Iqtisodiyot va ma’naviyat - Iqtisod va ma’naviyat o‘zaro chambarchas bog‘liq. Ma’naviyatsiz iqtisod va iqtisodiyotsiz ma’naviyat yuksak bosqichga ko‘tarila olmaydi. Oldin iqtisodiy masalalarni, vazifalarni hal qilib, so‘ng ma’naviyat bilan shug‘ullanish lozim deguvchilar qattiq adashadilar va aldanadilar. Ikkalasini baravar rivojlantirish zarur.
Siyosat - Kishilik jamiyatini siyosatsiz tasavvur etish qiyin. Siyosat orqali ijtimoiy hayot boshqariladi, tartibga solinadi, o‘zgartiriladi va rivojlantiriladi. Siyosat — yunoncha «polis» — davlat so‘zidan olingan bo‘lib, davlat va jamiyat ishlari bilan bevosita shug‘ullanish jarayonini anglatadi. Siyosat — bu jamiyat hayotining xilma-xil sohalarida ro‘y beradigan oddiy va murakkab vazifalarni hal qilishga, aniq maqsadlarga erishishga qaratilgan faoliyat yoki vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |