Mavzu: maqsadli bozorni tanlash
Download 56.56 Kb.
|
8. MAQSADLI BOZORNI TANLASH.
MAVZU: MAQSADLI BOZORNI TANLASH.REJA: 1. Bozor faoliyati strategiyasi taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning vazifalari.2. Taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning vazifalari.Firmaning maqsadiga mos ravishda turli marketing konsepsiyalari ishlab chiqiladi. Istiqboldagi rivojlanish strategiyasi belgilanadi. Korxonaning tashkiliy strukturasi mukammallashtiriladi. Tovarni samarali sotish kanallari aniqlanadi va tanlanadi. Korxonaning atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlari bilan iste’molchiga zarar yetkazmasligi, atrof-muhitni ifloslantirmasligi, ekologik sharoitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi shart. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar bilan birga marketing axborot bazasini shakllantirish, ulardan to‘g‘ri foydalanish va maqsadga erishish muhim hisoblanadi. Shunday qilib, marketingning bosh vazifasi firmaning potensial imkoniyatlarini miqdoriy jihatdan to‘g‘ri baholab bozordagi talabga taklifni moslashtirishga harakat qilishdir. Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning uchta o‘zaro bog‘liq vazifalari mavjud (1986-y. Meffert tomonidan tavsiya qilingan): Bozor bilan bog‘liq bo‘lgan talabni tartibga solish vazifalari. Firma va korxona faoliyatiga bog‘liq vazifa. Tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan bog‘liq vazifalari. Marketing vazifalari ma’lum ketma-ketlikda firmaning maqsadlariga muvofiq ravishda shakllanadi. 2.3 - jadval Bozor maqsadlariga tegishli marketing vazifalari
Marketingni boshqarish jarayonidagi asosiy tadbirlar: 1. MTmarketing tadqiqoti; 2. S-segmentlash, MST-maqsadli segmentni tanlash; 3. TS-tovar siyosati; 4. NS-narx siyosati; 5. SS-sotish(savdo) siyosati; 6. KS- kommunikatsion siyosat; 7. Nazorat (N), ya’ni teskari aloqa vositasida natijalarni baholash; 8. Marketing strategiyasi va taktikasini qayta ko‘rib chiqish va yaxshilash. Marketing faoliyati natijasida turli qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Alternativ yechimlar yoki qarorlar va ular yechimining ko‘pligi eng maqbul, optimal, ya’ni samarali yechimni qabul qilishni talab etadi. Marketing faoliyati jarayonida iste’molchi, ishlab chiqaruvchi, ta’minotchi, buyurtmachi va shunga o‘xshash marketingning muloqot auditoriyasidagi obyektlar bilan o‘zaro ta’sir va aks ta’sirda bo‘lgani sababli u yoki bu masala bo‘yicha qarorlar qabul qilish juda ko‘p tashqi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun marketingda qaror qabul qilish murakkab boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan tengdir. Marketing qarorlarini qabul qilishning murakkabligi quyidagilar bilan izohlanadi. Tadbirkorlik sohasida qabul qilingan bir qarorning turli firmalar uchun turli natijalar berishi. Marketing tizimining ko‘p qirrali ekanligi uchun turli mezonlarni qabul qilish va optimallashtirish juda murakkab. Biror qaror qabul qilish uchun turli rahbarlarni, mas’ul xodimlarni, turli korxona va xizmat ko‘rsatish strukturalarini va boshqaruv organlarini jalb etish zarur. Qaror ishlab chiqish va uni qabul qilish qisqa vaqt ichida bajarilishi zarur. Qabul qilingan qarorlar natijalari albatta tez ko‘zga ko‘rinmaydi, buning uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. 2.4 - jadval Marketing-menejmentda muammoni hal qilish jarayoni
Download 56.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling