Mavzu: ma’naviyat va din nisbati


Download 23.08 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi23.08 Kb.
#1249192
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu


MAVZU: MA’NAVIYAT VA DIN NISBATI

1. Ma’naviyat va din tushunchalari


2. Ma’naviy qadriyat sifatida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni


Hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri tarixiy-madaniy va diniy-falsafiy merosimizni o’rganishdir. Buni insonlarning milliy-madaniy yaxlitligi ibtidosi manbai bo’lmish ma’naviy yangilanishdan boshladik. Chunki har qanday madaniyatning asosida turli xil diniy-falsafiy aqida va ta’limotlar yotadiki, ularni o’rganmasdan turib, xalqlar madaniyatining asosida turli xil diniy-falsafiy aqida va ta’limotlar yotadigan, ularni o’rganmasdan turib, xalqlar madaniyatining shakllanishida asosiy sarchashma hisoblangan ma’naviy manbani bilish mumkin emas.


Jamiyat shaxsning ma’naviy qiyofasi, boyligi va istiqboli mustaqillik tufayli davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi tarzida idrok etilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy islohotlar jarayonida din va diniy tashkilotlarga munosabat tubdan o’zgardi. Sobiq sho’rolar davrida ma’naviy merosga, xususan diniy qadriyatlarga, jumladan islom ta’limotiga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, dinni odamlar uchun zararli deb topish, kurashgan ateizm tamoyiliga mutlaqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi. Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy va ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga yo’l ochilib, unitilgan urf-odatlarimiz, milliy an’ana va diniy qadriyatlarimizni qayta tiklashga muvaffaq bo’ldik. Buning boisi shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyat hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog’lanib, odamlar turmush tarzi, milliy urf-odatlariga aylanib, ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismini tashkil etgan.
Jahon dinlarining biri sifatida islom ta’limoti, uning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ham asrlar davomida Sharq mamlakatlari, jumladan O’rta Osiyo mintaqasida yashab kelgan xalqlarning qalbiga ezgulik, poklik, halollik, insonparvarlik, mehnatsevarlik hissiyotini singdirishga, insoniylikka xos odob-axloqni shakllantirish, ma’naviy boyligini saqlab, uni avlodlardan – avlodga yetkazib berishga xizmat qilib kelgan.
Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov istiqlolning dastlabki kunlaridanoq milliy va diniy qadriyatlarning ma’naviy madaniyatida tutgan o’rni haqida shunday degan edi: «Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi, mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»1.
Darhaqiqat, mamlakatimizda istiqlol tufayli dinga e’tiqod qiluvchilarning huquqlari qonun asosida kafolatlangan. Din mustaqililk ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmati yanada ortib borishi tabiiy. Din, jumladan islom dini mamlakatimizda ma’naviy madaniyatning fenomeni sifatida e’tirof etilgan, dinga va diniy tashkilotlarga munosabat qonun asosida amalga oshirilmoqda. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonun (yangi tahriri, 1998) buning dalilidir. O’zbekiston an’anaviy diniy bag’rikenglik (tolerantlik) o’lkasi sifatida jahon jamoatchiligi tomonidan tan olingan2.
Asrlar davomida insoniyatning ma’naviy-axloqiy va madaniy qiyofasini shakllantirib kelgan jahon dinlari, jumladan islom dini tomonidan ardoqlangan umuminsoniy axloqiy qadriyatlar mustaqillik sharoitida odamlarning ma’naviy tarbiyasida, ularning komillik sari intilishiga xizmat qiladi.
Sobiq Sovetlar davlatining parchalanib ketishi va MDHning vujudga kelishi, shuningdek, globallashuv va integrasion jarayonlarning kuchayishi tufayli dinga qiziqish ortib bormoqda. Keyingi yillarda din sohasida nashr etilgan adabiyotlarda, taniqli olimlarning tadqiqotlarida din va uning muammolariga yangicha yondashuv, uni ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi sifatida o’rganish, turli dinlarining jamiyat hayotida tutgan o’rnini va funksionallarini har tomonlama tadqiq etish, dinlarning nafaqat islohiy, balki zaminiy mazmuni va hayotiyligini bayon etish fanda hukm surmoqda3.
Mazkur tamoyilni Respublikamizda mustaqillik yillarida chop etilgan risola va darsliklarda hamda islom muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlarda kuzatish mumkin4



Download 23.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling