Mavzu: Mardlar qo’riqlaydi Vatanni Reja
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Vatan himoyachilari haqidagi fikr -mulohazalaridan namunalar
Download 119.16 Kb.
|
Mardlar qo’riqlaydi Vatanni
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Vatan himoyachilari haqidagi fikr -mulohazalaridan namunalar:
Har qaysi davlat, har qaysi millat va xalq bugungi hayotini va yorug’, farovon kelajagini qurar ekan, avvalambor, turli yovuz kuchlardan, yomon ko’zlardan va harakatlardan o’z xavfsizligi va chegaralari dahlsizligini, tinch va mustaqil hayotini himoya qilish va mustahkamlashga alohida e’tibor beradi. Islom Karimov O’z hayotini dunyodagi eng muhim va olijanob vazifa – Vatan himoyachisi degan sharafli kasbga bag’ishlagan insonlar esa davlatimiz va jamiyatimizda hamisha yuksak hurmat va ehtiromga munosib bo’lib qolajak. Islom Karimov Bu hayotni himoyalash kerak. Himoyalash deganda men nimani nazarda tutyapman? Tinchligimizni himoya qilishimiz kerak. Kelajak avlodimizni himoyalashimiz kerak. Oilamizning tinchligini himoyalashimiz kerak. Islom Karimov Mening da’vatim – xalqimizning ana shunday e’tibori va g’amxo’rligiga hamisha munosib bo’ling, jondan aziz Vatanimizni, uning ozodligi va mustaqilligini ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, himoya qilishga qodir fidoyi, barkamol insonlar bo’lib yetishishga intilib yashang. Islom Karimov Hech qanday shubha yo’qki, qabih niyat bilan yurgan kimsalar har qancha urinmasin, ular yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikka rahna sololmaydi, xalqimizning irodasini bukolmaydi, bizni o’z tanlab olgan yo’limizdan qaytarolmaydi. Islom Karimov O’z oldimizga qo’ygan buyuk va ezgu maqsadlarga erishish, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash vazifasini bajarish avvalo o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning jipsligiga, kuchli irodasiga bog’liq. Islom Karimov Biz yurtimiz osoyishtaligi va Vatanimiz ravnaqi, xalqimizning faravon hayotini va yorug’ kelajagini ta’minlash uchun o’z oldimizga qo’ygan buyuk marralardan, xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan mustaqil taraqqiyot yo’lidan hech qachon qaytmaymiz va o’z yuksak maqsadlarimizga, albatta, erishamiz. Bizga Ollohning o’zi doimo madadkor bo’layotganiga, yo’limizni ochib berayotganiga bugun barchamiz ishonch hosil qilmoqdamiz va buning uchun ming bora shukronalar aytamiz. Mustaqillik yillarida el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan biz barcha sohalarda katta yutiqlarga erishdik. Hozirgi kunda yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, bu yutuqlarda mening ham munosib hissam bor, deb boshini baland ko’yarib yashashga, albatta haqlidir. Islom Karimov Mustaqil O’zbekiston yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni asrash uning qadriga yetish har birimizning muhim burchimiz bo’lib hisoblanadi. Zero, tinchlik, omonlik va xotirjamlik barqaror bo’lgan yurtda barcha ertangi kunga ishonch bilan qarash, xotirjamlik ila toat-ibodat va solih amallarni imon va ixlos bilan ado etadi. Darhaqiqat, tinchligimiz, osoyishtaligimiz, barakali mehnat qilishimiz, farzandlarimiz o’sib-ulg’ayishlari, komil inson bo’lib yetishishlarida, shubhasiz Vatan himoyachilarining o’rni, shijoati va jangavor ruhi beqiyosdir. Yuragida Vatan va xalq sevgisi mahkam joy olgan shijoatli o’g’lonlar yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo’riqlamoqdalar. Ularning bu bedorliklari naqadar savobli ish ekani haqida Janob payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam shunday deb marhamatqilganlar: ya’ni “Kechalari Allohdan qo’rqib yosh to’kkan ko’zni va Alloh yo’lida tunlari posbonlik qilib, mijja qoqmagan ko’zni do’zzah otashi kuydirmaydi”. Darhaqiqat, Vatan himoyachisi degan narsa eng sharafli va oily kasb ekanligini yaxshi bilgan mard yigitlarimiz har tomonlama, jismoniy ham ma’naviy jihatlardan loyiq bo’lishlikni yaxshi anglaydilar. Ana shu sifat va hislatlarrni egallashga harakat qiladilar. Zero ular biladiki Vatan himoyasi hayot-mamot masalasi ekanini, ularning turush-turmushi, el-yurt taqdiri shu nuqtada tugashishini teran anglab yetganlar. Ular avvalo o’z ota-onalarini, aka-ukalarini, opa-singillarini himoya qiladilar. O’zlari tug’ilgan shahar, qishloqlarni, qavmu-qarindoshlari, bir so’z bilan aytganda Ona-Vatanni qo’riqlamoqdalar. Shavkatli Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotgan aziz akalarimizning mashq maydonidagi holatlariga bir nazar tashlaylik. Ular maxsus xarbiy kiyim-bosh kiygan, qo’lida jangavor qurol, olisga sergaklik bilan boqadi. Qishning sovuqlarida, yozning jazirama issiqlarida shu kayfiyatda saotlab turadi, sergak holda mashqlarni ado etmoqda. Shunda beixtiyor Rasuli akram sallollohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari dilimizdan o’tadi: ya’ni “Alloh taolo roziligi yo’lida bir kun chegara hududida posbonlik qilish bir oy kechalari ibodat qilib, kunduzlari nafl ro’za tutishdan afzaldir”,-degan hadislari keladi. Tabiiyki, inson farzandi qayerda, qaysi mamlakatda dunyoga kelsa, anashu yer uning ona-Vataniga aylanib qoladi. Kindik qoni to’kilgan joy inson uchun hamma narsadan ham qimmatli dargohdir. Rasuli Akram (sollollohu alayhi vasallam) Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida tug’ilib o’sgan vatanlari Makkai mukarramaga yuzlanib turib: “Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hech ham o’z ihtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo’lur edim”, deganlari siyrati nabaviya kitoblarida bayon etilgan. Demak, Vatanni sevish, vatanparvar bo’lish, undagi bor narsalarni ardoqlab, sog’inib yashash insoniyat tabiatida mavjud bo’lgan nozik his-tuyg’udir. Donolar aytadilar: “Kishining vafodorligi va sadoqati uning o’z Vatani uchun qayg’urishidan, do’stlarini sog’inishidan va umrining zoe ketkazga nlahzalariga achinib, o’kinib yashashidan bilinadi”. Insonning o’z halqiga bo’lgan sadoqati va fidoiyligi ona Vatanni himoya qilish, taraqqiy topib, har tomonlama mustahkam va qudratli bo’lishi hamda xalqining tinch va farovon hayot kechirishiga imkon darajada hissa qo’shishi bilan o’lchanadi. Shuning uchun ham farzandlarimizga bolaligidanoq chavandozlik, merganlik, suvda suzish kabi mashqlarni puxta o’rgatib, Ona Vatanga, el-yurtga sadoqat ruhida buyuk ajdodlarimiz kabi imon-e’tiqodli qilib tarbiyalash barchamizning eng muhim vazifamizdir. Download 119.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling