Mavzu: Manzaral o’simliklar zararkunandalariga qarshi kurash usullari va vositalari. Mundarija
Download 1.33 Mb.
|
Mavzu Manzaral o’simliklar zararkunandalariga qarshi kurash usu
Manzarali oʻsimliklar, dekorativ oʻsimliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi. Manzarali oʻsimliklar shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, ishlab chiqarish binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari, mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, us-tunsimon) bilan tavsiflanadi. Bir qator belgilariga, mas, hayot shakliga koʻra — daraxtlar, butalar, chala butalar, oʻt oʻsimliklarga, poyasi shakliga koʻra, tik oʻsadigan, ilashib oʻsadigan, pastak, yoyilib oʻsadigan, osilib oʻsadigan va boshqalarga boʻlinadi. Manzarali oʻsimiklar biologik xususiyatlari hamda agrotexnika talablariga qarab: daraxt va butalarga, koʻp yillik, ikki yillik, bir yillik, boshoqsosh (gʻallagulli), piyozli va boshqa oʻsimlik guruhlariga boʻlinadi. Manzarali daraxt va butalarga yaprokdi, igna bargli, doim yashil va barg toʻkuvchi oʻsimliklar kiradi. Xiyo-bon, koʻchalarga, hovuz va koʻl boʻylariga eman (dub), kashtan, chinor, akatsiya, oq qayin, majnuntol, terak, sarv, oq qaragʻay, shamshod, doʻlana, archa; shiy-pon va ayvon tevaragiga ilashib usuvchilar — tok, chirmoviq, butalardan atirgul, siren va boshqa ekiladi. Koʻp yillik Manzarali oʻsimliklar ga istirohat bogʻlari, xiyobonlarda oʻstiriladigan sergul, serbarg va manzarali mevali usimliklar kiradi. Iliq iqlimli mamlakatlarda koʻp iilliklarning qishda ochiq dalada qoladigan va koʻchirib olib, issikxonada saqlanadigan xillari bor. Baʼzi koʻp yilliklar iqlimi sovuq mintaqalarda bir yillik oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Ular bahorda ildiz, ildizpoya, ildizmeva, piyozchasidan oʻstiriladi. Koʻp yillik oʻsimliklar bir yerda 3—5 yil va undan ortiq usadi. Qalamchasi va urugʻidan koʻpaytiriladi. I k k i yillik Manzarali oʻsimliklar xushmanzara gulli oʻsimliklar boʻlib, birinchi yili tupbarg , ikkinchi yili gulli va mevali poya hosil qiladi. Bu guruhga, shuningdek, ikki yillik si-fatida ustiriladigan baʼzi kup yillik oʻsimliklar ham kiradi. Bulardan, asosan, gulzor barpo etishda foydalaniladi. Bir yillik Manzarali oʻsimliklar ga urugidan ekiladigan va Usuv davri bir yil davom etadigan oʻsimliklar, birinchi yili gullaydigan, lekin sovuqqa chidamsiz oʻsimliklar ham kiradi (mas, geliotrop, itogʻiz, funksiya, lobeliya va boshqalar). Bir yillik oʻsimliklarga chiroyli gullaydigan, naqsh barglilar, "gilam" hosil qiladigan, novdalari osilib turadigan ampal va boshqa oʻsimliklar guruhi kiradi. Iliq iqlimli hududlarda koʻpchilik bir yillik oʻsimliklar vegetatsiya davrini uzaytirish va erta gullashi uchun mart— aprelda parnik va oranjereyalarga ekiladi, soʻngra ochiq yerga kuchiriladi, ayrimlari toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq yerga ekiladi. Bularga qoʻqongul, xinagul, tirnoqgul, koʻknorgul, nastursiya, petuniya, tamakigul, baxmalgul, ipomeya va boshqa kiradi. Gʻalla gulli Manzarali oʻsimliklar. boshoqdoshlarga mansub boʻlib, gulchilikda guddastalar tayyorlashda foydalaniladi. Maysazorlarga yakka va guruhlab ekishda baland oʻsadigan, gulzor chetlariga va guruxlab ekishda past oʻsadigan gʻallagulli oʻsimliklardan foydalaniladi. Piyozli Manzarali oʻsimliklar piyozguldoshlar va chuchmomaguldoshlarga mansub boʻlib, manzarali bogʻdorchilikda koʻpaytiriladi. Bularga boy-chechak, lola, nargis, giatsintlar, piyozgul va boshqa kiradi. Asosan, piyozchalaridan koʻpaytiriladi.
Manzarali oʻsimliklar urugʻi, koʻchatlari, qalamchalari manzarali bogʻdorchilik xujaliklarida yetishtiriladi, yangi manzarali Usimliklarni madaniylashtirish va ularni tarqatish bilan botanika bogʻlari va dendrariylar shugʻullanadi. madaniy oʻsimliklarni zararlaydigan yoki ularni nobud qiladigan jonivorlar. Umurtqali hayvonlarning sut emizuvchilar sinfi, ayniqsa, kemiruvchilar turkumiga mansub Oʻsimliklar zararkunandalari koʻp. Umurtqasiz hayvonlardan qorinoyoqli mollyuskalarning ayrim turlari, nematodalar sinfidan yumaloq chuvalchanglarning koʻpchiligi oʻsimliklarni zararlaydi. Boʻgʻimoyoqlilardan hasharotlar sinfi, oʻrgimchaksimonlar sinfi (kanalar), koʻpoyokdilar sinfining baʼzi turlari hamda qisqichbaqasimonlar (eshakqurt)ga mansub turlituman va juda koʻp Oʻsimliklar zararkunandalari turlari bor. Hasharotlar, ayniqsa, hosilga koʻproq zarar yetkazadi. Ularning 60 mingdan ortiq oʻsimlikxoʻr turi maʼlum, shu jumladan, 4 mingga yaqin turi madaniy oʻsimliklarga zarar yetkazadi, mahsulotlarni buzadi va h.k. Qishloq xoʻjaligi uchun zararli hasharotlar sistematik tamoyil (turkumlar boʻyicha) hamda oziqlanish xarakteri boʻyicha tasniflanadi. Oʻsimlikxoʻr hasharotlar va kanalar turli oilalarga mansub oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hammaxoʻr hasharotlar — polifaglarga; bir oilaga mansub har xil turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar — oligofaglarga; faqat bir turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar — monofaglarga boʻlinadi. Turli ekinlar hosiliga hammaxoʻr zararkunandalar: chigirtkasimonlar, baʼzi chirildoqlar, qoʻngʻizlardan qirsildoq (simqurtlar), qora qoʻngʻizlar (soxta simqurtlar) va boshqalar, kapalaklardan kuzgi tunlam, gʻoʻza tunlami, karadrina va boshqalar katta zarar keltiradi. Bir oilaga mansub har xil turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar ham koʻpchilikni tashkil etadi. Bularga shved pashshasi, gessen pashshasi va boshqalar kirib, faqat boshoqli oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Karamguldoshlarga mansub oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharot turlari ham koʻp. Bularga karam oq kapalagi, karam kuyasi, karam pashshasi va boshqalar kiradi. Faqat bir turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlardan filloksera (tokning asosiy zararqunandasi), beda barg filchasi (fitonomus) va boshqalar xavfli zararkunandalardan hisoblanadi. Zararkunanda hasharotlar va kanalar ular zararlaydigan oʻsimlik guruhlari boʻyicha ham tasniflanadi. Mas, boshoqlilar zararkunandalari, gʻoʻza zararkunandalari (200 dan ortiq turi bor), bogʻ zararkunandalari, sabzavot ekinlari zararkunandalari va h.k. Oʻsimliklar zararlanishining asosiy ikki turi farqlanadi: birinchisi — ogʻiz organlari kemiruvchi, ikkinchisi sanchibsoʻruvchi hasharotlarga xos. Kemiruvchi hasharotlar oʻsimlikning turli organlarini, toʻqimalarini kemiradi. Sanchibsoʻruvchi hasharotlar, masalan, oʻsimlik bitlari, kanalar va boshqalar oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi. Oʻsimliklar zararkunandalari oziqlanishida oʻsimlikning maʼlum organlariga oʻrgangan boʻladi. Shuning uchun ham ildiz, poya, barg, meva, gul va boshqalar organlar zararkunandalari guruhlari farklanadi. Oʻsimliklar zararkunandalari tarqalishi va turlar kompleksining shakllanishi tashqi muhitning oʻzgaruvchanligi hamda turlarning ekologik moslashuvi bilan uzviy bogʻliq. Har bir tur oʻzi uchun qulay hududga joylashadi. Hasharot va kanalarning rivojlanishi hamda koʻpayishi uchun temperatura sharoiti muhim ahamiyatga ega. Har bir tur uchun maʼlum temperatura rejimi zarur. Sutkalik oʻrtacha samarali temperatura yigʻindisiga qarab hasharotlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi, mavsumda nasl berishini taxminan aniqlash mumkin. Oʻsimliklar zararkunandalarining embrional va postembrional rivojlanishi, odatda, yuqori trada tezlashadi. Mas, beda barg filchasi17,6° da 56, 21,2° da 34, 22° da 31 kunda rivojlanadi. Rivojlanishi tuproq bilan bogʻliq boʻlgan hasharotlar uchun tuproqning kimyoviy tarkibi, kislotaliligi, aeratsiyasi, namligi katta ahamiyatga ega. Agrotexnika tadbirlari (tuproqni ishlash, oʻgʻit solish va boshqalar) yordamida zararkunanda hasharotlar uchun noqulay sharoityaratish mumkin. Masalan, nordon tuproqlar ohaklanganda qirsildoq qoʻngʻizlar rivojlana olmaydi. Oʻsimliklar zararkunandalarining boshqa hayvon organizmlari bilan oʻzaro bogʻliqligi ham ularning rivojlanishiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Mas, oʻsimlik bitlari oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi, ular ajratgan shira chumoli, yaydoqchi va baʼzi pashshalar uchun oziq hisoblanadi. Oʻsimlik bitlari bilan yirtqich hasharotlar (qoʻngizlar, vizildoq pashsha lichinkalari va boshqalar), ular bilan turli hasharotxoʻr qushlar, bular bilan esa turli yirtqich qushlar oziqlanadi. Oʻsimliklar zararkunandalarining koʻpayishida oziqning koʻpligi va tarkibi, obhavo sharoiti, yirtqichlar, parazitlar, kasalliklar taʼsiri va boshqalar muhim rol oʻynaydi. Bir joyda muttasil bir xil ekin ekish (yakka ziroatchilik) shu oʻsimlik bilan oziqlanadigan zararkunandalarning koʻpayib ketishi uchun qulay sharoit yaratadi. Masalan, eski bedapoyalarning oʻz vaqtida haydalmasligi ularda beda barg filchasining koʻpayib ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Oʻsimliklarni genetik himoya usuli ikki organizm: parazit bilan oʻsimlikxoʻjayinning oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Oʻsimlikning kasallik va zararkunandalarga nisbatan immuniteti (chidamligi) muhim ahamiyatga ega. Oʻsimliklarni mikrobiologik himoya usulida kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurashish uchun mikroorganizmlardan foydalaniladi. Oʻsimliklarni uygʻunlashgan — integral himoya usulida zararkunanda hasharotlar hamda kanalarga qarshi kurashish uchun kimyoviy va biologik kurash usullari birgalikda olib boriladi. Bunda odam tomonidan buzilgan agrobitsenozdagi turlar nisbatan tiklanadi, bu esa biosferani muhofaza qilishning muhim omillaridan biridir. Oʻsimliklarni himoya qilishq. nazariyasini yaratishda S.N. Lgimuhamedov, N. G. Zaprometov, V. A. Znamenskiy, K.I.Mirpoʻlatov, M.N. Narziqulov, R.O. Olimjonov, T.D.Straxov, V.N.Shchegolev, V.V.Yaxontov va boshqalar ning ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekistonda Oʻsimliklarni himoya qilishq. boʻyicha amaliy tadbirlarni Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklarni himoya qilish markazi rejalashtiradi, uyushtiradi va bajarilishini nazorat qiladi. U.ning huzuridagi Oʻsimliklarni himoya qilishq. st-yalari, kasallik, zararkunandalarning tarqalishi va koʻpayishidan ogohlantirish punktlari (156 ta) da bevosita Oʻsimliklarni himoya qilishq. tadbirlari bajariladi. Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish institutida, oliy oʻquv yurtlari, tajriba st-yalarida shu sohaga oid ilmiy ishlar olib boriladi. Xulosa Yuqoridagi malumotlardan xulosa qiladigan bo’lsak zararkunandaklarga qarshi kurash nafaqat o’simliklar dunyosida balki butub tabiat olamida dolzarb muammo bo’lib kelgan. Bu muammolarni bartaraf etishda olimlar mutahasislar va boshqa shaxslar tomonidan ko’plab usulari o’ylab topilgan va bugungi kundalik hayot tarziga tadbiq ertilgan. Bu orqali biz ko’plab yutuqlarga erishdik va atrof muhitning zararlanib ketmasligi uchun katta zamin yaratdik. Yuqorida biz mamalatimiz tomonidan amalga oshirilgan va omalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlarni muhoka qildik va o’sha ishlar bo’yicha qilinadigan ishlarning yangi kansepsiyasini yani qonuni bilan ham tanishib chiqdik Oʻzbekiston Respublikasida Oʻsimliklarni himoya qilishq. sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariyaepidemiologiya xizmati, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va boshqalar davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida" Qonuni (2000-yil 31 avgust) Oʻsimliklarni himoya qilishq.ni taʼminlash, Oʻsimliklarni himoya qilishq. vositalarining inson sogʻligiga, atrof muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi. Mening fikrimcha davlat tomonidan amalga oshirlayotgan ishlar ijrosini taminlash maqsadida barchamiz birdek harakat qilishimiz kerak, chunki hozirgi global zamonda manzarali darxtlarning ko’plab turlati yo’qolib ketmoqda bu esa o’znabatida atrof muhitga o’z tasirini o’tkazmay qolmaydi va oxir oqibat tabit tanazzulga yo’l tutib turli xil kasaklliklar avj olish ehtimoli katta. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling