Mavzu: Markaziy Osiyoda dastlabki odob-ahloq qoidalarining shakllanishi Reja
XI asrning buyuk mutafakkiri YUsuf Xos Xojibning axloqiy qarashlari
Download 26.6 Kb.
|
Markaziy Osiyoda dastlabki odob ahloq qoidalarining shakllanishi
4.XI asrning buyuk mutafakkiri YUsuf Xos Xojibning axloqiy qarashlari
YUsuf Xos Xojibning fikricha, uzini kamtarona, muruvvatli qilib tutadigan kishigagina baxt kulib boqadi. Kalondimog‘, manmanlikka berilgan, maqtanchoq kishidan hamma yuz o‘giradi, bunday yomon xislatlar yaxshi odobli kishilarni o‘zidan yiroqlashtiradi. Xaqiqiy inson bulg‘usi avlodlar uni yuksak axloq-odobli kishi deb eslashlari uchun, o‘zidan keyin yaxshi nom qolishiga xamisha xarakat qishadi. SHu sababli deb ta’lim beradi u, agar kishi obru-e’tiborli bo‘lishni istasa, uning ko‘ngli ochiq, kiyofasi va so‘zlari ma’noli xamda yoqimli bo‘lmog‘i lozim. Mutafakkir inson kamolotga etishi uchun mazkur xislatlardan tashqari yana sabotli, chidamli va sabr-toqatli bo‘lishi darkorligini ta’kidlaydi. Inson xar taraflama layoqatli bo‘lishi zarur, ana o‘shandagina uning uchun xayot yanada yaxshiroq va xushchakchakroq bo‘ladi, baxt unga xamisha yor bo‘ladi. YUsuf Xos Xojib oilaviy tarbiya — bolalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishda eng asoshaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan va tartibga soladigan muayyan xulqatvor, odob, xatti-xarakat tamoyillari va me’yorlarining majmuidir. Axloq jamiyat va insonni o‘ziga xos tarzda go‘zallik qonuniyatlari vositasi bilan o‘rganuvchi eng qadimiy va xozirgi zamonda nihoyatda muxim axamiyatga ega fandir. SHu boisdan u doimo dono va iste’dodli kishilarning bahsiga sazovor bo‘lib, xamisha odamlarning diqqat e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. «SHarq Arastusi» nomi bilan mashxur bulgan buyuk olim Abu Nasr Forobiy «Axloq — o‘z muvozanatini yo‘qotganning xulqini tartibga keltiradi, mukamallikka etmagan xulqni mukammal kiladi va muvozanati buzilgan xulqning muvozanatini sakdab qoladi. Bu ilm tananing salomatligi uchun xam foydalidir» — degan edi. Dastlab axloq tushuncha sifatida SHarq mamlakatlarida vujudga kelgan. Ilk axloq tushunchasi kddimgi Misrda paydo bo‘lgan. Qadimgi Xitoyda xam axloqiy fikrlarning taraqqty etganligini ko‘ramiz. Masalan, kadimgi Xitoy mehnat aholining ma’naviy hayoti va yuksak axloqi haqida «SHutszin» («Qushiqlar») kitobida ajoyib naqlar to‘plangan. Kishilik jamiyatining butun taraqqiyoti davomida insonlar komillikka intilib yashaganlar va yashab kelmoqdalar. Insonning komillikka intilishi borasida fikr yuritar ekanmiz, bu erda insonning axloqi to‘g‘risida oz bo‘lsada mushoada qilmaslikning iloji yo‘q. Binobarin, axloq asosini insonning muayyan talab va extiyojlari tashkil etadi. Inson faoliyatining yuqori darajalik xususiyati ana shu talab va extiyoj tabiatining qaysi darajadaligi bilan belgilanadi. Talab va ehtiyoj — murakkab, ko‘p qirrali xodisadir. Insonning talab etiyojlarining kelib chiqishi va shakllanishi sabablari ijtimoiy taraqqiyot bilan bevosita bog‘likdir. Muayyan talab va extiyoj bo‘lmasa, inson axloqining ham muayyan shakli vujudga kelmaydi. Talab etiyojlar insonni axloqa undaydi, axloq esa yangi-yangi tasiy omil ekanligini, mabodo bolalarning xulq-atvori yomon bo‘lsa, bunga bola emas, ota aybdor ekanligini, ota o‘z farzandini aqilli va fahmli qilib tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u bolani doimo diqqat-e’tibor ostida tutishi lozimligini ta’kidlaydi. Mutafakkir o‘z bolalarini ortiqcha erkalatib, bu bilan ularning kelgusida noloyiq xatti-harakatlar qilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybdor bo‘ladigan ota-onalarni qattiq qoralaydi va kimki o‘g‘il yoki qizini taltaytirib yuborgan bo‘lsa, buning uchun u oxiri qattiq yig‘lashini aytadi. Mutafakkirning fikricha, bolalarni hunar va bilimga o‘rgatish ularning axloq-odobini tarbiyalashning asosidir. SHuning uchun ham otaning eng birinchi burchi o‘z bolasiga zarur bilimni berish va uni hunarga o‘rgatishdir. U bola odobli bo‘lishi, uy vazifalarini sarishtalik bilan o‘z vaqtida bajarishi uchun uni go‘dakligidanoq tarbiyalamoq lozim, deb ta’kidlaydi. YUsuf Xos Xojibning bunday qarashlari o‘z davri odobnomasi, axloqiy karashlarining yorqin namunasi sifatida O‘rta Osiyoda ilg‘or fikrlarning rivojlanishida katta rol o‘ynagan. Download 26.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling