Mavzu: Maqollar o’rgatish


Download 17.28 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi17.28 Kb.
#1229551
Bog'liq
Maqollar o\'rganish


6.05. 2022 yil.


MAVZU: Maqollar o’rgatish.
Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarga maqollarning xususiyatlari haqida ma'lumot berish. Maqollarni ifodali o'qish, mazmunini to'liq anglab yetish malakasini oshirish.
Tarbiyaviy: Maqollar orqali o'quvchilar on-giga vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ilm olishga qiziqish, kamtarlik, oqko'ngillik tuyg'ularini singdirish.
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni ko'rgan-bilgan, eshitgan, o'qiganlari yuzasidan xulosa chiqarishga, o'z nutqida maqol-lardan foydalanishga o'rgatish.


Maqol  turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko'pincha she'riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur ma'noli iboralardir. Maqollar xilma-xil mavzularda bo'lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. Ko'pincha maqol o'git, nasihat xarakterida bo'ladi: „Yer haydasang - kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda", „Hunari yo'q kishining, mazasi yo'q ishining" kabi.
Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo'lib, unda xilma-xil badiiy ifoda vositalari-ohangdosh tovuslilar takrori bo'ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo'lgan ajoyib so'z ustalarining o'lmas satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq maqollariga o'xshab ketadi. Masalan, A.Navoiyning „Mahbub ul-qulub” asarida aytgan bir qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: „Oz-oz o'rganib dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur", „Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz" va boshq.
„Ona yurting — oltin beshiging", „Eldan ayrilguncha, jondan ayril", „Mehnat — baxt keltirar", „Odobing — zeb-u ziynating", „Olim bo'lsang, olam seniki", „Ko'ngil ko'ngildan suv ichar"
To‘g‘ri bo‘lsang o‘sib borib gul bo‘lasan,
Egri bo‘lsang, o‘sib borib kul bo‘lasan.

Tadbir bilan mushkul ish oson bo‘lar,


Tadbirsizning holi tang bo‘lar.

Yaxshiga yondosh, yomondan qoch.

Yaxshi ko‘rgan do‘stingdan
Joningni ham ayama.

Maslahatsiz ish


Keltirar tashvish.

Bilagi zo‘r birni yiqar,


Bilimi zo‘r mingni

Oltin-kumushning eskisi bo‘lmas,


Suvsiz hayot bo‘lmas,


Mehnatsiz rohat.

Hamjihatlik — davlat, Yolg'izltk - kulfat.


Ilmi yo'qning ko'zi yumuq.Odobli — elda aziz.
Hunar bo'lsa qo'lingda, non topilar yo'lingda.
Download 17.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling