Harakatlar  strategiyasi  to‘g‘risida”gi  farmonida  davlat  va  jamiyat  qurilishini 

takomillashtirishga 

yo‘naltirilgan  demokratik  islohotlar  va  mamlakatni 

modernizatsiya  qilishda  parlamentning  rolini  yanada  kuchaytirishga,  davlat 

boshqaruvi  tizimini  takomillashtirish  masalalariga  ustuvor  axamiyat  qaratilgani 

ayniksa  e’tiborga  molik.

13

  Bu  tarixiy  xujjatda  mamlakatning  yaqin  istiqboldagi 



rivojlanish yo‘nalishlari belgilab berildi. “Iktisodiyotda davlat ishtirokini strategik 

asoslangan  darajada  qisqartarish,  xususiy  mulkni  yanada  rivojlantirish  va  uni 

himoya qilishga doyr kompleks masalalarni xal etish, hukumat, davlat boshqaruvi 

organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muxim ustuvor vazifa sifatida 

belgilanadi”

14



Davlat  boshqaruvi  tizimini  yanada  takomillashtirishda,  davlat  hokimiyati 

tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali 

tashkiliy  va  huquqiy  mexanizmlarini  yaratishda  so‘nggi  yillarda  konstitutsiyaviy 

qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim axamiyat kasb etdi. Xususan, 

2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 

ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 

98-moddalariga)”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni  davlat  hokimiyati  tizimini 

yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi. 

Hokimiyat  sub’ektlari  o‘rtasida  vakolatlar  mutanosib  taqsimlanishiga 

erishishda  islohotlarning  avvalgi  bosqichida  Asosiy  qonunimiz  98-moddasiga 

kiritilgan  tuzatishlar  jiddiy  axamiyat  kasb  etdi.  Konstitutsiyaviy  qonunchilikni 

takomillashtirishga yo‘naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, hokimiyat tarmoqlari 

mustaqilligining  oshishiga  xizmat  kilsa,  ikkinchidan,  davlat  hokimiyati  tizimida 

o‘zaro  bir-birini  tiyib  turish  mexanizmida  yangi  bo‘g‘inlarni  nazarda  tutadi. 

Masalan,  Vazirlar  Maxkamasi  vakolatiga  taalluqli  masalalar  yuzasidan  qarorlar 

qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga raxbarlik qilish huquqi 

                                                 

13

 



Қаранг: 

“Халқ сўзи”, 2017 йил 8 февраль.

 

14

 



Шавкат  Мирзиёев.  Эркин  ва  фаровон,  демократик  Ўзбекистон  давлатинн 

мард ва олийжаноб халкимиз билан бирга қурамиз! 

“Халк сузи”. 2016 йил 15 

декабрь. 

 



Prezident  vakolatlari  doirasidan  chiqarildi.  Bosh  vazirning  Prezidentga  viloyatlar 

hamda  Toshkent  shahar  hokimlarini  tayinlash  va  lavozimdan  ozod  etish  uchun 

taqdim qilish huquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat 

mustakilligini va ta’sirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini taklif etish 

va  tasdiqlash  tartibi,  shuningdek,  uning  hisobotini  tinglash  va  muhokama  qilish 

tartib 

takomilining 

kiritilishi 

Parlament 

rolini 

yanada 


kuchaytirishga 

ko‘maklashuvchi institut bo‘ldi.  

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  demokratlashtirishga  karatilgan 

yangiliklarning  axamiyati  yana  shundan  iboratki,  ular  davlat  hokimiyatining 

sub’ektlari,  ya’ni,  davlat  boshlig‘i  bo‘lgan  Prezident,  qonun  chikaruvchi  va  ijro 

etuvchi  hokimiyatlar  o‘rtasidagi  vakolatlarning  yanada  oqilona  taqsimlanishini 

ta’minlashga qaratilgandir. Davlat hokimiyati taqsimlanishi to‘g‘risidagi ta’limotga 

ko‘ra,  hokimiyat  tarmoqlari  vakolatlarining  to‘g‘ri  taqsimlanishi  davlat  idoralari 

faoliyatining  barqarorligini,  ular  o‘rtasida  samarali  hamkorlik  yo‘lga  qo‘yilishini 

kafolatlaydi. Qolaversa, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib va 

adolatli taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma’noda demokratik tabiatga ega 

bo‘lishi va inson huquqlari izchil ta’minlanishining garovidir. 

Mamlakatning  davlat  boshqaruv  tizimi  uning  siyosiy,  ijtimoiy,  huquqiy  va 

ma’muriy madaniyatining uzviy qismidir. Boshqaruv madaniyati bir qator tarixiy, 

milliy,  jug‘rofiy,  ma’naviy  va  boshqa  omillar  ta’sirida  shakllanadi.  Boshqaruv 

madaniyati  davlat  boshqaruvi  tuzilmalariga  nisbatan  birmuncha  barqaror  va 

turg‘undir. Shu tufayli siyosiy (davlat) boshqaruv madaniyatini tarixan qisqa vakt 

ichida o‘zgartirish 

birmuncha mushkul. Masalan, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini qonunchilik 

islohoti vositasida tarixan qisqa muddatda o‘zgartirish (yangilash) mumkin, ammo 

bosharuvga  bog‘liq  mafkurani,  mentalitetni,  ongni  va  madaniyatni  darxol 

o‘zgartirishning iloji yo‘q. 

Jamiyatni  erkinlashtirishning  xozirgi  bosqichida  davlat  boshqaruvini 

modernizatsiya  qilishning  bir  qator  yo‘nalishlari  va  vazifalari  Harakatlar 

strategiyasida belgilab berilgan.  


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling