Banklarni tashkil topishining huquqiy asoslari: Banklarni tashkil topishining huquqiy asoslari: -bank tizimi va banklar faoliyatiga doir qonunlar(Kodekslar); -Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari; -Vazirlar Mahkamasining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari; -OʼzR Markaziy bankining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari; -Tijorat banklarining ichki hujjatlari. Banklarning turlari - Bankni tashkil etishning ilk bosqichi bu tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda bank muassislarining tashabbus guruhi tuziladi, bankning ta’sis hujjatlari majmui tayyorlanadi, ta’sis shartnomasi tuziladi. Aktsiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo‘ladilar.
- Bank muassisi sifatida davlat nomidan faqat O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qatnasha oladi. Bir yuridik yoki jismoniy shaxs (davlat yohud chet ellik ishtirokchilardan tashqari) ovoz beruvchi aksiyalarning 35 foizdan ortiq qismiga egalik qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu qoida bitim orqali o‘zaro bog‘langan, bir-birlarining mol-mulklarini o‘zga tarzda nazorat qiladigan shaxslarga ham taalluqlidir.
- Bankning ustav kapitali muassislar va aksiyadorlarning o‘z mablag‘laridan tashkil topadi. Byudjet mablag‘lari, kreditga va garov sifatida olingan mablag‘lar, boshqa jalb etilgan mablag‘lar bank ustav kapitaliga muassis ulushi sifatida jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
- Ustav kapitalini to‘lash uchun muassislar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida pul mablag‘larini jamlaydigan hisobvarag‘ ochadilar. Bank ro‘yxatga olinishi paytida eng kam ustav kapitali muassislar tomonidan milliy valyuta-so‘mda to‘lab bo‘lingan bo‘lishi lozim.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: - yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha hujjat;
- muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi;
- aktsiyadorlar yig‘ilishida tasdiqlangan va muassislar tomonidan imzolangan bank ustavi( uch nusxada);
- bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |