Mavzu: Markaziy bankning yagona emission organ sifatidagi vazifasi


-modda. Ochiq bozordagi operatsiyalar


Download 0.85 Mb.
bet4/6
Sana16.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1278476
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
markaziy bank

25-modda. Ochiq bozordagi operatsiyalar.

25-modda. Ochiq bozordagi operatsiyalar.

  • Markaziy bank davlatning qimmatli qog‘ozlari, shuningdek Markaziy bankning o‘zi chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi va ochiq bozorda sotishi mumkin.
  • Markaziy bank har qanday darajadagi budjetlarni moliyaviy ta’minlash uchun ochiq bozordagi operatsiyalardan foydalanishi, shuningdek davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi joylashtirilganda ularni sotib olishi mumkin emas.
  • Ochiq bozordagi operatsiyalar limitini boshqaruv tasdiqlaydi.

28-modda. Majburiy rezerv talablari.

28-modda. Majburiy rezerv talablari.

  • Markaziy bank o‘zi belgilagan eng kam miqdorda rezervlar saqlash to‘g‘risida banklarga ko‘rsatma beradi. Markaziy bankda depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlarning eng kam miqdori Markaziy bankning normativ hujjatlari bilan belgilanib, u omonatlarning hajmi, turi, muddatiga, banklarning boshqa majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Majburiy rezervlarning miqdorlari jalb etilgan mablag‘lar va omonatlarning har bir toifasi bo‘yicha barcha banklar uchun bir xildir.
  • Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga o‘tkaziladi.
  • Majburiy rezerv talablarining normativlari yoki tarkibi belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarda kamida bir oylik muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki miqdoriga doir yangi normativlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart.
  • Markaziy bank majburiy rezervlar bo‘yicha foizlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

30-modda. Markaziy bankning banklarni qayta moliyaviy ta’minlashi

30-modda. Markaziy bankning banklarni qayta moliyaviy ta’minlashi

Markaziy bank o‘zi belgilagan shartlarda banklarga kredit berishga haqli, bunda quyidagi aktivlar garovga qo‘yilishi mumkin:

(30-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

  • oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar;
  • davlat qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari;
  • Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan yoki Markaziy bank ular bilan ushbu Qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar;
  • to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling