Mavzu: Markaziy bankning rasmiy oltin valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi reja


Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi


Download 213.53 Kb.
bet5/7
Sana23.04.2023
Hajmi213.53 Kb.
#1390095
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Referat mavzu Markaziy Bank va uning funksiyalari Bajardi

2. Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi.
Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
-banknotalar (naqd pullar) emissiyasi,
-davlatning oltin - valyuta zaxiralarini saklash,
-pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish,
-kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish,
-davlat banki sifatida faoliyat ko’rsatish,
-to’lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish,
-valyuta kursini muvofiqlashtirish.
Jahonning barcha mamlakatlarida banknotalarni muomalaga chiqarish funktsiyasi Markaziy banklarning asosiy funktsiyalaridan biri xisoblanadi va u bu soxada monopol xuquqga ega. Kredit pullar Markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqariladi va Markaziy bank muomalaga chiqarilgan pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishlari zarur.
Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-kitoblar bo’yicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo’ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo’ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo’lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi.
Markaziy banklar mamlakat valyuta rezervlarini o’zida yig’adi va burezervlar xaltaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to’lov balansi defitsitini qoplash va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatiladi.
Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog’i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning shugisodni boshkarish siyosatining bir qismi bo’lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko’rsatkichlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barkarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradoryaigini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosati ikki yo’nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo’nalish - kredit ekspantsiyasi bo’lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag’batlantirish yo’li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chikarish sur’atlari tushib ketgan holda, kon’yunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo’nalish - kredit restriktsiya siyosati bo’lib, u iqtisodiy o’sish davrida pul-kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi.
Markaziy bank “tor” va “keng” ma’noda pul -kredat siyosatini olib borishi mumkin. “Tor” siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi ko’rash olib borish tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jixatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to’lov balansi kabi masalalarning echimiga karatilgan bo’ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo’lib quyidagilar xisoblanadi:
-minimal majburiy rezerv normalarini o’rnatish,
-foiz (diskont) siyosati ,
-tijorat banklarini qayta moliyalashtirish,
-ochiq bozor siyosati,
-targetlash va boshqalar.
AQSH Federal Zaxira Tizimining bankining tahkiliy tuzilishini ko’rib chiqilsa Federal zaxira Qonunining mualiflari, FZTning formal tuzilishi vakolatlarning taqsimlanishi regionlararo, xususiy sektor va davlat, shuningdek bankirlararo, biznesmenlar va axoli urtasida bo’lishiga xarakat qilishgan. Bu birlamchi taksimlanish FZTning tuzilishiga olib keldi, bugunda uz ichiga federal rezerv banklarini, FZT boshkaruv kengashi, ochik bozordagi operatsiyalar federal komiteti (FOMC), federal konsultativ kengash va 4800ga yakin banklarni-FZT ishtirokchilarini oladi.
Federal Zaxira Banklari.7
12ta federal zaxira tumanining xar birida bir nechta tumanlarda filiallarga ega 1tadan FZbanki mavjud. Tumanlarning, federal zaxira banlari va filiallarning joylashishi 1-rasmda kursatilgan. 3ta aktivы buyicha eng yirik banklar Nyu-Yorkda, Chikagoda va San-fransiskoda joylashgan bulib, birgalikda ular 50%dan yukori FZTning aktivlariga ega. Nyu-Yorkdagi FZBanki aktivlarning 4/1kismiga egalik kilib, FZTdagi eng yirik bankdir.
FZTning Nyu-York Federal Zaxira Banki.8
Nyu-York Federal Zaxira Banki bir nechta sabablarga ko’ra asosiy axamiyatga ega. Birinchidan butun amerika moliya tizimining xolatini xavfsizlik va farovonligini belgilovchi AQSHning kupchilik yirik xususiy banklar bu tumanda joylashgan. Nyu-York Federal Zaxira Banki barcha bank xolding kompaniyalari va uz tumanidagi shtat ma’muriyati bilan litsenziyalangan banklarni, shuningdek AKSHning yirik moliya tizimi muassasalarini faoliyatini nazorat kiladi. Xayratlanarli emas, bank nazorat guruxi- Nyu-York Federal Zaxira Bankida va FZT eng yirik bulinmasi xisoblanadi.
Nyu-York bankining asosiy o’rin egalashining ikkinchi sababi - bu uning obligatsiyalar va valyuta bozorlaridagi aktiv faoliyati. Nyu-York Federal Zaxira Banki tarkibiga, ochiq bozordagi operatsiyalarni (obligatsiyalarni sotish va sotib olish) olib borish uchun javobgar savdo bo’limi kiradi. Bu operatsiyalarni miqyosini bank tizimining zaxiralarining miqdori belgilab beradi. Xazina qimmatli qogozlari bozoridagi aktiv faoliyatiga binoan va Nyu-York va Amerika fond bozorlariga teritorial yaqinligi bo’lgan, Nyu-York Federal Zaxira Banki boshliqlari, doimiy ravishda AQSHning asosiy moliya bozorlari bilan aloqadorlikni olib borishadi. Bundan tashqari bank valyuta bozoridagi operatsiyalar bo’yicha bo’linmalarini, valyuta intervensiyalarini FZT va AQSH g’aznachiligi nomidan olib borilishini o’z ichiga oladi. Bu moliya bozorlaridagi faoliyat Nyu-York Federal Zaxira Bankini mamlakatdagi va chet eldagi moliya bozorlaridagi tadbirlari xaqida, ayniqsa inqiroz vaqtida va FZTning boshqaruvchilari va boshqa bozor ishtirokchilarini aloqalari xaqida ma’lumot bilan ta’minlab turadi.
Nyu-York Federal Zaxira Bankining 3 asosiy o’rin egalashining sababi, bu- xalqaro xisoblar Bankining (Bank for InternationalSettlements, BIS) ishtirokchisi bo’lib xisoblanuvchi yagona FZbankidir. Shuning uchun FZB prezidenti, boshqarma kengashi ishtirokchilari bilan bir qatorda chet davlatlari asosiy banklari bilan birgalikda xar oylik majlislarda FZTni taqdim etadi. Chet davlatlari markaziy banklarining boshqaruvilari bilan yaqin aloqasi va valyuta bozorlaridagi faoliyati, Nyu-York Federal Zaxira Banki xalqaro aloqalarda markaziy banklararo va boshqa ishtirokchilari o’rtasida asosiy o’rin egalashini ko’rsatadi. Undan tashqari Nyu-York Federal Zaxira Bankida 100mlrd.dollariga yaqin oltin zaxira mavjud – Fort Knoxdan ko’prok.
Nixoyat, Nyu-York Federal Zaxira Bankining presidenti - federal rezerv prezidentlari o’rtasida yagona FOMC ning doimiy ishtirokchisi va shu kengashning vitse-prezidenti bo’lib xisoblanadi. Shu sababli Nyu-York Federal Zaxira Bankining prezidenti, boshqarma kegashining prezidenti va vitse prezidenti – bu FZTdagi 3ta muxim shaxslar bo’lib xisoblanadi.

1. rasm. Federal zaxira tizimi.9
FRS okrugi

(Alaska va Gavai 12 okrud ichiga kiradi)
Barcha federal zaxira banklari- bu xususiy kvazi (ma’lum kismi davlatga tegishli) muassasalari. Uning egalari – viloyat xususiy tijorat banklari FZTmi ishtirokchilari. Bu banklar FZBning uzining viloyatidagi aksiyalariga ega va shu aksiyalar buyicha dividentla yillik 6%dan oshmasligi kerak. Xar bir viloyatda ishtirokchi-banklar 6ta viloyat federal banki direktorini saylashadi; yana 3tasini FZT boshkarma kengashi tayinlaydi. Bu 9ta direktor bank prezidentini saylab so’ngra uni boshqarma Kengashi tasdiqlaydi.
Viloyatlararo direktorlari 3ta kategoriyaga bo’linadi. A kategoriyaning 3ta direktori (bank ishtirokchilari tomonidan tayinlagan) – bu professional bankirlar, yana 3ta B kategoriya direktorlari, - yirik sanoat kompaniyalari, qishlok xo’jaligi yoki xizmat bo’limi boshqaruvchilari. Boshqaruv kengash bilan tasdiklangan 3ta S kategoriya direktori, jamiyat manfaatlarini taqdim etib, boshqaruvchi, xizmatchi yoki bank aksioneri bo’lla olmaydilar. Federal Zaxira Konuni mualliflari direktor tanloviga shunday yondashilganki xar bir federal zaxira banki direktorini amerikaning barcha viloyat bo’linmalari taqdim qilishi shart.

Download 213.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling