Mavzu; Markaziy bankning valyuta siyosati Mundarija Kirish Reja; I bob. Valyuta siyosatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari


I bob. Valyuta siyosatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari


Download 77.9 Kb.
bet2/6
Sana09.01.2022
Hajmi77.9 Kb.
#263271
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Markaziy bankning valyuta siyosati

I bob. Valyuta siyosatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari

1.1. Valyuta siyosatining maqsadi, vazifalari va asosiy shakllari

Jahon tajribasi shuni ko’ ’rsatadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro valyuta munosabatlari bozor va davlat tomonidan tartibga solinadi.

Valyuta bozorida valyutaning talab va taklifi hamda ularning kurslari nisbati shakllanadi. Bozor tomonidan tartibga solish qiymat qonuni, talab va taklif qonunlariga bo’ ysunadi. valyuta bozorlarida raqobat sharoitida bu qonunlarning harakati valyuta almashuvining harakati tovarlar, xizmatlar, kapitallar hamda kreditlar harakati bilan bog’ liq bo’ lgan jahon xo’ jaligining xalqaro valyuta ehtiyojlari oqimlarining muvofiqligini ta’minlaydi. Bozorlardagi baholar mexanizmi va valyuta kurslarining o’ zgarishi sabablari orqali iqtisodiy agentlar valyuta xaridorlarining ehtiyojlari va taklifining imkoniyatlari to’ g’ risida ma’lumot oladilar.

Shunday qilib, bozorni valyuta operatsiyalarining holati haqida axborot beruvchi manba sifatida ham ko’ rish mumkin. Lekin davlat qadim zamonlardan valyuta munosabatlariga aralashib kelmoqda, avval bilvosita, keyinchalik esa bevosita (davlatlarning jahon xo’ jaligi aloqalarida o’ rinlarining muhimligini hisobiga olgan holda). XX asrning 70-yillarida oltin standarti bekor qilinishi bilan oltin pullarning valu-ta kursini tartibga soluvchi sifatida ishlashi to’ xtatildi. Kurslarning kuchli tebranishlari va valyuta inqirozlari iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlarga ega bo’ lib, milliy va jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir etdi.

Valyutaning bozor va davlat tomonidan tartibga solinishi birbirini to’ ldirib keladi. Bozor tomonidan tartibga solish esa valyuta munosabatlarini tartibga solishdagi salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan. Bu ular o’ rtasidagi foyda va zararlar bilan belgilanadi. Inqirozlar, urushlar, urushdan keyingi vaziyatlarda davlat tomonidan tartibga solish ustunlik qiladi. Iqtisodiy vaziyat yaxshilanishi bilan esa valyuta operatsiyalarining erkinligi vujudga kelib, bu sohada bozor raqobati qo’ llab-quvvatlanadi. Ammo davlat har doim valyuta munosabatlari ustidan nazorat qilish va uni tartibga solish maqsadida o’ z valyuta nazoratini saqlab qoladi.

Valyuta siyosati bozor iqtisodiyotini tartibga solish tizimida muhim o’ rin egallaydi. valyuta siyosati – mamlakatning joriy strategik maqsadlarga muvofiq xalqaro valyuta va boshqa iqtisodiy munosabatlari sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasidir. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga erishishga qaratilgan, ya’ni iqtisodiy o’ sishining barqarorligi, inflyatsiya va ishsizlikning o’ sishini to’ xtatish, to’ lov balansi tengligini ushlab turish va boshqalarni ta’minlashga qaratilgan.

valyuta siyosatining yo’ nalishi va shakllari mamlakatning valyuta bo’ yicha iqtisodiy vaziyati, jahon xo’ jaligi evalutsiyasi, jahonda ishlab chiqarish kuchlari joylashtirilishiga ko’ ra aniqlanadi. Har xil taraqqiyot bosqichlarda birinchi o’ rinda valyuta siyosatining aniq maqsad va masalalari chiqadi. Bular:



  • valyuta inqirozini bartaraf etish va barqarorligini ta’minlash;

  • valyuta cheklovlari;

  • valyutani erkin ayirboshlashga o’ tish;

  • valyuta operatsiyalarining erkinligi va boshqalar.

Hukumatning valyuta siyosati valyuta qonunchiligi bilan rasmiylashtiriladi. Bu qonunchilik o’ z ichiga mamlakat ichida va tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan operatsiyalarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar majmuasi, shuningdek, valyuta muammolari bo’ yicha davlatlararo kelishuvlar (ikki tomonlama va ko’ p tomonlama) ni oladi.

valyuta siyosatini amalga oshirish yo’ nalishlaridan biri – bu valyutani tartibga solishdir. valyutani tartibga solish valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va xalqaro hisob-kitoblarni davlat tomonidan aniq belgilab berishdir. Bu, o’ z navbatida, milliy, davlatlararo va hududiy darajada bajarilishi mumkin.

valyuta siyosati valyuta muammolari bo’ yicha qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishni o’ z ichiga oladi.

valyuta siyosatining maqsadi zaruriy iqtisodiy erkinlik, ijtimoiy xavfsizlik hamda iqtisodiy rivoj va o’ sishni ta’minlovchi bozor iqtisodiyotini yaratishdan iborat bo’ lgan o’ tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim qismi hisoblanadi.



Aksariyat rivojlangan, industrial mamlakatlarda Markaziy bank pul-kredit siyosatini yurituvchi asosiy organ sanaladi. Markaziy bankning pul-kredit va valyuta siyosati birlamchi hisoblanadi. Demak, Markaziy bankning valyuta siyosati pul-kredit siyosatining asosiy klassik instrumentlaridan biri bo’ lib, mamlakatdagi valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi va amalga oshiruvchi tadbirlarning majmuyidir. valyuta siyosati o’ zi ham maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagi shakllarda namoyon bo’ ladi.




Download 77.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling